Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi
-jadval Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 № Soliqqa tortiladigan obyektlar
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI-BOB. O`SIMLIK DUNYOSIDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY HOLATI.
- 2§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari.
1-jadval Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 № Soliqqa tortiladigan obyektlar Soliq stavkalari, % hisobida qazib olish hajmiga nisbatan I. Asosiy va yordamchi foydali qazilmalarni qazib olish stavkasi. 1. Energetik resurslar: Tabiiy gaz Neft Ko`mir 18,5 12,3 3,8 2. Rangli va nodir metallar: Mis Molibden Volfram Oltin Kumush Qimmatbaho toshlar 7,9 1,0 8,0 2,8 7,0 24,0 3. Qora metallar: 1 Nalogovie i tamojennie vesti. № 10. 2000 g. Temir rudasi 3,0 4. Tog`-kimyo xom ashyolari: Osh tuzi Kaliyli tuz Fosforit (grafitlar uchun) 1,3 0,3 3,7 5. Tog`-ruda xom ashyolari: Mineral buyoq Asbest 4,4 3,0 6. Rudasiz qurilish materiallari: Sement xom ashyosi Mramorning mayda donalari Gips toshi, ganch Qurilish qumi Qum-tosh aralashmasi Shaxal uchun ishlatiladigan tosh 1,5 2,9 4,1 2,3 2,9 2,9 II. Texnogen xosilalardan foydalanish huquqi asosiy foydali qazilmalardan qazib olingan miqdordan 30 % hisobida III. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan yer osti inshootlar qurish Qurilish smetasidan 2% miqdorda IV. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan yer osti inshootlarini ekspluatatsiya qilish: 12kgs'hkv.sm dan oshiq bosimga ega bo`lgan yer osti gaz quvirlari (trubalar diametriga qarab) Yer osti suv quvirlari (trubalar diametriga qarab) 9,4 - 39,2 ming so`m 1 km uzunlikdagi quvir uchun 3,7 - 29,4 ming so`m 1 km uzundikdagi quvir uchun Yer osti boyliklaridan foydalanish davomida foydalanuvchilar atrof muhitga holati zarar yetkazadigan bo`lsalar ifloslantirganliklari uchun yuqorida aytib o`tilgan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 554-son qaroriga muvofiq ravishda: atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganliklari uchun soliq to`lovlari; suv obyektlari va mahalliy relyefni ifloslantirganliklari uchun soliq to`lovlarini so`m hisobida chiqarilgan moddaning har bir tonnasi hisobiga qarab to`lab berishlari shart. Masalan, sement changini atmosferaga chiqargani uchun subyektlar 16,8 so`mHtonna, qo`lom birikmalari uchun 4941,2 - 28000 so`mHtonna, mis birikmalari uchun 8400 so`mHtonna miqdorida soliq to`lovlari belgilangan. Soliq to`lovlari stavkalari mineral xom ashyoning ekologik xavflilik darajasi va ularni bexatar qilish uchun sarflanadigan chora tadbirlar ko`lamiga qarab belgilanadi. Yer qa'ridagi mineral boyliklardan foydalanish uchun to`lovlaridan Yer osti boyliklari to`g`risidagi qonunning 23 va Soliq Kodeksining 108-moddalariga muvofiq quyidagi shaxslar ozod qilinadi: yer ostini geologik tarzda o`rganuvchilar; geologiya, mineralogiya va boshqa alohida qo`riqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchilar; davlat budjetidagi muassasalar va tashkilotlar - yer osti inshootlari qurganlik va ulardan foydalanganlik uchun. o`zlariga berilgan yer uchastkalari doirasida o`zlarining xo`jalik va maishiy ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda keng tarqalgan foydali qazilmalar qazib olishni hamda yer osti inshootlari qurishni amalga oshirayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar; metropoliten - yer osti inshootlaridan foydalanganlik uchun. Shunday qilib, yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar to`rt xil shaklda soliq stavkalarini to`laydilar: foydali qazilmalarni qidirish va ularni razvedka qilish; yer osti boyliklarini qazib olish; foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan yer osti inshootlar qurish; foydali qazilmalar qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan yer osti inshootlarni ekspluatatsiya qilish. Lekin ushbu sohadagi qonunchilik yer osti boyliklarini qazib olish davomida ko`milgan chiqitlardan olinadigan soliqni inobatga olmagandir, bu masala esa global ekologik muammolar turkumiga kiradi. XI-BOB. O`SIMLIK DUNYOSIDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY HOLATI. 1§. O`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari. O`simlik dunyosi tabiat obyektlari ichida alohida va muhim o`rinni egallaydi. O`simlik dunyosining tabiat obyektlari orasidagi tutgan o`rni uning tabiat va jamiyat hayotidagi ahamiyati, tabiat va jamiyatning o`zaro aloqasi, uzviyligi hamda munosabatidagi rolidan kelib chiqadi. O`simlik dunyosini huquqiy holati uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o`rni hamda ahamiyatini e'tiborga olgan holda belgilanadi. O`simlik dunyosi huquqiy holatini belgilashda avvalo uning tabiatda tutgan o`rni, foydalanish ahamiyati, muhofaza qilish zaruriyati inobatga olinadi. Tabiat obyektlari ichida o`simlik dunyosi muhim ekologik funksiyani bajarishi bilan xarakterlanadi. U tabiiy atrof muhit muvozanatini saqlab turib, undagi tirik mavjudodni yashashi uchun muhim bo`lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek, o`simlik dunyosi yerni suv va shamol eroziyasidan, quyosh nuridan saqlashda, suvni muhofaza etishda muhim rol o`ynaydi. O`simlik dunyosi ekologik vazifadan tashqari xo`jalik ehtiyojlarini qondirishda ham muhim xom-ashyo manbai sifatida xizmat qiladi. Undan sanoat, qishloq xo`jaligi, tabobat, sog`lomlashtirish, ilm-fan maqsadlarida keng foydalaniladi. O`simlik dunyosi yog`och, meva, dori-darmon, pichan tayyorlashda muhim manba bo`lib hisoblanadi. O`simlik dunyosi obyektlarining ana shu ekologik hamda xo`jalik ehtiyojlari vazifasining bajarish yo`nalishlaridan kelib chiqib, ularga nisbatan huquqiy holat o`rnatiladi. Masalan, o`rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo`yicha munosabatlari belgilangan huquqiy holatga nisbatan, kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simlik turlaridan foydalanish tartibiga belgilangan huquqiy holat farq qilishi mumkin. Yoki ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan o`simlik dunyosi obyektlarining huquqiy holati yovvoyi organizmlardan topgan tabiiy o`simliklar jamoalariga belgilangan huquqiy holatidan boshqacha bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasida o`simlik dunyosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tartibga soluvchi, o`simlik dunyosi obyektlari huquqiy holatini o`rnatuvchi me'yoriy xo`jjatlar qabul qilingan. Bular jumlasiga O`zbekiston Respublikai Konstitutsiyasi, "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi, "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi, "O`rmon to`g`risida"gi, "Mulkchilik to`g`risida"gi qonunlari hamda O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Ma'muriy javobgarlik, Fuqarolik kodekslarini kiritish mumkin. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o`simlik dunyosiga nisbatan mulkchilikning huquqiy holati o`rnatilgan bo`lib, unga ko`ra o`simlik dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik bo`lib, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (55-modda). O`simlik dunyosi obyektlari mulkchiligiga nisbatan xuddi shunday huquqiy holat "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi (4-modda), "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi (3-modda), "O`rmon to`g`risida"gi (3-modda), "Mulkchilik to`g`risida"gi (-modda) qonunlarda ham belgilangan. O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi me'yoriy hujjatlar tabiiy sharoitda o`sadigan o`simlik dunyosi, shuningdek takror ko`paytirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o`stirayotgan yovvoyi o`simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo`lib, ularning asosiy vazifasi floraning tur tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish, tabiiy o`simliklar jamoalarining va yovvoyi o`simliklar o`sadigan muhitning bir butunligini saqlash, o`simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror ko`paytirishni ta'minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning o`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatlarini huquqiy tartibga solish, o`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari buzilganda aybdorlarga tegishlicha mulkiy, ma'muriy, jinoiy javobgarlik jazo-choralarini qo`llashdan iborat bo`ladi. O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish bo`yicha huquiy holatni belgilashda O`zbekiston Respublikasining "O`rmon to`g`risida"gi va "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunlari alohida o`rinni egallaydi. Bu qonunlarda o`simlik dunyosi obyektlari, ushbu obyektlardan foydalanish turlari, muddatlari, normativlari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatyalari, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash, to`xtatish va man etish, o`simlik dunyosi obyektlarining monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan. Qonunda o`simlik dunyosi tushunchasi bevosita ochib berilmagan. Shuningdek o`simlik dunyosidan foydalanish huquqi tushunchasi ham qonunda o`z ifodasini topmagan. O`simlik dunyosi tushunchasi yuridik adabiyotda ham hali tadqiqot predmeti bo`lgan emas. Huuqiy adabiyotlarda faqat o`rmon tushunchasi va o`rmondan foydalanish huquqi tushunchalarigagina e'tibor qaratilgan. 1 Ma'lumki, o`simlik dunyosi tushunchasi o`rmon tushunchasiga nisbatan ancha keng bo`lib, undan ba'zi jihatlari bo`yicha farq ham qiladi. Masalan, o`rmon tushunchasiga dov-daraxtlar bilan qoplangan yerlar bilan bir qatorda, dov-daraxtlar bilan qoplanmagan, ammo shu maqsadlarga ajratilgan yerlarni ham kiritamiz. Bundan tashqari, o`simlik dunyoi tushunchasiga suv ostida o`sadigan o`simliklarni ham kiritishimiz mumkin, lekin ular o`rmon tushunchasini bermasligi mumkin va hokazo. O`simlik dunyosi deganda chorvachilik, ovchilik, texnik xom-ashyo tayyorlash, dorivorlarni yig`ish, daraxt va butalarni kesish, ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy, sog`lomlashtirish, rekreatsiya, tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalaniladigan yovvoyi organizmlar daraxt, buta va o`tsimon urug`laydigan o`simliklar, qirqquloqsimonlar mohsimonlar, suv o`tlari, lishayniklar, zamburug`lar, tabiiy o`simliklar majmui yig`indisi tushuniladi. Shundan kelib chiqib o`simlik dunyosidan foydalanish huquqi qonunda belgilangan maqsadlarda o`simliklar majmuidan foydalanishda kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar ig`indisi tushuniladi. Bu huquqiy normalar o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlarini, foydalanish uchun berish, to`xtatish, bekor qilish tartiblarini, davlat boshqaruvi, o`simlik dunyosi muhofazasi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo`ladi. Demak, o`simlik dunyosining huquqiy holati o`simlik dunyosiga nisbatan mulkdorlik, davlat boshqaruvi, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, foydalanishni cheklash, to`xtatish, bekor qilish, foydalanish normativlari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari hamda qonuniy manfaatlari, o`simlik dunyosini muhofaza qilish, o`simlik dunyosi monitoringi, davlat kadastri, davlat nazorati kabi tartib-qoidalarni belgilash va o`rnatishni maqsad qiladi. O`simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik uning obyektlarini aniqlashga alohida e'tibor bergan. Chunonchi O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 5-moddasiga ko`ra, o`simlik dunyosi obyektlarini, birinchidan, yovvoyi organizmlar, ya'ni daraxt, buta va o`tsimon urug`laydigan o`simliklar, qirqquloqsimonlar, mohsimonlar, suv o`tlari, lishayniklar va zamburug`lar o`zining butun xilma-xil turlari bilan; ikkinchidan, yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o`simliklar jamoalari yoki ularning har 1 Karang: Namazov F.S. "Uzbekistonda urmonlardan foydalanish xukuki." -T.: NPO "Vostok", -2000. qanday majmui; uchinchidan, kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simlik turlari; to`rtinchidan, yovvoyi o`simliklarning mevalari, urug`lari va boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi. "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonun o`simlik dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari, bekor qilish asoslarini o`rnatishga katta ahamiyat bergan. Bu normalarda o`simlik dunyosidan foydalanishning huquqiy holati, tartiblari o`rnatilgan. Chunonchi, qonunning 6-moddasida o`rnatilishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi. O`simlik dunyosi obyektlari maxsus foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida beriladi. O`simlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga beriladi (8-modda). O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi va asoslari qonunda batafsil belgilab berilgan. O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunining 19-moddasiga binoan o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi shunday huquqdan voz kechilganda; muddat tugaganda; foydalanuvchi yuridik shaxs tugatilganda; o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror ko`paytirish qoidalari, normativlari buzilganda; haq belgilangan muddatda to`lanmaganda; foydalanish ta'sirida tabiiy o`simliklar jamoalarida asliga qaytarib bo`lmas o`zgarishlar xavfi yuzaga kelganda; yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilganda bekor qilinadi. Ayrim turdagi yovvoyi o`simliklarning, masalan, zaharli, giyohvand moddasi bor, karantinli o`simliklar, begona o`tlar hamda shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarning o`z-o`zidan o`t bosib ketishga ko`maklashadigan boshqa o`simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish boshqa o`simliklarga va o`zga tabiat obyektlariga zarar yetkazilishiga yo`l qo`yilmaydigan hamda tabiiy o`simliklar jamoalarining va ular o`sadigan muhitning saqlanishini ta'minlaydigan usullar bilan amalga oshiriladi. Tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim bo`lgan yovvoyi o`simliklarning turlari maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xulosalari asosida belgilab beriladi. O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi o`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hisoblanadilar. O`lar zimmasiga o`simlik dunyosi obyektlaridan qonunda belgilangan tartib va asoslarda samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni boshqarish vazifasi yuklatilgan. Umuman olganda o`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy holati ushbu tabiiy resurslardan tabiat va jamiyatning umumiy qonuniyatlari asosida ekologik va iqtisodiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda ulardan oqilona va samarali foydalanish, kamyob hamda yo`qolib ketayotgan o`simlik dunyosini saqlab qolish uchun xizmat qiladi. 2§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari. O`simlik dunyosi obyektlaridan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. O`simlik dunyosidan foydalanish maqsadi avvalo o`simlik dunyosi obyektlarining xususiyatidan kelib chiqadi. Chunonchi, o`rmonlar yog`och kesish yoki pichan o`rish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanilsa, botanika bog`lari ilmiy maqsadlarda foydalanishi mumkin va hakozo. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunida ko`rsatilgan. Ushbu qonunning 7-moddasiga ko`ra, o`simlik dunyosidan birinchi navbatda chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash maqsadida foydalaniladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash va chorva mollarini o`tlatib boqish maxsus berib qo`yilgan tabiiy yem- xashak yetishtiriladigan maydonlarda o`rmon fondi hududida o`rmon biletlari bo`yicha; qishloq xo`jalik korxonalari, muassasalari, tashkilotlari egaligidagi yerlar hududida ularning ruxsatnomalari bo`yicha; zaxiradagi yerlarda - mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi (12-modda). O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan navbatdagisi chorva mollarini o`tlatib boqish hisoblanadi. Chorva mollarini o`tlatish o`rmon fondi yerlaridagi o`tloqzorlarda, tog`lar va tog` yon bag`irlaridagi yaylovlarda, qishloq xo`jalik korxonalariga berib qo`yilgan yaylovlarda amalga oshiriladi. O`simlik dunyosidan ushbu maqsadda foydalanishga qonunda belgilangan tartibda davlat, o`rmon va qishloq xo`jalik korxonalarining ruxsatnomalari orqali yo`l qo`yiladi. Ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning navbatdagi turi hisoblanadi. "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 13-moddasida belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`zlariga berib qo`yilgan ovchilik yer-suvlarida amalga oshiriladi. O`simlik dunyosidan ovchilik maqsadida foydalanish tegishli ruxsat asosida o`rmonlarda, butazorlarda, tog`larda, suv bo`yi changalzorlarida olib boriladi. O`simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik ehtiyojlari uchun foydalanish tegishli tartibda, belgilangan me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu me'yoriy hujjatlarda ov qilish qoidalari belgilangan bo`ladi. Navbatdagi o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan biri bu yovvoyi o`simliklar texnik xom ashyosini tayyorlash, dorivor xom ashyosini yig`ish, oziq-ovqat maqsadlari uchun yig`ish hisoblanadi. Bu turdagi foydalanishda yog`och shirasi olish; spirt tayyorlash, dorivorlarni, ziravorlarni, mevalarni, qo`ziqorinlarni yig`ish maqsad qilib qo`yiladi. O`simlik dunyosidan bu xilda foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi. Daraxt va butazorlarni kesish - o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning navbatdagi turidir. Daraxt va butazorlarni kesish o`rmon fondi yerlarida tegishli tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. O`rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga faqat sanitariya hamda binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog`liq kesishlar tartibida mahalliy davlat hokimiyati organlarining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan kelishilgan asosan yo`l qo`yiladi. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan biri undan ilmiy- tadqiqot maqsadlarida foydalanishdir. Bu xildagi maqsadda foydalanish ilmiy muassasalar tomonidan amalga oshirilib, unda yovvoyi o`simliklarning kelib chiqishi, turlari, nomi, ko`payishi, jamiyat uchun foydalanish maqsadlari o`rganiladi. Qonunda belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy- tadqiqot maqsadlarida yovvoyi o`simliklarni, ularning qismlarini va mahsullarini o`sish muhitidan olmasdan va olgan holda foydalanishga faqat qonunda belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi. Tabiiy o`simliklar jamoalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o`tkazish uchun tegishli yuridik shaxslarga maxsus uchatkalar ajratilishi lozim. Agar bu o`simlik jamoalarida ilmiy-tadqiqot olib borish lozim bo`lsa, boshqa tashkilotlarning bu obyektdan foydalanishi cheklanishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog`lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishi ulardan foydalanishning mustaqil turi hisoblanadi. Shifobaxsh xossalarga ega bo`lgan va aholining dam olishi uchun qulay shart sharoit yaratadigan o`simlik dunyosi obyektlaridan sog`lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi. Bunday joylarda sanatoriyalar, shifoxonalar, dam olish uylari, lagerlar bunyod etilib, ulardan aholini dam olishi, sog`lig`ini tiklashi maqsadlarida foydalaniladi. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turidan ohirgisi ulardan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanishdir. Ma'lumki, o`simlik dunyosi tog`larda suvlarni to`planishi, tog`larda jarliklarni paydo bo`lishi oldini olish, sug`oriladigan yerlar, ekin maydonlarini suv va shamol eroziyasidan asrash, suv bo`yi tegralarini saqlash, atmosfera havosini mo`tadil ravishda saqlab turishda asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababdan suv bo`yi tegralarida, ekin maydonlari atrofida yer va suv resurslarini muhofaza qilish maqsadida daraxtlar ekilib, ulardan tabiatni muhofaza qilish maqsadi ko`zlanadi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling