Toshkent davlat transport universiteti «transport intellektual tizimlari muhandisligi» kafedrasi
- rasm. Avtomobil harakati marshrutinig sun'iy yoUdoshdan
Download 211.52 Kb.
|
ATAT mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16- rasm. Avtomobil harakati marshrutining namunasi Yo’lovchilarni tashishda logistik axborot texnologiyalari.
- 17 - rasm. GPS tizimi orqali avtobus harakatini kuzatib borish.
15- rasm. Avtomobil harakati marshrutinig sun'iy yoUdoshdan
olingan surati Toshkent avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida prof. J.R.Qulmuxamedov boshchiligida Otayo‘l va Neksiya avtomobillarining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlami aniqlash maqsadida o‘tkazilgan sinovlardagi avtomobillar harakat marshrutining namunasi 16 - rasmda keltirilgan. 16- rasm. Avtomobil harakati marshrutining namunasi Yo’lovchilarni tashishda logistik axborot texnologiyalari. Logistik texnologiyalar nafaqat moddiy oqimlar, balki yo‘lovchilar oqimini boshqarishda ham katta samara beradi. Bu masalalami samarali hal etish uchun, birinchi galda aholini transportga ehtiyojining axborot modeli ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Aholini transportga ehtiyojining axborot modeli transport tarmog'ini tanlash va transport vositalarining ish rejimini aniqlashda asosiy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Transportga boigan talab tasodifiy va o‘zgaruvchan bo‘lishi axborot modellarini ishlab chiqishda hisobga olinishi kerak. Faqat shundagina aholining transportga bo‘lgan talabi to‘liq qondiriladi, transport xarajatlari miqdori ham kamayadi. Aholining transportga bo‘lgan talabi yo'lovchilar oqimi haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Hozirgi zamon logistik axborot texnologiyalari yo'lovchilar oqimi haqidagi axborotlardan tashqari avtobuslar harakatini nozimlik boshqarishida keng qo‘llanila boshladi. GPS (Global Pozitioning System) tizimlari hozirgi zamon sun'iy yo‘ldosh monitoringi transport vositalarining on line vaqtda qayerda va qanday harakatlanayotganligini aniqlab beradi. Hozirgi zamon GPS tizimlari haydovchilar butun ish kuni davomida nazorat ostida ekanliklarini bilishlari sababli ham yo‘nalishdan chetga chiqish yoki boshqa tartibbuzarliklaming oldini oladi (17 - rasm). 17 - rasm. GPS tizimi orqali avtobus harakatini kuzatib borish. GPS avtobuslar harakatini kuzatib borish bilan bir paytda favqulodda vaziyatlar vujudga kelib qolganida SMS orqali korxonaga o‘z vaqtida xabar berishi mumkin. Transport vositalari korxonaga qaytib kelganida ma’lumotlami o‘zida saqlab qolishi sababli berilgan topshiriqning qanday bajarilganligi to‘g‘risida yozma shaklda yoki jadval ko‘rinishida hisobot tayyorlab beradi. Bugungi kunda Rossiya olimlari ishlab chiqqan GLONASS (Глобалная навигационная спутниковая система) tizimi 0 ‘zbekiston Respublikasida ham qo’llanilmoqda. Hozirda Toshshahartransxizmat aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli bir qancha yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslaming harakati GPS tizimi orqali nazorat qilinmoqda. Bu tizim quyidagi vazifalarni bajarish uchun xizmat qilmoqda: - transport vositasi joylashgan joyini aniqlash; - harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash; - elektron xaritada harakat yo‘nalishi chizmasini qurish; - haydovchilami tovushli aloqaga chaqirish; - to‘xtab turish va harakatlanish vaqtlarini qayd qilish; - avtobus salonini audio nazorat qilish; - belgilangan yo‘nalishdan og‘ganlik to‘g‘risida axborot berish va hokazo. Shahar transporti uchun harakatlanuvchi obyektlarning monitoring tizimi yo'nalishlardagi transport vositalarining istalgan vaqt oralig‘ida harakat chastotasini tahlil qilish, bulardan tashqari, nozimlik dasturini ta’minlash tizimi orqali yo‘nalishlardagi nazorat punktlariga qay paytda kelganini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Agar yo‘nalishda og‘ishlar yuzaga kelsa, navbatchi nozimga zudlik bilan axborot beradi (18 - rasm). Download 211.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling