Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi
§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari.
3§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 10-moddasida belgilab berilgan. Shulardan birinchisi o`simlik dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq foydalanishdir. O`simlik dunyosi obyektlari nima maqsadda berilgan bo`lsa, ya'ni ilmiy maqsadda foydalanishga, yog`och kesish uchunmi, yoxud yaylov maqsadidami foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar shu maqsadda foydalanish huquqiga ega bo`ladilar. Agar o`simlik dunyosi obyekti ilmiy maqsadlar uchun berilgan bo`lsa, undan ovchilik uchun foydalanish mumkin emas va hokazo. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning navbatdagi huquqlaridan biri bu belgilangan tartibda olingan o`simlik dunyosi obyektlari mahsulotini tasarruf etish huquqidir. O`simlik dunyosidan foydalanuvchilar ma'lumki undan foydalanish jarayonida ma'lum mol-mulkka - ovchilik mahsulotlari, dorivor va zirovorlar, yog`och xom ashyosi, pichan, oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo`ladilar. Qonunda belgilangan tartibda egallangan ushbu o`simlik dunyosi mahsulotlari undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mustaqil ravishda tasarruf etiladi. Yuqorida aytilganlardan tashqari simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar buzilgan huquqlarini tiklanishi hamda o`zlariga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Masalan, o`rmon xo`jaligi korxonalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`rmonlardan qonunga xilof ravishda foydalanilganda buzilgan huquqlarini sud yo`li bilan tiklash va o`zlariga yetkazilgan zararni to`la undirib olish huquqiga egadirlar. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar huquqlar bilan bir qatorda ba'zi majburiyatlarga ham rioya qilishlari shartdir. Shulardan eng muhimi o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishdir. Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlari oldindan belgilangan maqsad, ya'ni yaylov maqsadida, yovvoyi o`simlik mevalarini terish, ilmiy maqsadda, yoxud pichan o`rish, yoki yog`och kesish masadlarida berilishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar eng avvalo mana shu talabga rioya qilgan holda undan foydalanishlari lozim. Bundan tashqari, yog`och kesish, pichan o`rish, ov qilishning o`z tartib-qoidalari mavjud bo`lib, o`simlik dunyosidan foydalanuvchilar shu shartlarni ham bajarishlari talab etiladi. Navbatdagi majburiyatlaridan biri foydalanishga berib qo`yilgan o`simlik dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanish shartdir. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchi subyektlar undan ilm-fan tavsiyasi asosida, unga zarar yetkazmasdan, kamyob o`simlik turlarini yo`qolib ketishga yo`l qo`ymasdan, tabiatning umumiy qonuniyatlariga rioya etgan holda, o`simlik dunyosini takror ko`paytirishni ko`zlab oqilona foydalanishga majburdirlar. O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni takror ko`paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish foydalanuvchilarning asosiy majburiyatlaridan biridir. Buning uchun o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni ko`paytirish qoidalari va normativlarini belgilash, O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simliklar turlarini muhofaza qilishning alohida rejimini belgilash, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklashlar va ta'qiqlashlarni belgilash, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo qilish, o`simlik dunyosi obyektlari va ular o`sadigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va takror ko`paytirish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, davlat ekologik ekspertizasi o`tkazish, davlat nazoratini amalga oshirish kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo`ladi. O`simlik dunyosini muhofaza qilish uchun qonunda belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlari o`sadigan muhitga ta'sir ko`rsatadigan faoliyat shu obyektlarning saqlanishini ta'minlaydigan talablarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim (24-modda). O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini o`tkazish, foydali qazilmalarni qazib olish, chorva mollarini o`tlatib boqish O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi bilan kelishib olinishi kerak. O`simlik dunyosini himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qo`llash man qilinadi. Mineral o`g`itlar va boshqa dorilar qo`llanilgan taqdirda o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish talablari hisobga olinishi zarur bo`ladi. Yuqorida sanab ko`rsatilganlardan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong`in xavfsizligiga rioya etishlari hamda o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haqni o`z vaqtida to`lab borishlari talab etiladi. 4§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari. O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari O`zbekiston Respublikasining harakatdagi qonunlarida belgilangan. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko`rsatilishicha, o`simlik dunyosi umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir (55-modda). Bundan tashqari Asosiy qonunimizda fuqarolarning tabiiy atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari lozimligi o`rnatilgan. Bu konstitutsion qoidalar o`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya qilishning kafolatlari bo`lib hisoblanadi. Ushbu konstitutsion qoidalardan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi, "O`rmon to`g`risida"gi, "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi, "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi qonunlarida o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari belgilangan. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunida ko`rsatilishicha, o`simlik dunyosidan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (3-modda). O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar undan qonunda belgilangan tartib- qoidalarga rioya etgan holda foydalanishlari shart. Agar shu tartibga rioya qilinmasa o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo`yilishi, to`xtatib turilishi yoki man etilishi mumkin (11-modda). Bundan tashqari, ushbu qonunda o`rnatilishicha O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostiba turgan o`simlik turlarini yig`ish man etiladi. Ulardan foydalanishga, savdo qilishga, chet elga olib chiqishga alohida hollarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining taqdimnomasi va O`zbekiston Fanlar akademiyasining xulosasi bo`yicha beradigan ruxsatnomalar asosida yo`l qo`yilgan (11-modda). O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish agar himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan bo`lsa ishga tushirish ta'qiqlanadi. O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya qilish fuqarolik, ma'muriy, jinoiy huquqiy vosita va usullar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Fuqarolik kodeksida belgilangan buzilgan huquqni himoya etish usullari o`simlik dunyosidan foydalanish huquqini himoya qilishda ham qo`llanilishi mumkin. Shunday usullardan biri huquqni buzishga qaratilgan bitimni haqiqiy emas deb topish hisoblanadi. Masalan, o`simlik dunyosi obyektlariga nichsbatan g`ayriqonuniy bitimlar tuzilsa, pichanzorlar g`ayriqonuniy ravishda foydalanishga berilsa, o`rmon fondiga nisbatan ijara shartnomasi qonunni buzgan holda tuzilsa bunday bitimlar haqiqiy emas deb topiladi va taraflarning har biri boshqasiga bitim bo`yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish, olingan daromadni, yetkazilgan zararni qoplash harakatlarini amalga oshirishi lozim bo`ladi. Yana bir fuqarolik huquqiy himoya usuli huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o`zgartirish hisoblanadi. Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bo`yicha huquqiy munosabat turli subyektlar o`rtasida subyektiv huquqlarni amalga oshirish yoki burchlarni bajarish bo`yicha ro`y beradigan o`zaro ijtimoiy munosabat ma'nosida tushuniladi. Bunday huquqiy munosabat ichida eng keng tarqalgani shartnomaviy munosabatdir. Agar mana shu huquqiy munosabat jarayonida uning boshqa ishtirokchilari tomonidan huquq buziladigan bo`lsa, bunday huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o`zgartishi mumkin. Buzilgan huquqni himoya qilish usullaridan yana biri huquqbuzar tomonidan burchni aslicha (natura) holida bajarishga majbur qilish hisoblanadi. Masalan, o`simlik dunyosi obyektni takror ko`paytirish majburiyatini olgan tomon shu majburiyatni bajarmasa, uni tegishli tartibda ushbu burchni bajarishga majbur etish mumkin. Zararni qoplash va neustoyka undirish buzilgan huquqni himoya qilish yo`llaridan biridir. Ushbu usul burchni natura shaklida ijro etishga majburlash usulidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda huquqbuzar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun pul ko`rinishida tovon to`lanishiga rozi bo`linadi. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qoidalari buzilganda fuqarolik huquqiy javobgarlik sifatida neustoyka undirish qo`llaniladi. O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqi ma'muriy huquqiy usullar yordamida ham himoya qilinadi. Bunda ma'muriy qonunchilik chora-tadbirlari huquq buzilishini tiklashga, aybdorni ma'muriy yo`llar bilan jazolashga xizmat qiladi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikaining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining VIII bobida ko`rsatilishicha, o`rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish (77-modda), kesiladigan o`rmon fondidan foydalanish tartibini buzish (78-modda), daraxtlar, butalar, boshqa o`rmon o`simliklari va niholarni g`ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo`q qilish (79-modda), o`rmonlarni tiklash qoidalarini buzish (80-modda), Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish (81-modda), alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzish (82-modda), o`rmon uchun foydali faunani yo`q qilib yuborish (83-modda), o`rmonlarda yong`in xavfsizligi talablarini buzish (84-modda) kabi ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarga nisbatan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan tortib, to besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan, to yetti baravarigacha jarima solish jazosi qo`llaniladi. Agar aniq bir ma'muriy huquqbuzarlik, masalan Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish (81-modda) huquqbuzarligini oladigan bo`lsak ushbu normada belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o`simliklarni yoxud shunday o`simliklarning ildizlari, poyalari, shoxlari, barglari, gullari, mevalari va urug`larini o`zboshimchalik bilan yig`ish fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. Huddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo`llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya qilishning navbatdagi vositalaridan biri jinoiy-huquqiy jazo choralari bilan himoya etishdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ekologiya sohasidagi jinoyatlarga bag`ishlangan to`rtinchi bo`limining o`n to`rtinchi bobida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo`lib, bu jinoiy jazo choralari o`simlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlarga nisbatan ham qo`llaniladi. Xususan, Jinoyat kodeksining 198-moddasida ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish, 199-moddada o`simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish, 202-moddasida hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish, 204-moddasida esa alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish kabi jinoiy xatti- harakatlar uchun eng kam oylik ish haqining ellik boravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima, uch yilgacha muddatda axloq tuzatish ishi, muayyan huquqdan besh yilgacha muddatga mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, olti oygacha qamo, hamda besh ymlgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo`llanilishi mumkinligi belgilangan. XII BOB. O`RMONLARDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY HOLATI. 1§. O`rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasi. O`rmon tabiatning eng bebaho boyliklaridan biridir. U tabiiy atrof muhitni sog`lomlashtirish, inson yashash sharoitini yaxshilash, yer va suv boyliklarini muhofaza qilish, atmosfera havosini tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga O`zbekistonda o`rmonlar xalq xo`jaligida mahalliy ehtiyojlarni qondirishda muhim rol o`ynaydi. Statistik ma'lumotlarga ko`ra, mamlakatimiz o`rmon fondining umumiy maydoni 9.147.275 gektarni tashkil etadi. Jumladan, shu maydonning 3002541 gektari o`rmon bilan qoplangan bo`lib, unda 12 mln.kub metr yog`och zaxirasi mavjud. Respublikamiz hududining 5,1 foizi daraxtzor bo`lib, u har bir kishi boshiga 0,1 gektarni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasida jami 90 ta o`rmon xo`jaligi korxonasi mavjud bo`lib, bulardan 72 tasi o`rmon xo`jaligi, 6 tasi davlat qo`riqxonasi, 2tasi dorivor va ozuqa o`simliklari o`stirish va qadoqlashga ixtisoslashgan xo`jalik, 2 tasi o`rmon ovchilik xo`jaligi, 2 tasi Zoomin va Ugam- Chotqol milliy istirohat bog`lari va 2 tasi xo`jalik hisobidagi o`rmon uchastkalari, 1ta ixtisoslashtirilgan o`rmon xo`jaligi, 2 ta bosh o`rmon korxonasi va 1tasi ishlab chiqarish o`quv markazidir. O`rmon deganda, o`rmon fondiga ajratilgan, davlat ro`yxatiga olingan, asosan ekologik vazifalarni bajaradigan va cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega bo`lgan daraxtlar, butalar va boshqa o`simliklardan tarkib topgan tabiat obyekti majmuini tushunish kerak. Yuridik adabiyotlarda o`rmondan foydalanish huquqining tushunchasi ishlab chiqilgan bo`lib, unga ko`ra bunday huquq deb, o`rmondan foydalanish va qayta tiklash tartibi va shartlarini belgilovchi, o`rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini o`rnatuvchi hamda o`rmonni muhofaza qilish qoidalarini mustahkamlovchi huquqiy me'yorlar yig`indisiga aytiladi. 1 yuridik adabiyotlarda berilgan o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasida bir muhim salbiy tomoni bor, ya'ni uning asosini bu huquqning jamiyat iqtisodiy talablarini qondirish maqsadlariga amal qilishdir. O`zbekistondagi o`rmonlarning o`ziga xos vazifalari va foydalanishidan kelib chiqib, bunday yondashuv noto`g`ri ekanligini aytib o`tmoqchimiz. O`zbekistondagi o`rmonlardan jamiyat iqtisodiy talablarini qondirish maqsadlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emasligi va bu holatni o`rmon to`g`risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yish lozim ekanligi to`g`risidagi fikr ham aytilgan. 1 endilikda "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning 3-moddasida o`rmondan foydalanish huquqining pirovard maqsadi iqtisodiy talabni qondirish emas, balki asosan ekologik vazifa ekanligi va xo`jalik muomalasiga cheklangan miqdorda tortilishi belgilab qo`yilgan. Mana shu nuqtai nazardan yuridik adabiyotlarda mavjud o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasini O`zbekiston sharoitida to`liq qo`llab bo`lmaydi. Bu tushuncha bizning sharoitimiz uchun eskirgan hisoblanadi. Qolaversa, mavjud tag`riflarda o`rmondan foydalanish huquqi, o`rmon huquqi, huquq tarmog`ining asosiy instituti ekanligidan kelib chiqib berilga. Bu esa o`z navbatida subyektiv huquqni xaspo`shlashlikka olib kelgan. Shu boisdan bir o`rmondan foydalanish huquqini ikkita to`rga bo`lamiz: u flora (o`simliklar dunyosi) huquqi asosiy instituti va subyektiv huquqdir. 1 Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR. M.: Nauka, 1990. -S.26. 1 Jurayev YU.A. Problemi pravovogo rejima i oxrani gosudarstvennix pamyatnikov prirodi. T.: Fan, 1990. S.17. Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, o`rmondan foydalanish huquqi deb, tegishli huquq tarmog`ida berilgan o`rmon uchastkalaridan foydalanish va muhofaza qilish munosabatlarini asosan ekologik vazifalar hamda cheklangan xo`jalik yuritish masadlarida tartibga soladigan, subyektlarning o`rmondan foydalanish sohasida huquq va majburiyatlarini ta'minlaydigan me'yorlar yig`indisiga aytiladi. O`rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasini to`liq tasavvur etish uchun o`rmonlardan foydalanish turlari haqida to`xtalib o`tish lozim. O`rmonlardan foydalanish turlarini to`g`ri turkumlash o`rmonlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu o`rinda "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning 25-moddasi diqqatga sazovordir. O`rmonlardan foydalanishni turkumlashning asosi bo`lib, ularning tabiat obyekti sifatida roli hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, o`rmonlardan foydalanishni quyidagicha turkumlash mumkin: daraxtzorlar va butazorlarni kesish; o`rmondan qo`shimcha foydalanish: pichan o`rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, asal yig`ish, daraxt po`stlog`i, to`nka, to`plash yovvoyi o`simliklar dorivor xom-ashyosini tayyorlash (yig`ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o`simliklarni tayyorlash (yig`ish); davlat o`rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; davlat o`rmon uchastkalarida ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; davlat o`rmon fondi uchastkalaridan madaniy-mag`rifiy, tarbiyaviy, sog`lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish. O`rmonlardan foydalanishni tartibga soluvchi harakatdagi qonunchilikni tahlil qilish o`rmondan foydalanish huquqini amalga oshirishning huquqiy shakllarini ko`rsatib beradi. "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning mazmuniga binoan o`rmonlardan foydalanish huquqi doimo birlamchi bo`lib hisoblanadi. O`rmon xo`jaligi yurituvchi korxonalar hamma holatlarda o`rmonlardan birlamchi foydalanuvchi va egalik qiluvchi subyektlar sifatida harakat qiladilar. O`rmon fondi yerlari ijara asosida foydalanishga topshirilganida esa ijarachilar o`rmondan ikkilamchi foydalanuvchi bo`lib hisoblanadilar. Oldingi qonunlarga ko`ra, o`rmonlardan birlamchi subyekt sifatida foydalanayotganlar uni ikkilamchi foydalanish uchun berishlari mumkin emas edi. Endi esa tartib bir muncha o`zgardi. O`rmonlardan foydalanuvchilar tomonidan qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini pichan o`rish va mol boqish, xizmat uchun chek yerlar berishlarini agar ular ijara shartnomasi asosida amalga oshirilsa, o`rmonlardan ikkilamchi foydalanish huquqi deb qarash mumkin. O`zbekiston Respublikasi "O`rmon to`g`risida"gi qonuniga ko`ra, o`rmonlardan foydalanish huquqi doimiy va vaqtinchalik bo`lishi mumkin (19- modda). O`rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qo`yilgan o`rmon xo`jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari o`rmondan doimiy foydalanuvchilardir. O`rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli uch yilgacha va uzoq muddatli o`n yilgacha bo`lishi mumkin. O`rmonlardan foydalanish O`zbekiston Respublikasida pullikdir. O`rmondan foydalanganlik uchun to`lov haqi belgilangan tartibda Davlat budjetiga o`rmon daromadi sifatida kelib tushadi va o`rmon muhofazasi, uni qayta tiklash va sifatini oshirish, o`rmon xo`jaliklarini rag`batlantirish, o`rmon tuzish ishlari kabi maqsadlarda ishlatiladi. O`rmondan foydalanganlik uchun to`lov haqi yoki ijara haqi har yillik yoki bir martalik yoxud ijara haqi shakllarida bo`lishi mumkin. Ularning hajmi o`rmonlardan foydalanish turlariga ko`ra o`rmon bilan qoplanmagan yerlarning holati va sifatiga ko`ra belgilanadi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling