Toshkent davlat transport universiteti «avtomobil transporti muhandisligi» fakulteti «avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi»


AVTOMOBILLAR VA YURTIMIZDAGI AVTOMOBILSOZLIK RIVOJI HAQIDA MA’LUMOT


Download 1.31 Mb.
bet2/9
Sana18.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1099213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzov

2. AVTOMOBILLAR VA YURTIMIZDAGI AVTOMOBILSOZLIK RIVOJI HAQIDA MA’LUMOT
Avtomobil (lotincha: mobilis – harakatchan) – dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan. 1751 – 52 yillarda Nijniy Novgorod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyogʻi bilan yurgi-ziladigan "oʻziyurar aravacha" qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizmlarni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi.
Bugʻ mashinasi paydo boʻlgandan 131keyin ixtirochilar undan mexanik aravada foydalanishga harakat qildilar. 1769 – 70 yillarda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya toʻplari uchun 3 gʻildirakli bugʻ aravasi qurdi. Algliyada 1802-yilda Trevitnik bugʻ mashinasi oʻrnatilgan A. qurdi. 1830-yilda rus ustasi K. Yankevich bugʻ A.lariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bugʻ qozoni oʻrnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli A. lar bilan ham koʻpgina tajribalar oʻtkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin A. lar muntazam rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar oʻrnatish bo-rasida turli mamlakatlarning koʻpgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 – 86 yillarda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch gʻildirakli A.ga oʻrnatdi. Temir gʻildiraklar oʻrniga yaxlit rezina shinalar, 1890-yildan esa pnevmatik re-zina shinalar ishlatila boshladi. Avto-mobilsozlik dastlab Fransiyada, soʻngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng avtomobil sanoati rivoj-langan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Asaka shahri (Andijon viloyati)da Janu-biy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasida 1996-yildan boshlab "Neksiya", "Damas" va "Tiko" yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999-yilda Samarqandda ishga tushgan "SamKochAvto" oʻzbek-turk qoʻshma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang Avtomobil sanoati).A. turlari. A.ning transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport A.lari yengil A., avtobus va yuk A. larga boʻlinadi.
Maxsus A. ma’lum ishlar uchun moʻljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. Oʻt oʻchirish, un tashish, sement gashish, sanitariya A.lari, axlat tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqa maxsus A.lar shular jumlasidan. Poyga A. sportda ishla-tiladi. Yengil A. 2 dan 8 tagacha oʻrinli boʻladi. Ular berk kuzovli (sedan va limuzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochila-digan kuzovli (kabriolet) boʻlishi mum-kin. Yuk A. 0,25 t dan 100 t gacha va undan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz boʻladi. Oʻtuvchanligi boʻyicha tekis va qiyin yoʻllarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi boʻyicha gʻildirakli, gʻildirak-gusenitsali, yarim gusenitsa-li, pnevmatik galtakli va boshqa xillarga boʻlinadi.A. tuzilishi. Avtomobil dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov yoki kabinadan iborat. Dvigatelning turiga qarab, bugʻli A. (keng tarqalmadi), ben-zinli A. (yengil va yuk A.), dizelli A. (yuk A., avtobuslar, yengil A.), gaz-ballonli avtomobil (yengil, yuk A., avtobuslar), gaz generatorli avtomobil (ogʻir yuk ta-shiydigan A.), akkumulyatorlar batareya-sida ishlaydigan A. (elektromobillar) xillarga boʻlinadi (yana qarang Avtomobil dvigateli).Transmissiya (kuchuzatmasi) dvigatelning aylantiruvchi momenti-ni A.ning harakatlantiruvchi qismiga (gʻildiraklar, gusenitsalar va boshqalarga) uza-tadi. Uning mexaniq elektr-mexaniq gidromexanik xillari bor. Mexanik transmissiya eng kengtarqalgan. U, odatda, tish-lashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensialyaan tashkil topadi. Yurish qismi rama, osma, oʻq (koʻpriklar) va gʻildiraklardan iborat. Ramaga kuzov, kabina, dviga-tel, uzatmalar qutisi va boshqa mexanizm va uzellar mahkamlanadi. Yengil A. va avtobuslarda kuzovi rama vazifasini bajaradi. Osma rama (kuzov) bilan oʻqlarni elastik boglaydi va dinamik kuchlarni yumshatadi.
Gʻildiraklarning mustaqil 132 osmasi keng tarqalgan. Boshqarish mexa-nizmlariga rul boshqarmasi va tormoz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi A.ning harakat yoʻnalishini oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi bu-rilganda valni, val esa oʻz navbatida rul mexanizmlarini, u esa sapfalarga oʻrnatilgan old gildi-raklarni bu-radi. A. ni boshqarishni yengillashti-rish uchun rul yuritmasiga gidravlik, pnevmatik yoki gidropnevmatik kuchay-tirgich oʻrnatiladi. Tormoz tizimi A. harakatini sekinlashtirish, toʻxtatish va bir joyda toʻxtatib turish (qoʻl tormoz yerdamida) uchun xizmat qiladi. Ish tor-mozi barcha gʻildiraklarga ta’sir etadi. Har qaysi gʻildirakka gidravlik, pnevmatik yoki pnevmogidravlik yuritma bilan ta’sir etuvchi barabanli yoki diskli tor-moz mexanizmi oʻrnatiladi.
Tormozlash vaqtida friksion nakladkali tormoz kolodkalari gʻildiraklardagi tormoz barabanlari yoki disklarga qisiladi. Katta avtobuslar va ogir yuk A.lariga qoʻshimcha sekinlashtiruvchi tormoz oʻrnatiladi. Elektr jihozlar tok manbai (akkumulyatorlar batareyasi va dvigatelga oʻrnatilgan generator) va iste’molchilaridan iborat; dvigatelni oʻt oldirish va yurgizib yuborish tizimini ishlatish, tashqi va ichki yoritish, yorugʻlik va tovush signallari uchun zarur boʻladi.A. konstruksiyalari borgan sari ta-komillashtirib borilmoqda. A. konstruksiyasi koʻpgina omillar, mas, yoʻl va iqlim sharoitlari, yoʻlovchilar soni hamda yuk hajmi va boshqalarni hisobga olib yaratiladi. Konstruktorlar A. larni loyihalashda ularning sigimi, puxtali-gi, tejamliligi, bosh-qarish osonligi, shinamligi, oʻtagʻonligi va boshqa xususiyatlarini hisobga oladilar.Capeap Qodirov. Avtomobil (yunoncha αυτο– oʻzi va lotincha mobilis – harakatlanuvchi, yuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida harakatlanish uchun moʻljallangan, relssiz oʻziyurar transport vositasidir. Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil yoʻlda yurishga moslangan, bittada to sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli, odatda toʻrt gʻildirakli, va aksar holatlarda yuk enas, balki odam tashishga moʻljallanganligini taʼkidlaydi. Biroq, bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni bajaradigan boshqa tur transport vositalari ham mavjud. 2002-yil maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 590 million avtomobil bor (taxminan har oʻn bir kishiga bittadan). 1993-yilning martida “UzDEUavto” O’zbek-Janubiy Koreya qo’shma korxonasi tashkil etilgan bo`lib, 3 yil o’tib, 1996-yilning 19-iyulida Asakadagi avtomobil zavodining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Asakadagi avtomobil zavodining ahil va professional ishchilardan iborat jamoasi ilk va ulkan qadamni tashladi va 1996-yilda bir yo’la 3 turdagi – “Damas”, “Nexia”, “Tico” avtomobillarining liniyaga tushirilishi amalga oshirildi. Bundan tashqari, ushbu modellar 7 ta modefikatsiyada ishlab chiqarildi. 2001-yili zavod ishga tushganligiga 5 yil to`lishi va Mustaqilligimizning 10 yilligi munosabati bilan “Matiz” avtomobili ishlab chiqila boshlandi. 2002-yilning avgust oyida “Nexia DOHC” modeli konveyerga qo’yildi. 2004-yilning dekabr oyida modellar qatoriga “Matiz”ning BEST modifikatsiyasi qo’shildi. Bunga parallel ravishda DAMAS avtomobillarining ko’rsatkichlarini yaxshilash bo’yicha ishlar olib borilayotgan edi. Natijada 2006-yili fevral oyida yangilangan DAMAS II modeli yaratildi. 2008-yilning mart oyida "Nexia"ning yangilangan modeli taqdim etildi. 2008-yil 21-fevralida Asakaning avtomobil zavodida yangi qo’shma korxona «GM Uzbekistan» tashkil etildi. Ushbu kun o’zbek avtosanoatida yana bir muhim sana sifatida esda qoldi. Bu korxona “O’zavtosanoat” AK «General Motors» korporatsiyasi bilan hammuassislikda tashkil etildi. Ish ikki barobar ko’paydi. O’zbek avtomillarining safi yangi zamonaviy va sifatli avtomobillar bilan to’lib bordi. Chevrolet markali modellar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. «Epica» sinfidagi sedan va «Captiva» avtomobillari taqdim etildi. Noyabr oyida Asakadagi avtomobil zavodi konveyrlarida millioninchi avtomobil chiqdi. U – keng interyer va dinamik sport uslubidagi eksteryerga ega “Lacetti” edi.“Lacetti”ni ishlab chiqarish uchun maxsus kuzov panellari qoliplari ishga tushirildi, yangi payvandlash uchastkasi tashkil etildi va yig’ish konveyri rekonstruksiyadan chiqarildi.Muvaffaqiyatdan ilhomlangan milliy avtosanoatimiz mutaxassislari xaridorlarni uzoq kuttirmay, 2010-yili «GM Uzbekistan» zavodida “Chevrolet Spark” global modelini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydilar.Yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini 2011-yil sentabrdan yirik hajmlarda ishlab chiqish yo’lga qo’yildi. Avtomobil noodatiylikni ifodalovchi tashqi qiyofasi: jo‘shqinligi va xushbichimligi jihatidan bemalol boshqa avtomobillar bilan raqobatlasha oladi. 2012-yil yangilanish va yasharish ayyomi Navro’z umumxalq bayrami arafasida Chevrolet Malibu avtomobilini yirik hajmlarda ishlab chiqish boshlandi.
Malibu kuzovining mustahkamligi bo‘yicha o’rta o’lchamdagi boshqa sedanlardan ustun turadi. Shuningdek, yo‘lda harakatni aniq nazorat qilish uchun ajoyib boshqariluvchanlikka ega. Kuzovi yuqori sifatli po‘latdan ishlangan Chevrolet Cobalt avtomobilini 2012-yil sentyabridan seriyali ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Avtomobil ABS (blokirovkaga qarshi to‘xtash tizimi) va haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan. Yangilangan Lacetti II (Gentra) avtomobili 2013-yil noyabr oyidan ishlab chiqarila boshlandi. Besh eshikli, yetti o‘rindiqqa ega bo‘lgan oilaviy minivan-Chevrolet Orlando avtomobili 2014-yil mart oyidan ishlab chiqarila boshlandi. Avtomobil asosan oilaviy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling