Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
II. Aparteid
Afrika burlari tilidan apartheid alohida yashash degan ma noni anglatadi. Aparteid irqiy kamsitishning keskin shakllaridan biri bo lib, irqiga ko ra davlat aholisi guruhining huquqlari boshqa aholi guruhlariga nisbatan kamsitiladi, ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinadi. Bir irqning ikkinchi bir irq ustidan hukmronlik o rnatish va ushlab turish hamda ular- 1 Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustdagi 835 I-son Qaroriga asosan qo shilgan. O zbekiston Res- publikasi 1999-yil 8-dekabrda kuchga kirgan.//Qarang: Huquqni muhofaza qilish oranlariga oid xalqaro hujjatlar. To plam. Mas ul muharrir A.X. Saidov. T.: Adolat, 2004. 76 80-betlar. 54 ga doimiy ravishda zulm o tkazish uchun aholi maxsus ajratil- gan joylar (rezidentsiyalar)da saqlanadi. Bunday jinoyatning subyektlari davlat vakillari, tashkilot- lar, tashkilot a zolari va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Ijrochi- lardan tashqari, aparteid aktlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgan yoki qo llab-quvvatlagan va bevosita yordam bergan shaxs- lar hamda tashkilotchilar ham jazoga tortiladi. 1973-yilgi BMT Bosh Assambleyasining Aparteid jinoyatini oldini olish va u uchun jazolash to risidagi xalqaro Konvensi- yasiga binoan, bunday jinoyatlarga nisbatan ham universal yuris- diksiya o rnatilgan. Aybdorlar Konvensiya ishtirokchisi bo lgan biror-bir davlatning sudiga jalb etilishi mumkin. Zarur holda jinoyatchini biror-bir davlatga berishi mumkin, chunki aparteid siyosiy jinoyat hisoblanmaydi. Shuning uchun jinoyatchilarni biror-bir davlatga ushlab berish (ekstraditsiya) o sha davlatning milliy qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalar asosida alohida amal- ga oshiriladi. Konvensiyada davlatlar rozilik bergan taqdirda xalq- aro jinoyat tribunalini tashkil etish imkoniyati nazarda tutilgan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling