Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan 
ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash 
Samolyotlarni qo lga olish va olib qochish, shuningdek, 
fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga boshqacha tarzda aralashish hara-
katlari ekipaj va yo lovchilarning hayotiga xavf tug diradi, havo 
transportining bir maromda faoliyat yuritish tartibini buzadi.  
Xalqaro miqyosda jinoyatlarning bunday turlariga qarshi kura-
shish hamda bunday kurashning qonuniy asoslarini yaratish 
maqsadida Fuqaro aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti doirasida bir 
qator bitimlar qabul qilingan. Xususan, 1971-yil 23-martdagi 
Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga 
xilof tarzdagi xatti-harakatlarga qarshi kurash to
risida gi 
Monreal Konvensiyasi
1
, 1988-yil 24-fevraldagi  Fuqaro avia-
tsiyasining xavfsizligiga qaratilgan qonunga xilof tarzdagi xatti- 
harakatlarga qarshi kurashish to risida gi Monreal Konven-
siyasini to ldiruvchi Xalqaro Fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko rsa-
tuvchi aeroportlardagi qonunga xilof tarzdagi zo rlik xatti-hara-
katlarga qarshi kurashish haqidagi Bayonnoma
2
,  Xalqaro 
                                                
1  Mazkur  Konvensiyaga  O zbekiston  Respublikasi O zbekiston  Respublikasi Oliy 
Majlisining 1993-yil 29-dekabrdagi 1016 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// 
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1994-yil, 1-son, 
25-modda. 
2  Mazkur  Konvensiyaga  O zbekiston  Respublikasi O zbekiston  Respublikasi Oliy 
Majlisining 1992-yil 7-iyuldagi 666 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// 
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1992-yil, 9-son, 
36-modda. 


 
94 
Fuqaro aviatsiyasi to risida gi Konvensiya
1
,  Xalqaro Fuqaro 
aviatsiyasi to risida gi Konvensiyaga doir tuzatishlar
2

1970-yilgi Gaaga Konvensiyasida
3
 qayd etilishicha parvoz-
dagi eshiklarning yopilishidan to ochilishigacha bo lgan davrlar-
da havo kemalarini g ayriqonuniy tarzda kuch ishlatish yoki 
tahdid etish yo li bilan qo lga olish jinoyat hisoblanadi. 
1971-yilgi  Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqo-
nuniy harakatlarga qarshi kurash to grisida gi Monreal Konven-
siyasida havo kemasining xavfsizligini xatar ostiga qo yish; havo 
kemasini yakson etish; havo kemasiga portlovchi moddalar o r-
natish va boshqa shu kabi hatti-harakatlar parvozdagi havo 
kemasi bortida joylashgan shaxslarga nisbatan zo ravonlik akti 
deyiladi.  
1988-yilgi Xalqaro aeroportlarga noqonuniy zo ravonlik hara-
katlariga doir Protokolda aeroportdagi shaxsga qarshi zo ravon-
lik akti; aeroport asbob-uskunalari yoki inshootlarni yakson 
etish yohud ularni ishlab chiqarish kabi harakatlar jinoyat 
sifatida e tirof etdi.  
                                                
1  Mazkur Konvensiya 1944-yil 7-dekabrda ma qullangan. Konvensiyaga O zbekiston 
Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 29-dekabrdagi 
1016 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisining Axborotnomasi, 1994-yil, 1-son, 25-modda. 
2  
Ushbu  konvensiyaga  quyidagi  tuzatishlar  kiritilgan:  27.05.1947-y.  Monreal 
(93-modda); 14.06.1954-y. Monreal (45-modda); 14.06.1954-y. Monreal (48a, 49e, 
I, 61-modda); 21.06.1961-y. Monreal (50a-modda); 15.09.1962-y. Rim (48a-modda); 
12.03.1971-y. Nyu-York (50-modda); 07.07.1971-y. Vena (56-modda); 16.10.1971-y. 
Monreal (50a-modda); 30.09.1977-y. Monreal (Yakuniy qoidalar matnining 
zgarganligi); 06.10.1980-y. Monreal (83-modda); 10.05.1984-y. Monreal (3-mod-
da); 06.10.1989-y. Monreal (56-modda); 26.10.1990-y. Monreal (50a-modda). 
Mazkur hujjatlarga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 1993-yil 7-maydagi 865 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// 
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 
249-modda. 
3  
1970-yil 16-dekabrdagi  Havo kemalarini qonunga xilof tarzda bosib olinishiga 
qarshi kurash to risida gi Gaaga Konvensiyasi// Mazkur Konvensiyaga O zbe-
kiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 29-dekabr-
dagi 1016 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Axborotnomasi, 1994-yil, 1-son, 25-modda. 


 
95 
Uchala konvensiya gumon qilinayotgan jinoyatchi Konven-
siya ishtirokchisi bo lgan davlatlardan birining hududida bo lsa
universal yurisdiksiyani nazarda tutadi. Jinoyatchini berish 
aut dedeve aut punere ) ushlab berish yoki jazolash tamo-
yili asosida tartibga solinadi. Jinoyatchi qaysi davlat hududida 
bo lsa, o sha davlat qamoqqa oladi. Agar davlat jinoyatchini ber-
masa, uni o zining vakolatli organlariga jinoiy sudlarni olib bo-
rish uchun berishga majbur
1
. Har bir a zo davlat o z jinoyat 
qonunchiligida, uchala konvensiyada nazarda tutilgan jinoyat-
larning og irligini hisobga olgan holda, jazoni nazarda tutadi. 
1971-yilda qabul qilingan  Fuqaro aviyatsiyasi xavfsizligiga 
qarshi yo naltirilgan noqonuniy aktlarga qarshi kurash to risi-
da gi Konvensiyaning 1-moddasiga muvofiq uni imzolagan dav-
latlar:  
- xavo kemasida bo lgan shaxsga nisbatan zo ravonlik sodir 
etilgan va bu harakat havo kemasi xavfsizligiga tahdid solganda; 
- foydalanilayotga havo kemasini vayron qilish yoxud uni 
ishdan chiqishiga yoki parvoziga xavf tug diruvchi nosozliklar 
keltirib chiqarganda; 
- havo kemasiga uni vayron qiluvchi, ishdan chiqaruvchi
yoxud uning parvoziga xavf tug diruvchi har qanday buyum va 
qurilmalar olib kirilganda; 
- havo kemasi parvoziga jiddiy zarar keltiradigan aeronavi-
gatsiya jixozlari buzilganda va undan foydalanishga noqonuniy 
aralashilganda; 
- yolg on ma lumotlarni tarqatish bilan havo kemasiga xavf 
tug dirilganda, bunday harakatlarni amalga oshirgan shaxslar-
ga nisbatan bosqinchilik va havo kemalarini olib qochish jinoyat-
lari qatorida jazo belgilash majburiyatlarini o z zimmalariga 
oladilar. 
                                                
1  Saidov  A.X.  Xalqaro  huquq  darslik.  Mas ul  muharrir:  prof.  U.  Tojixonov.     T.:  
zbekiston yozuvchilar uyushmasi  Adabiyot jamg armasi  nashri, 2001.   231
232-betlar. 


 
96 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling