Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Qulchilik va uning oldini olish
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Qulchilik va uning oldini olish
Qul savdosini taqiqlash to risidagi masala birinchi maro- taba Vena kongressiga qo yilgan edi. Bu kongress 1815-yil 4-fev- ralda negr qullar savdosini bekor qilish to risida maxsus Dek- laratsiya qabul qildi. 1815-yilgi deklaratsiyaning amaliyotga qo l- lanilishiga Amerikaga negr qullarni olib o tishni taqiqlash to - risida besh davlat tomonidan qabul qilingan 1841-yil 20-dekabr- 1 Izoh: Xalqaro huquq va kriminologiyaga oid adabiyotlarda ushbu mavzu besh xil nomlanadi: Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar , Transmilliy jinoyatchilik , Xalqaro tusdagi jinoyatlar , Xalqaro ahamiyatga ega bo lgan jinoyatlar , Xalqaro xusu- siyatga ega bo lgan jinoyatlar . 58 dagi shartnoma asos bo ldi (shuningdek, 1885-yil Kongo daryosi to risida Berlin konferentsiyasining Yakunlovchi Aktining 9-mod- dasi va 1890-yil 2-iyuldagi qul savdosiga qarshi kurash bo yicha Bryussel Konferentsiyasining Bosh akti). Millatlar Ligasi doira- sida ishlab chiqilgan, 1926-yil 25-sentabrda imzolangan Qulchi- lik bo yicha Konvensiya, 1930-yil qabul qilingan Zo raki yoki majburiy mehnat to risida gi Konvensiya 1 qabul qilingan. BMT Bosh Assambleyasi barcha davlatlarga 1926-yilgi Kon- vensiyaga qo shilishni va qulchilikka qarshi kurash bo yicha qo - shimcha tadbirlar ishlab chiqishni tavsiya qildi. 1956-yil 7-senyabrda BMT tomonidan chaqirilgan qulchilik- ka qarshi kurash bo yicha Jeneva Konferensiyasida qul savdosi, qulchilikni bekor qilish bo yicha Qo shimcha Konvensiya qabul qilindi. 1926-yilda qabul qilingan 1956-yilda o zgartirishlar kiritilgan Qullik to risidagi Konvensiyaning 1-moddasida qayd etilgani- dek, qullik bu insonning shunday holati yoki ahvoliki, uning ustidan egalik huquqining belgilari yoki ulardan ba zilari amal- ga oshiriladi. Tutqinlar savdosi insonni qullikka sotish maqsadi- da uni bosib olish, egalik qilish, in om etish aktini; tutqinni sotish yoki almashtirish maqsadida, uni egallash har qanday aktini; umuman, tutqinlarni sotish yoki tashish har qanday akti sin- gari, sotish yoki almashish yo li bilan egallagan tutqinni sotish yoki almashtirish yo li bilan in om qilish har qanday aktini o z ichiga oladi. 1956-yilning 7-sentabrida Qulchilikni, qul savdosi va qul- chilikka o xshash institut va odatlarni tugatish to risida gi Qo shimcha Konvensiyasi (1957-yil 30-aprelda kuchga kirgan) biror kishini qulga aylantirmoqchi bo lgan shaxslar, qullarni ta- shish bilan shug ullanuvchi shaxslarni jazoga tortishni nazarda tutadi 2 . 1 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam. T.: Adolat, 2004. 235-bet. 2 O sha joyda. 216-bet. 59 Konvensiyada, ishtirokchi davlatlar majburiyati bayon qilinib, xuddi shunday jinoyatni sodir qilgan aybdor shaxslarni jazolash to risida kelishilgan. Bunga quyidagilar kiradi: - qanday transport vositasidan foydalanishidan qat i nazar, qullarni bir mamlakatdan ikkinchisiga olib o tish; - biron-bir shaxsni o ziga bo yin egdirish yoki birontasini ziga qul qilish; - biron-bir shaxsni o ziga mutlaqo tobe qilib, erksiz qilib qo yish (qarz berib qaram qilish, huquqsiz dehkon qilish, ayollar va bolalarni oldi-sotdi qilish va hokazo); - qulni va erksiz shaxsni jazo tariqasida mayib qilish, kuydirib tamg a bosish; - bunday jinoiy harakatlarga ishtirokchi bo lish yoki xufya til biriktirib bunday jinoyatni sodir qilish 1 . Qullik to risida gi Konvensiyada davlatlarning odamlardan foydalanish uchun ularni yollash jinoyatining oldini olish va bar- taraf etish masalasi qayd etilib, unda quyidagilar o z ifodasini topgan; - biror-bir shaxsni qo lga kiritish yoki qullikka solish maq- sadida uni ekspluatatsiya qilish yo li bilan egallab olish; - sotish yoki ayirboshlash maqsadida qulni qo lga kiritish bilan bog liq barcha harakatlarni amalga oshirish; - shu maqsadda qo lga kiritilgan shaxsni sotish yoki ayir- boshlash bo yicha barcha harakatlar, qullar savdosi yoki qullarni tashish bo yicha har qanday harakatlarni amalga oshirish 2 . Ushbu konvensiyaga muvofiq, uni imzolagan tomonlar qul savdosini tugatish va oldini olish, shu bilan bir qatorda, tezlik bilan qullikning barcha shakillarini to liq tugatish majburiyatla- rini o z zimmalariga olganlar. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida Har bir inson yashash, erkin bo lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga 1 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam: T.: Adolat, 2004. 216-bet. 2 O sha joyda. 60 egadir 1 (3-modda), Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saq- lanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko rinish- lari taqiqlanadi 2 (4-modda), degan qoidalar mustahkamlangan. Ozodligi cheklangan va xo jayinining og ir mehnatiga jalb etilgan shaxs quldir. Quldorlik eng taraqqiy etgan mamlakatlar- ga qadimgi Rim va Yunonistonni misol sifatida keltirish mumkin. Hozirgi kunda qulchilikning har qanday ko rinishlari barcha davlatlarda qonun bilan qat iy taqiqlangan, oxirgi marta qullardan foydalanishni taqiqlash 1981-yilda Mavritaniyada joriy qilindi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling