Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi
§. O`rmonlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya huquqi
4§. O`rmonlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari. O`rmonlardan samarali va oqilona foydalanishda qonunlarda belgilangan jazo turlari va choralarini tegishli tartibda qo`llash muhim ahamiyatga ega. Chunki, qonunlarda o`rnatilgan o`rmonlardan noto`g`ri foydalanganlik uchun javobgarlikka tortuvchi, jazo choralari belgilovchi huquq normalari o`rmonlardan foydalanuvchi fuqarolarni, shuningdek, o`rmon fondini tasarruf etuvchi davlat organlari yoki mansabdor shaxslarni o`rmon boyliklaridan qonunda belgilangan tartibda, maqsadga muvofiq harakat qilishga majbur etadi. O`rmondan foydalanish qoidalarini buzganda qo`llaniladigan jazo choralari davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarni O`zbekiston Respublikasining harakatdagi o`rmon to`g`risidagi qonunlariga og`ishmay rioya qilishlari hamda o`rmondan foydalanuvchilar va o`rmon egalarining buzilgan huquqlarini tiklashda va umuman o`rmon sohasidagi qonunchilikni ta'minlashda alohida rol o`ynaydi. O`rmondan foydalanish va muhofaza qilish huquini buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, fuqarolik, jinoiy-huquqiy jazo choralari qo`llaniladi. Shulardan biri ma'muriy-huquqiy javobgarlikdir. O`rmonlardan foydalanish huquqini buzganlik uchun ma'muriy chora- tadbirlar davlatning o`rmonga egalik qilish huquqini buzish, o`rmonlardan xo`jasizlarcha foydalanish, o`rmonlarni ishdan chiqarish, o`rmonlardagi cheklov belgilarini yo`q qilish yoki shikastlantirish, o`rmonlarni foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirish, o`rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish, kesiladigan o`rmon fondidan foydalanish tartibini buzish, daraxtlar, butalar va boshqa o`rmon o`simliklari hamda nihollarni g`ayri qonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo`q qilish, o`rmonlarni tiklash qoidalarni buzish, Qizil kitobga kiritilgan va noyob o`simliklarni yig`ish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzish, o`rmon uchun foydali hayvonot dunyosini yo`q qilib yuborish, o`rmonlarda o`rmon xavfsizligi talablarini buzish va shu kabi nojo`ya harakatlar uchun kelib chiqadi. Ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasining "Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`riida"gi kodeksining 23-moddasiga binoan ma'muriy jarima, ma'muriy huquqbuzarlik harakatini sodir etish quroli hisoblangan predmetni yoki bevosita shunday obyekt buyumni haq to`lash sharti bilan olib qo`yish, ma'muriy huquqbuzarlik harakatini sodir etish quroli hisoblangan va bevosita shunday obyekt bo`lgan bevosita shunday obyekt bo`lgan buyumni musodara qilish, muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqidan mahrum etish, ma'muriy qamoqqa olish kabi jazo choralari qo`llaniladi. O`rmondan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy jazo choralarini qo`llash tuman, shahar hokimliklari huzuridagi ma'muriy komissiyalar, o`z-o`zini boshqarish mahalliy organlari, tuman, shahar sudlari, ichki ishlar organlari, davlat inspeksiyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksinig 69-moddasida, chegara va cheklov belgilarini yo`q qilish yoki shikastlantirish uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan bo`lib, egalikdagi va foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, o`rmonlardagi cheklov belgilarini yo`q qilish yoki shikastlantirish - fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi deb ko`rsatilgan. Mazkur kodeksning 77-moddasida esa o`rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish, ya'ni tegishli ruxsat olmay turib imorat solish, yog`ochni ishlash, omborlar va boshqa inshootlar qurish, o`rmon fondi yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, o`zboshimchalik bilan pichan o`rish va mol boqish, drenaj tizimlarini va yo`llarini yo`q qilish yoki shikastlantirganlik uchun - fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan bir baravariga miqdorda, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi, agar xuddi shunda huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi o`rnatilgan. Ushbu kodeksning 78-moddasida esa kesiladigan o`rmon fondidan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan bo`lib, kesiladigan o`rmon fondidan foydalanish, yog`och tayyorlash va tashib ketish tartibini, shuningdek, o`rmon kesish chiptasi (orderi)da yoki o`rmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishlik o`rnatilgan. Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 79-moddasida esa daraxtlar, butalar, boshqa o`rmon o`simliklari va nihollarni g`ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo`q qilishni sodir etgan fuqarolarga eng kam ish haining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinishi, agar xuddi shunday huquqbuzarliklr ma'muriy jazo chorasi qo`llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etsa - fuqarolarga nisbatan eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga nisbatan esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinishi ko`rsatilgan. O`rmonlarni tiklash qoidalarini buzish huquqbuzarligini sodir etganlarga nischbatan javobgarlik O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 80-moddasida belgilangan bo`lib, o`rmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini oshirishga, shuningdek yetilgan yog`och zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar va yo`riqnomalarni buzish - mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo`lishi belgilangan. Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksing 81-moddasida Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish huquqbuzarligini sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o`simliklarni yoxud shunday o`simliklarning ildizlari, poyalari, shohlari, barglari, gullari, mevalari va urug`larini o`zboshimchalik bilan yig`ish - fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - ikki baravardan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi, agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo`llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravardan yetti baravargacha miqdorda jarima solishlikka sabab bo`lishi o`rnatilgan. Mazkur Kodeksning 82-moddasida Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzish huquqbuzarligi uchun javobgarlik belgilangan bo`lib, davlat qo`riqxonasi tabiatni buzgan fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi hamda davlat milliy tabiat bog`lari, buyurtma korxonalari, tabiat yodgorliklari, suvni muhofaza etish tegralari, kurort tabiiy hududlari, botanika bog`lari, dendrologiya va hayvonot bog`lari, qo`riqlanma (oraliq) tegralari, o`rmonlarning ta'qiqlangan mintaqalari, baliq xo`jaligi tegralari va alohida muhofaza qilinadigan o`zga hududlar tartibini buzgan fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi, agar ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismilarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun ma'muriy jazo chorasi qo`llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi belgilangan. Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 83-moddasida o`rmon uchun foydali faunani yo`q qilib yuborish huquqbuzarligini sodir etgan - fuarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishi nazarda tutilgan. Ushbu kodeksning 84-moddasida esa o`rmonlarni yong`in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun - fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinishi, agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinishi ko`rsatilgan. O`rmonlardan foydalanishga oid huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfi ma'muriy nojo`ya harakat darajasidek bo`lmasa, bunday holatlarda huquqbuzarliklarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash mumkin. Intizomiy javobgarlik huquqi ta'sir usuli sifatida shaxslarga o`zlarining xizmat faoliyatlari o`rmon xo`jaligiga yoki jamoat tashkilotlariga a'zolik munosabati bilan intizomiy nojo`ya harakat sodir etganlarida qo`llaniladi. Bu javobgarlik o`rmondan foydalanish qoidalarini buzishga qaratilgan quyidagi intizomiy nojo`ya xatti-harakatlar sodir etilganda, ya'ni masalan, o`rmondan foydalanishga oid mehnat majburiyatlarini bajarmaganda, agrotexnika qoidalarini buzishga olib kelgan sifatsiz ish qilinganda, dov-daraxt va butalarga yomon ishlov berilganda qo`llaniladi. Xo`jaliklarning mansabdor shaxslari mehnatni o`z vaqtida tashkil qilmaganlarida, o`rmonlarni muhofaza qilish choralarini ko`rmaganlarida intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Intizomiy jazo choralari o`rmonlardan foydalanish qoidalarini buzgan mansabdor shaxslarga shu o`rmon fondi joylashgan xo`jalikning umumiy yig`ilishi tomonidan, fuqaro a'zolarga esa xo`jalik boshqaruvi tomonidan beriladi. Intizomiy jazo choralarini qo`llashda O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodeksning intizomiy javobgarlikka bag`ishlangan umumiy qoidalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Har bir jamoa, davlat yoki boshqa kooperativ o`rmon jamoalari o`z Ustavi yoki Nizomini ishlab chiqishda va qabul qilishda, intizomiy jazo choralarini o`rnatishda ushbu qonundan asos sifatida foydalanish mumkin. O`rmonlardan foydalanish huquqini buzganlik uchun qo`llaniladigan huquqiy chora-tadbirlardan yana biri, bu - fuqarolik-huquqiy chora-tadbirlardir. Bu huquqiy chora-tadbirlar o`rmondan foydalanish huquqi foydalanuvchilarga mulkiy zarar yetkazish bilan bog`liq holda buzilganda qo`llaniladi. O`rmon qonunchiligi o`rmonlarni o`zboshimchalik bilan egallab olish, ekinlarni payhon qilish, o`rmonlardan foydalanish qoidalarini buzish orqali o`rmonlardan foydalanuvchilarga zarar yetkazilganda ularni qoplash lozimligini belgilaydi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining O`rmon to`g`risidagi qonuniga ko`ra, o`rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish orqali yetkazilgan zarar to`la hajmda qoplanishi kerak. Shu qonunda ko`rsatilishicha, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqaroalar O`zbekiston Respublikasining O`rmon to`g`risidagi qonunlarini buzishlari tufayli yetkazgan zararning o`rnini qoplashga majburdirlar. O`rmondan foydalanuvchilarga yetkazilgan mulkiy zararni undirishda fuqarolik qonunlariga murojaat etilishining bosh sababi, fuqarolik qonunlari normalarining o`rmon munosabatlariga oid huquqbuzarlikka nisbatan joriy qilinishining asosiy sababi, birinchidan, fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlarning bir xilligi, o`xshashligi bo`lsa; ikkinchidan, o`rmon qonunchiligida o`rmon foydalanuvchilarga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash aniq va to`la tartibga solinmaganligidir. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1 majburiyatlarni bajarmaslikdan kelib chiqadigan javobgarlikka bag`ishlangan umumiy qoidalarni bevosita o`rmondan foydalanish yetkazilgan zararni undirishda ham qo`llash mumkin. Bundan tashqari, shu qonunning 479-moddasida belgilanishicha, fuqaroning shaxsiga zarar to`la miqdorda zarar yetkazgan shaxs tomonidan to`lanishi lozim. Fuqarolik qonunining ushbu umum e'tirof etilgan qoidalari o`rmonlardan foydalanish munosabatlariga oid huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan mulkiy zararni undirishda, aybdorlarni moddiy javobgarlikka tortishga ham bevosita taalluqlidir. O`rmon to`g`risidagi qonunda o`zboshimchalik bilan egallab olingan o`rmon fondi yerlariga nisbatan zararni undirish alohida belgilangan. Masalan, O`zbekiston Respublikasi O`rmon to`g`risidagi qonunning 23-moddasida 1 Uzbekiston Respublikasining Fukarolik kodeksi. -T.: Adolat, 1995. ko`rsatilishicha, o`zboshimchalik bilan egallab olingan o`rmon yerlari egasiga qaytarib beriladi, qonunga xilof ravishda egalik qilish va foydalanilgan vaqtda qilingan chiqimlarning o`rni qoplanmaydi. Buning ustiga o`zboshimchalik bilan egallab olingan o`rmon yerlarida yetishtirilgan hosil uning egasiga tegishli bo`ladi. O`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga hosil yetishtirish uchun sarflangan harajatlar to`lanmaydi. Agar o`rmon yer uchastkasini o`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs hosilni yig`ishtirib olgan bo`lsa, o`rmon egasi sud yo`li bilan yetishtirilgan hosilning qiymatini pul tartibida davlat bahosida yoki bozor bahosida undirib olishi mumkin. O`rmon yerlaridan foydalanish huuqbuzarligining subyekti nafaqat fuarolar yoki mansabdor shaxslar, balki korxona, muassasa, tashkilotlar ham bo`lishi mumkin. O`rmonlardan foydalanuvchilarga zarar yetkazgan shunday tashkilotlar ham fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortilib, keltirilgan zararlarni to`lashga majburdirlar. O`rmon huquqbuzarligi uchun yetkazilgan mulkiy zararni undirishda O`zbekiston Respublikasi V azirlar Mahkamasi tomonidan 1992 yil 15 iyundagi № 282-son Qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyojlari uchun olinishi munosabati bilan qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o`rnini qoplash tartibi to`g`risida"gi 1 Nizom muhim ahamiyatga ega. Ushbu Nizom O`zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofmq qishloq xo`jaligini va o`rmon ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash va ularning o`rnini qoplash tartibini belgilaydi. O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 51-moddasida ko`rsatilishicha, qishloq xo`jaligi yerlari va o`rmonlari, shu jumladan fuqarolar mulki bo`lgan va ular foydalanib turgan qishloq xo`jaligi yerlarini olib qo`yib, ulardan qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi yuritish bilan bog`liq bo`lmagan maqsadda foydalanish, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijrochilar huquqining cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta'siri natijasida yer sifatining yomonlashuvidan qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi ko`rgan nobudgarchilikning o`rnini xalq deputatlari Kengashlariga qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyojlar uchun olib qo`yilgan qishloq xo`jaligi yerlari va o`rmonzorlar berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, obyektlari sifatida atrofni muhofaza, sanitariya va himoya zonalari belgilanib, qishloq xo`jaligi va o`rmonchilik yerlarini muomaladan chiqarib yuborgan yoki mazkur yerlarni u adar qiymati bo`lmagan yerlarga aylantirib qo`ygan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qoplanadi. O`zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyojlari uchun olinishi munosabati bilan qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o`rnini qoplash tartibi to`g`risidagi izomga ko`ra, qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi nobudgarchiligi o`rni quyidagi hollarda, ya'ni qishloq 1 Karang: Uzbekiston Respublikasi xukukmatining karorlari tuplami. 1992. № 6. xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi yer-suvlari, shuningdek, fuqarolar tasarrufida va foydalanishida bo`lgan ana shu yerlar qishloq va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyojlar uchun olinganda, qishloq xo`jaligi va o`rmon yer- suvlarining muomaladan chiqishi va ularning kam qiymatli yer-suvlarga o`tkazilishi bilan bog`liq bo`lgan qurilayotgan obyektlar atrofida muhofaza, sanitariya va himoya zonalari belgilanishi bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari cheklanganda, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati ta'siri natijasida yerlar sifati yomonlashganda qoplanadi. Yer uchastkalari qishloq xo`jaligi yoki o`rmon xo`jaligi ehtiyojlari uchun, ya'ni belgilangan tartibda uy-joy qurish va ularga xizmat ko`rsatish uchun, maktablar, internatlar, bolalar uyi, kashshoflar uyi, maktabgacha tarbiya va davolash muassasalari, kinoteatrlar, madaniyat uylari, qabristonlar, suv va gaz tarmoqlari hamda uy-joy kommunal ehtiyojlariga imoratlar qurish uchun berilganda ishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining o`rni qoplanmaydi. Yer noqishloq ehtiyojlar uchun olib qo`yilganda qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi tuman (shahar) hokimiyatining farmoyishi bilan tuzilgan baholash komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Nobudgarchilik miqdorlarini aniqlash uchun baholash komissiyasiga dastlabki ma'lumotlarni yer ajratib berish loyihasini ishlab chiqaruvchi loyihalash tashkiloti taqdim etadi. Nobudgarchilik miqdori keyingi uch yilda olib qo`yiladigan yer uchastkasidan o`rtacha olinadigan dehqonchilik va o`rmon xo`jaligi mahsuloti qiymatining miqdoridan hisoblab chiqariladi. Ushbu pul miqdori yer uchastkasi foydalanishga berilgan yillar soniga ko`paytiriladi. Qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun mablag`larni yer ajratib berilgan korxonalar, viloyat hokimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasining bank muassasalarida ochilgan maxsus hisob raqamga o`tkazadilar. Shuni aytish kerakki, mintaqaviy dasturlarni va viloyatlararo tadbirlarni amalga oshirish uchun nobudgarchilikni qoplash hisobiga keluvchi mablag`larning 10 foizi O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi Vazirligining maxsus hisob raqamiga o`tkaziladi. Qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini qoplash uchun tushgan mablag`lar maxsus maqsadga ega bo`lib quyidagilar uchun foydalaniladi: yangi yerlarni o`zlashtirish, sug`oriladigan yerlarni to`la-to`kis qayta qurish, sug`oriladigan yerlarni tubdan tekislash, daraxtzorlar barpo etish va tiklash kabilar. Bundan tashqari, ushbu mablag` yo`qolib ketgan o`rmon urug`lari, tut daraxtlari va sanoat daraxtzorlari, bog`lar, o`rmonzorlar, tutzorlar, mevazorlar, ko`kazorlar barpo etish, yerlarning unumdorligini oshirish, tog` qiyalarini pog`ona qilib ishlash, o`rmon tuzish ishlari maqsadida ham ishlatiladi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligining miqdorlari olib qo`yilgan maydonlar, ko`p yillik daraxtlar, bo`z yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan hisoblanadi. Olib qo`yilgan lalmi yerlarning 1 gektari o`rniga teng bahodagi yangi yerlarni sug`orish va o`zlashtirish qiymati quyidagi miqdorlarda aniqlanadi: tekislikdagi zonada - haydaladigan lalmi yerlar uchun 7,5 va bo`z lalmi yerlar 2,4 ming so`m, past balandlikdagi zonada - haydaladigan lalmi yerlar uchun 11,1 va bo`z lalmi yerlar uchun 3,6 ming so`m, tog` oldi va tog` zonasida - haydaladigan lalmi yerlar va ko`p yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va bo`z yerlar uchun 4,4 ming so`m. Shuni aytish kerakki, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga qo`shimcha ravishda sof daromad qo`shiladi. Bu daromad loyihalashtirish, yangi yerlarni sug`orish va o`zlashtirish, ularni madaniylashtirishga oid ishlarni bajarish zarur bo`lgan 4 yil davomidagi davrda olib qo`yilgan yer maydonida sof daromadning so`mmasi jamoa va davlat xo`jaliklari hamda boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ohirgi uch yilgi ma'lumotlariga ko`ra, olib qo`yilgan maydonlardagi qishloq xo`jaligi ekinlari va daraxtzorlarining o`rtacha hosildorligidan kelib chiqib, yer ajratish loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida aniqlanadi. Pichanzorlar va yaylovlar olib qo`yilishi munosabati bilan qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari ularning mahsuldorligiga ko`ra balandlik mintaqalariga qarab, ya'ni cho`l mintaqasi uchun 1125 so`m, adir mintaqasi uchun 1315 so`m, tog` mintaqasi uchun 1846 so`m qilib belgilanadi. 1 O`rmondan foydalanish huquqini buzishda qo`llailadigan choralardan yana biri jinoiy huquqiy chora-tadbirlardir. Bu turdagi chora-tadbirlar jinoyat qonuni normalarida belgilanga ijtimoiy xavfli xatti-harakat yoki harakatsizliklar sodir qilgan shaxslarga nisbatan qo`llaniladi. Ma'lumki, jinoiy huquqbuzarlik jamiyat uchun o`zining o`ta xavflilik darajasi bilan ajralib turadi. O`rmondan foydalanish huquqini buzishda jamiyat uchun o`ta xavfli bo`lgan jinoyatlar ichida birinchi navbatda o`rmonlarga nisbatan davlatning mulk huquqini buzishga qaratilgan g`ayriqonuniy bitimlar, ya'ni o`rmonlarni sotib olish va sotish, sovg`a qilish, garovga qo`yish, o`zboshimchalik bilan ayirboshlash xatti-harakatlari alohida ajralib turadi. Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ko`rsatilishicha, ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish kabi huquqbuzarliklar uchun ham jinoiy javobgarlikni qo`llash mumkin. Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasining "O`rmon to`g`risida"gi qonunida huquqbuzarliklar uchun tegishli javobgarlik qo`llanilishi lozimligi ta'kidlanadi. Lekin shuni aytish kerakki, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat qonuni O`rmon to`g`risidagi qonunida ko`rsatilgan barcha o`rmon munosabatlariga oid huquqbuzarliklar uchun ham jinoiy javobgarlikni belgilamaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o`rmon boyliklarining alohida muhim ahamiyatga ega ekanligini e'tiborga olib, mana shu onunlar majmuasida o`rmon munosabatlariga oid jamiyat uchun xavfli hisoblangan g`ayriqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan jinoiy javobgarlik o`rnatilsa maqsadga muvofiq bo`lur edi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi quyidagi o`rmon huqubuzarliklari uchun jinoiy javobgarlik belgiladi. Bular: ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish (198-modda). 1 Karang: Uzbekiston Respublikasi xukukmatining karorlari tuplami. - 1992. № 6. Unda olovga ehtiyotkorsizlik bilan muosabatda bo`lish natijasida ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish ko`p miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanishi birinchi qismida ko`rsatilgan. Ikkinchi qismida esa, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish ko`p miqdorda zarar yetkazishga sabab bo`lsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`rsatilgan. Uchinchi qismida esa, ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish ko`p miqdorda zarar yetkazishga sabab bo`lsa - eng kam ish haqiing yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`rsatilgan. Ushbu Jinoyat kodeksini 202-moddasida hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibii buzganlik uchun birinchi qismida: ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish, noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini yoxud o`simliklarni dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yig`ish yoki tayyorlash, shuningdek, maxsus qo`riqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot va o`simlik olamida foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yigacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolaishi belgilangan. O`sha qilmishlar: a) hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va o`simlik dunyosining Qizil Kitobiga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan; b) ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa - eng kam oylik ish haining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulki musodara qilinib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`rsatilgan. O`sha qilmishlar: a) retsidivist tomonidan; b) shaxsning o`z xizmat mavqeidan foydalanib; v) yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib; g) portlash qurilmalari zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo`llagan holda; d) uyushgan guruh tomonidan; ye) juda ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa - eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki mol-mulki musodara qiliib yoki musodara qilinmay uch yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi deb o`rnatilgan. Mazkur Kodeksning 199-moddasida esa o`simliklar kasalliklari yoki zararqunandalari bilan kurash talablarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ya'ni o`simliklar kasalliklari yoki zararqunandalari bilan kurash talablarini buzish og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikda mahrum qilish bilan jazolanishi o`rnatilgan. Shuningdek, shubu Jinoyat kodeksida o`rmon huquqbuzarligiga yaqin atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish (193-modda), atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to`g`risidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko`rsatish (194-modda), atrof muhitning ifloslanishi oibatlarini bartaraf qilish choralarini ko`rmaslik (195-modda), atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (196-modda), alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish (202-modda) kabilarga nisbatan jinoiy javobgarliklar o`rnatilgan. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling