Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishga qarshi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishga qarshi
kurashning xalqaro huquqiy jihatlari Bugungi kunda shaxsni garovga olish jinoyati keng tarqal- gan bo lib, undan turli uyushgan jinoiy guruhlar foydalanmoqda. Garovga olish ikki xil ko rinishda: 1) terrorizm yoki tovlamachilik alomatlari bo lamagani holda shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishda; 1 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva Konvensiyalari va ularga qo shimcha Protokollar. Ikkinchi nashr. T.: Xalqaro Qizil Xoch Qo mitasi, 2007. 261-bet. 81 2) garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxs- dan biron-bir harakat sodir etishdan o zini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikda ushlab turishda namoyon bo ladi. 1907-yilda Urush qonunlari va udumlari to risidagi Gaaga Konvensiyasida urush vaqtida shaxsni garov sifatida ushlab turish xalqaro huquqqa xilof ekanligi belgilangan. 1979-yilda qabul qilingan Odamlarni garovga olishga qarshi kurash to risida gi Konvensiya 1 ga ko ra, garovga olish deganda muayyan shaxsni qo lga olish yoki qo l ostida ushlab turish, ldirish, tahdid etish, jarohat yetkazish yoxud garovga olingan shaxsni ozod qilish sharti sifatida davlatni, xalqaro tashkilotni tegishli shaxsni u yoki bu harakatni amalga oshirishga yohud muayyan harakatlardan tiyilishga majbur qilish uchun garovga olingan shaxsni ushlab turishda davom etish kabi harakatlar tushuniladi. Konvensiyaning 2 5-moddasida: Garovga olish a) davlat, uning hududida yoki uning hududida ro yxatga olingan suv transporti bortida sodir etilganda; b) davlat fuqarosiga nisbatan amalga oshirilganda; d) davlatni muayyan harakatlarni bajarishga yoki bajarish- dan tiyilishga majbur etilganda; e) garovga olingan odam shu davlat fuqarosi va qilmishni sodir etishda gumon qilingan jinoyatchi ham shu hududda bo l- ganda davlat o zining yurisdiksiyasini amalga oshiradi. Siyosiy qarashlari, irqiy, diniy mansubligi uchun ta qib qilish va jazo- lashga urinish alomatlari bo lganida jinoyatchini da vogar dav- 1 Ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 554 I-son Qarori bilan qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 21-modda. 2 Ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 554 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 21-modda. 82 latga berish man etiladi , deya universal yurisdiksiya tamo- yili belgilab qo yilgan 1 . Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish jinoyatining bevo- sita obyekti jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, fuqarolarning er- kin harakat qilishi, hayot yoki sog lig ini ta minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Obyektiv tomondan jinoyat terrorizm yoki tovlamachilik alomatlari bo lmagan holda garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jis- moniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakatni sodir etishdan o zini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turishda ifodalanadi 2 . Garovga olingan shaxs o z xohish-irodasiga zid ravishda harakat qilish erkinligidan mahrum etilgan shaxsdir. Subyektiv tomondan jinoyat to ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyatning subyekti subyekt yoshiga yetgan aqli raso jis- moniy shaxs hisoblanadi. Garovga olingan shaxslarni ozod qilish shartlari turlicha bo lishi mumkin. Dunyo miqyosida garovga olinganlar bilan bog - liq sud-tergov amaliyotini o rganish shundan dalolat beradiki, aybdorlar ko pincha o zlari turgan mamlakatdan chiqib ketish imkonini berish, hukumat qarorining bekor qilinishiga erishish, mahkumlarni ozod qilish, pul, qurol, giyohvandlik moddalari- ning berilishi va hokazo talablarni qo yganlar 3 . zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 245-modda- sida shaxsni garov sifatida tutqunlikka olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. 1 A. Ochildiyev. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma naviy- ma rifiy asoslari. T.: TIU nashriyoti, 2008. 177-bet. 2 Rustamboyev M.H. O zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. V tom. Maxsus qism. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o tash tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik. T.: ILM-ZIYO, 2011. 27-bet. 3 O sha joyda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling