Toshkent davlat transport universiteti «avtomobil transporti muhandisligi» fakulteti «avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi»


Avtomobilsozlik tarmog‘ini qay tarzda rivojlantirish taklif etilmoqda?


Download 1.31 Mb.
bet5/9
Sana18.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1099213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzov

Avtomobilsozlik tarmog‘ini qay tarzda rivojlantirish taklif etilmoqda?
O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi 2025-yilgacha erishish rejalashtirilayotgan qator maqsadlarni belgilaydi. Ushbu maqsadlar ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini, mahalliylashtirish darajasini oshirish va tarmoqda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishni o‘z ichiga qamrab oladi.

Biroq joriy yilning 8-iyulida davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident o‘zbek avtosanoati uchun maqsadli parametrlarni yanada oshirdi. Mamlakat rahbari 2023-yilda yillik ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish hamda eksport hajmini yiliga 100 ming donagacha yetkazish vazifasini qo‘ydi. Faraz qilaylik, avtomobilning o‘rtacha eksport narxi 10 000 AQSh dollarini tashkil etsa, bu — yiliga avtosanoat orqali qariyb 1 milliard AQSh dollari eksport tushumi, deganidir. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun qator chora-tadbirlar va mexanizmlarni amalga oshirish taklif etildi. Ularning asosiylari quyidagilardir: Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish va uning iste’mol xususiyatlarini takomillashtirish maqsadida quyidagi loyihalar amalda tadbiq etiladi: avtomobillar dizaynini o‘zgartirish, ommaviy ishlab chiqarish uchun o‘ziga xos komponentlarni ishlab chiqishga doir; yangi turdagi hamyonbop yengil avtomobillarni ishlab chiqarish hisobiga avtomobillar rusumlarini yangilashga doir; texnologik uskunalashni loyihalash va ishlab chiqish, tajriba- sinovlar o‘tkazish, ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishni joriy etishga doir; avtosanoat mahsulotlarining mahalliy texnik standartlarini xalqaro standartlar va talablarga yaqinlashtirish. Mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish uchun mahalliy korxonalarda po‘lat prokati, avtomobil shinalari, ikkilamchi alyuminiydan alyuminiy detallari va boshqa materiallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish. Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish siyosatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tarif tartibidan notarif choralariga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu avtomobilni import qilishda yuqori bojxona to‘lovlaridan notarif choralarga bosqichma-bosqich o‘tish deganidir. MDH mamlakatlari va yaqin davlatlarga eksport hajmini oshirish bilan birga, Sharqiy Yevropa, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarining bozorlarini ham o‘zlashtirish. “O‘zavtosanoat” AJ davlat kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalardagi ulushini xususiy sarmoyadorlar, asosan xorijiy investorlarga bosqichma-bosqich sotish. Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkillashtirish va respublika hududidagi iste’molchilar o‘rtasida ularni keng ommalashtirish bo‘yicha zarur infratuzilmani yaratish. Ichki bozorda savdoni yanada rivojlantirish uchun avtomobillar va avtomobillar komponentlarini sotish jarayonida “yagona darcha” tizimini joriy etish. Bu tizim mijozga avtokredit, avtomobilni sug‘urta qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, avtomobil uchun davlat raqamini olish, “treyd-in” xizmati va boshqa xizmat turlaridan foydalanishni sodda tartibda rasmiylashtirish imkonini ko‘zda tutadi.




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling