Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
III. Insoniyatga qarshi jinoyatlar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
III.
Insoniyatga qarshi jinoyatlar. Ular sirasiga: o ldi- rish, qirg in qilish, asoratga solish va aholiga nisbatan qo llani- ladigan shu kabi boshqa shafqatsizliklar, ya ni siyosiy, irqiy yoxud diniy sabablar bo yicha ta qib etish hollari kiradi. Bu ro yxat Ruanda va sobiq Yugoslaviya uchun tribunallarning Nizomlariga asosan qiynoq, nomusga tegish, shuningdek terro- rizmning kiritilishi hisobiga yanada kengaydi. Insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga uzoqlik muddatini qo llamaslik to risida 1986-yilgi Konvensiyada inso- niyatga qarshi jinoyatlar birinchi marta xalqaro jinoyatlarning alohida guruhi sifatida ajratilgan edi. Aparteid jinoyatlarining oldini olish va u uchun jazolash to risidagi 1973-yilgi Konven- siyada aparteidga o xshash irqiy segregatsiya va irqiy kamsitish ham jinoyat deb baholanadi. 1976-yili BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi Davlatlar- ning javobgarligi to risidagi Moddalar loyihasini ma qulladi, unga ko ra, enotsid 2 , qulchilik va kolonial hukmronlik ham in- soniyatga qarshi jinoyatlar qatoriga kiritildi. Yuqoridagilarga asosan, aytish mumkinki, xalqaro huquq- ning rivojlanishi bilan ko rib chiqilgan jinoyatlarning soni ham sib boradi. Bunga 1991-yili Xalqaro huquq Komissiyasi tomo- nidan qabul qilingan Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasi misol bo ladi. Bu Kodeks loyihasida xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi jinoyatlar bir-biridan 1 O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Ken- gashining 1993-yil 3-sentabrdagi 946 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 346-modda. 2 Izoh: Uy, turar joyni yo q qilish jinoyati// Qarang: O zbekiston yuridik ensik- lopediyasi./Nashr uchun mas ul R.A. Muhitdinov mas ul muharrir N. Toychiyev. T.: Adolat, 2010. 704-bet. 46 farqlanmaydi. Shuning uchun unda umum e tirof etilgan qoida- larga asosan, xalqaro jinoyatlar deb quyidagilar ko rsatib o tila- di: agressiya, agressiya tahdidi, boshqa davlatlarning ichki ish- lariga aralashish, kolonial hukmronlik va chet el hukmronligi- ning boshqa shakllari, genotsid, aparteid, inson huquqlarini doi- miy va ommaviy ravishda buzish, alohida jiddiy harbiy jinoyat- lar, atrof-muhitga qasddan va jiddiy zarar yetkazish 1 . Davlat ichki jinoyat huquqidan farqli o laroq xalqaro jinoyat huquqida jinoyatlar subyektlari sifatida nafaqat jismoniy shaxs- lar, balki davlatlar ham, ba zi holatlarda yuridik shaxslar ham javobgar bo lishi mumkin. Bunda davlat uchun faqat xalqaro jinoyat sodir etilgandagina javobgarlik yuklatilishi mumkin 2 . Hozirgi paytda davlatlar mas uliyati to risida universal Konvensiya tayyorlanmoqda. 1994-yil xalqaro huquq Komissiya- sining 46-sessiyasida qabul qilingan tinchlik va insoniyat xavf- sizligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasining 5-moddasida: Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat uchun biror- bir shaxsning sud tomonidan ta qib qilinishi, xalqaro huquq bo yicha davlatni shu davlatga qo yilayotgan chora ko rganlik yoki chora ko rmaganlik javobgarlikdan ozod etmaydi , deb ta kidlangan. Shunga e tibor berish kerakki, ushbu moddada davlatning xalqaro jinoiy javobgarligi xususida emas, balki davlatlarning xalqaro huquq bo yicha mas uliyati haqida so z yuritilmoqda. Shu sababli davlatni xalqaro jinoyat subyekti deb atash huquqiy jihatdan to ri bo lishi ehtimoldan yiroq. Aslida davlat xalqaro jinoyatlar uchun mas ullik subyekti hisoblanadi. Bu yana shu- ning uchun ham to riki, xalqaro jinoyatlar uchun davlatlar siyosiy va moddiy javobgarlikka tortiladi, jinoiy qonun sank- siyalari ularga qo llanilmaydi. 1 Odilqoriyev X.T., Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (xalqaro ommaviy huquq)/Darslik. T.: 2002. 328 329-betlar. 2 Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî (ó÷åáíîå ïîñîáèå). Ì.: ÈÍÔÐÀ Ì, 1997. C. 320. 47 Xalqaro jinoyat huquqida, xuddi milliy huquqda bo lgani kabi, jinoyatlarning asosiy subyektlari jinoyat sodir etgan aqli raso, belgilangan yoshga yetgan jismoniy shaxslar hisoblanadi. Shu o rinda o z ixtiyori bilan mustaqil ravishda jinoyat sodir etgan, misol uchun harbiy harakatlar hududida aholi ustidan zoravonlikka yo l qo ygan yoki urush olib borishning taqiqlan- gan vositasini qo llagan subyektni davlat jinoyatlari bilan bog liq subyektlardan farqlash lozim. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasining 11 13-moddalarida uch o ta muhim holat qayd etiladi. 1. Tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan biror shaxs o z hukumati yoki boshlig ining buyrug ini bajarib, ish tugaganligi holatida, agar sha davr sharoitida shu buyruqni bajarmaslik mumkin bo lsa, shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. 2. Yuqorida ko rsatib o tilgan jinoyatni xodim sodir etilgan- ligi uning boshlig ini jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi. Agar ular voqeadan xabardor bo lishi yoki ularga o sha holatda shu xodim shunday jinoyatni sodir etgani yoki etish niyatida ekan- ligi haqida xulosa chiqarish imkonini beruvchi ma lumotga ega bo lishsa va shu jinoyatning oldini olish yoki to xtatish maqsad- larida qo llashlari mumkin bo lgan barcha chora-tadbirlarni qo lla- magan bo lishsa, javobgardirlar. 3. Shunday jinoyatni sodir etgan shaxsning rasmiy mavqei uni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi. Bu qoidalar avval ham milliy va xalqaro sudlar tomonidan qo l- lanilgan. Masalan, O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 40-moddasiga ko ra, Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyish- ni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo lsa, jinoyat deb topilmaydi. Jinoiyligi oldindan ayon bo lgan buyruq yoki boshqa farmo- yishlarni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. 48 ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javob- garlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo lsa- gina, u javobgarlikka tortiladi 1 , deyiladi. Xalqaro jinoyatlar hamda xalqaro harakterga ega bo lgan jinoyatlar subyektlarining bir-biridan farqi shundaki, xalqaro Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling