Toshkent davlat transport universiteti "transportda axborot tizimlari va texnologiyalari"
Download 63.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Koʻchimov Jasurbek. labaratoriya No5 ATM1 (2) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “TRANSPORTDA AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI” kafedrasi "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" yo’nalishi uchun “TIZIMLI DASTURIY TA’MINOT” fanidan LABARATORIYA ISH-5 ATM-1 guruh FISH SANA IMZO Bajardi : Koʻchimov Jasurbek Qabul qildi: Aliyev M.M. Тoshkent-2023 №5 laboratoriya Mavzu: TESTLOVCHI DASTURLARNI O‘RNATISH VA ISHLATISH Ishdan maqsad: qattiq disdagi ma’lumotlarni tiklash imkonini beradigan dasturlar bilan tanishish. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar 1. R-Studio dasturi orqali fayllarni qayta tiklash. 2. Easy Recovery dasturi orqali fayllarni qayta tiklash. 3. XPTweaker dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish. 4.PCWizard dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish. 5.CPU-Z dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish. 6.HWMonitor dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish. 7. Tweak XR dasturi orqali tizimni sozlash. 8. X-Setup dasturi orqali tizimni sozlash. Qisqacha tushuntirish Agar qattiq diskga shikast yetsa undagi barcha ma’lumotlar yo‘qolishi mumkin. Zaxirali nusxalash doimo qo‘llanib turilsa ma’lumot yo‘qolishini oldini kariyb yuz foizga oladi. Shu kunga qadar biz fayllarning tiklashni faqat bitta usuli bilan, ya’ni ularni WINDOWS savatchasidan tiklash yo‘lini bilardik. Savatcha haqiqatdan ham bebaho va tengsizdir (ayniqsa savatcha Norton SystemWorks komplektidagi himoyalangan savatcha bo‘lsa). Agar siz faylni o‘z qo‘lingiz bilan o‘chirib savatchaga yuborgan bo‘lsangiz va sanoqli soniyalardan so‘ng qilgan ishingizdan afsuslansangiz – bu faylni qayta tiklash hech qanday muammosiz amalga oshiriladi, lekin siz savatchani tozalab bo‘lgan bo‘lsangiz hech nimani tiklab bo‘lmaydi. Ba’zida bundan ham jiddiy holatlar yuz beradi. Masalan, siz juda muhim ma’lumot bo‘lgan vinchestrni formatlab yubordingiz. Bunday holatdan chiqib ketishning iloji bormi? - Ha, ma’lumotlarni qayta tiklash imkoniyati mavjud. Keling bizning vinchesterimizni tuzilishi qanday ekanligini bir eslaylik. Vinchester bizning ma’lumotlarimizni kandaydir tartibda joylashgan magnit katakchali uychalardan iboratdir. Harbir uya va unda yashovchilar haqidagi ma’lumotlar o‘ziga xos uy ki tobida – fayllarni joylashtirish jadvali (FAT) da saqlanadi va xuddi shu yerga siz tomondan qilgan barcha o‘zgartirishlar kiritiladi. Qandaydir hujjat o‘chirilsa tizim darhol bu haqida FAT ga falon raqamli yashovchi falon raqamli uyani bo‘shatdi deb xabar jo‘natadi. Aslida esa yashovchi bunda hech kaerga yo‘qolmaydi, faqat sistema u tomonidan band kilingan katakchani bo‘sh deb hisoblaydi va zarur bo‘lsa u yerga boshqa faylni joylashtiradi. Bu ish amalga oshirilgunga qadar FAT ko‘rsatgichlariga butun diskni skanerlaydigan va o‘chirilgan, lekin hali tirik “ko‘rinmas ” fayllarni topadigan dasturlar yordamida yo‘qolgan fayllarni aniqlaydi. Shundan so‘ng dastur aniqlangan fayllar ro‘yxatini beradi. Siz bu fayllarini boshqa diskga nusxalashingiz mumkin. Download 63.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling