2.2. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning alohida
turlari va ularga qarshi kurash bo yicha xalqaro ham-
korlikning o ziga xos xususiyatlari
Xalqaro xarakterdagi
1
jinoyatlar milliy huquqiy tartibotga
tajovuz qilishi bilan birga xalqaro hamjamiyatning muhim man-
faatlariga ham zarar yetkazadi. Ba zan bu turdagi jinoyatlar
konvensiyaviy jinoyatlar deb ham ataladi, chunki davlatlarning
xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning muayyan turiga qarshi
kurashi ko p tomonlama xalqaro shartnomalar asosida amalga
oshiriladi.
Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar xalqaro shartnomalarda
nazarda tutilgan, davlatlararo tinchlik munosabatlarining turli
sohalariga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmish bo lib, xalqaro
jinoyatlardan asosiy farqi bu kabi jinoyatlarning subyektlari
davlatlar emas, balki jismoniy shaxslar hisoblanadi. Javobgarlik
xalqaro shartnomalar asosida vujudga kelib, tegishli davlat
huquqlari orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda eng keng tarqalgan xalqaro huquqbuzarliklar
ushbu turkumga kiruvchi jinoyatdir. Shu sababli xalqaro xarak-
terdagi jinoyatlarning alohida turlari va ularga qarshi kurash bo yi-
cha xalqaro hamkorlikning ayrim jihatlarini ko rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |