Toshkent davlat transport universiteti “avtomobil yo‘llari muxandisligi” fakulteti


Download 110.62 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi110.62 Kb.
#1038127
  1   2   3   4
Bog'liq
118-19-guruh Ergashov Muhriddin (2)


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

AVTOMOBIL YO‘LLARI MUXANDISLIGI”


FAKULTETI

AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISH” KAFEDRASI





AVTOMOBIL YO‘LLARI VA SHAXAR KO‘CHALARINI OBODONLASHTIRISH VA JIXOZLASH FANIDAN


KURS ISHI


Bajardi: 118-19 guruh talabasi Ergashov Muhriddin
Himoyada qatnashgan o‘qituvchilar

______________________________ ______________


(F.I.Sh) (imzo)
______________________________ ______________
(F.I.Sh) (imzo)

Ximoya bali:_______


O‘zlashtirdi, umumiy ball: _______
Kurs ishi raxbari: ____________ ______________ (imzo)

TOSHKENT - 2021
Reja:
Kirish.

  1. Avtomobil yo‘li joylashgan tuman tabiiy-iqlim sharoiti.

  2. Avtomobil yo‘lining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.

  3. Avtomobil yo‘lining rejasi.

  4. Avtomobil yo‘lining jixozlashga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish (yo‘l belgilari va yo‘l belgi chiziqlari).

  5. Avtomobil yo‘llarida xizmat ko‘rsatish inshootlarini hisoblash.

  6. Yo‘l belgilarini o‘rnatish va ko‘rinish masofasini hisoblash.

  7. Yo‘l to‘siqlari va yoritish tizmlarini o‘rnatish, ularga qo‘yiladigan talablar.

  8. Daraxt va butalarni turini tanlash va yo‘l uchastkasini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish (viloyat dendralogiyasi jadvali).

  9. Avtomobil yo‘lini obodonlashtirish va jixozlashda atrof muhit va texnika xavfsizligi qoidalari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Jizzax viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubisharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,2 ming km2. Aholisi 1 382,10 ming kishi (2020). Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol), 9 shahar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol,Zarbdor,Zomin), 8 shaharcha (Boʻston, Zafarobod, Oʻsmat, Uchquloch, Bog'don,Pishag'ar,Qoʻytosh,Sharq yulduzi), 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2001). Markazi — Jizzax shahri
Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shimoli-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining janubi-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi -G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq.-yillik yogʻin viloyat janubida 400-500 mm, shimolida 250- 300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun.-yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Janubiy Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001-yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan.
Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.
Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor.
Aholisi 1 km2 ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30 %, qishloq aholisi 70 % ni tashkil etadi.
Temir yoʻl viloyatda asosiy transport turlaridan. Umumiy uz. 217 km (2001). Avtomobil yoʻllari ham salmoqli oʻrin tutadi. Havo yoʻllari Jizzax shahrini Toshkent va boshqalar viloyat markazlari, shuningdek, Kavkaz, Qrim bilan bogʻlaydi. Jizzax sh. koʻchalarida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Download 110.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling