Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni
noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatishning oldini olishda xalqaro hamkorlik Bu borada birinchi xalqaro shartnoma Opium bo yicha birinchi xalqaro ko p tomonlama Konvensiya 1912-yil 28-yan- varda Gaagada imzolandi. Bugungi kunga kelib giyohvandlik vositalarini tarqatishga qarshi kurash bo yicha 10 dan ortiq Konvensiyalar, bitimlar va protokollar qabul qilingan. Xususan, 1961-yil 30-martda Giyohvandlik vositalari to - risida gi Yagona Konvensiya 2 (bu esa, giyohvandlikka qarshi 1 Mazkur hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majli- sining 1997-yil 26-dekabrdagi 553 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// O zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 1-son, 20-modda. 2 Ushbu konvensiyani O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi 30 I-son Qaroriga muvofiq ratifikasiya qilgan. zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 23-sentabrdan kuchga kirgan. 98 kurashning turli masalalari bo yicha ilgari tuzilgan 9 ta shart- nomaning o rniga o tdi), 1971-yil fevralda Psixotrop moddalar to risida Vena Konvensiyasi, 1972-yil 25-martda 1961-yilgi Giyohvand moddalar to risida gi Yagona Konvensiyaga o z- gartirish kiritish to risida Protokol qabul qilindi. Giyohvandlik vositalari to risida gi Yagona Konvensiya davlatlar o z hududida giyohvandlik vositalarini tayyorlash va tarqatish ustidan nazoratni amalga oshirishini nazarda tutadi. Giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tarqatish (sotish, sotib olish, tashish) bilan bog liq jinoyatlar tartibini kvalifika- tsiya qilib beradi. 1983-yili Bosh Assambleya giyohvand moddalar ustidan nazorat qilish bo yicha maxsus tadbirlarni belgiladi, BMT tar- kibidagi dastur, boshqa tashkilotlar va ixtisoslashgan tashki- lotlar zimmasiga o zining tegishli ish faoliyati sohasida bunday tadbirlarga katta e tibor berishga chaqirdi. 1984-yili Bosh Assambleya o zining 39-sessiyasida giyoh- vand moddalar ustidan xalqaro nazoratni kuchaytirishga tegishli uchtà rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu hujjatning bi- rida mintaqaviy va universal harakatlar kompleks kelishuvining muhimligi alohida ta kidlab o tilgan. 1985-yil Bosh Assambleya 40-sessiyasida narkotik modda- lar bo yicha jinoyatchilik va uni noqonuniy tarqatishga qarshi kurash borasida navbatdagi xalqaro hujjatni qabul qildi. 1988-yilda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilishga qarshi kurash to risida gi BMT Konvensiyasi kuchga kirdi. Unda xalqaro amaliyotda ilgari qo llanilmagan ayrim yangi choralar ko zda tutilgan. Jumladan: a) xorijiy mol-mulkni xatga olish; b) narkotiklarni tashishga qarshi kurashda yuklarni nazorat- dan o tkazish usulidan foydalanish. Konvensiyasining ahamiyati shundan iboratki, unda narko- tiklarning noqonuniy muomalasiga oid bir nechta jinoiy tarkib- lar mustahkamlandi, jumladan: 99 1. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tayyorlash uchun mo ljallangan jihozlar, uskunalar, ashyolar va vositalarni tayyorlash, ko chirib o tkazish yoki tarqatish, narkojinoyatchi- likni tashkil etish, rahbarlik qilish yoki moliyaviy ko mak berish; 2. Mazkur Konvensiyada nazarda tutilgan qonunchilikni bu- zish asosida qo lga kiritgan xususiy mulkni birovga o tkazishga urinish yoki shunday tarzda qonunbuzarlik sodir etgan shaxsga javobgarlikdan qochishi uchun sharoit yaratib berish; 3. Narkojinoyatchilikda ishtirok etgani oqibatida qo lga kiri- tilgan mulkning asl manbaini yashirish; 4. Xususiy mulkni olish, unga egalik qilish, agar uni tasarru- figa olgan chog ida bu mulk narkojinoyatchilik oqibatida yoki shun- day ishga aralashish oqibatida qo lga kiritilganligi ma lum bo lsa; 5. Narkojinoyatga yoki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy qo lga kiritishga oshkora undash yoinki shunday ishga rag bat o yg otish; 6. Narkojinoyat sodir etish uchun til biriktirish, bu ishda be- vosita yoki bilvosita ishtirok etish, shunday qonunbuzarlikni amal- ga oshirishga maslahat berish, narkojinoyatni sodir etishga urinish. Giyoxvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan na- zorat qiluvchi xalqaro organlar giyoxvandlik vositalari bo yicha EKOSOS Komissiyasi va giyoxvandlikni nazorat qilish bo yicha Xalqaro qo mita xisoblanadi. 1946-yil BMT doirasida EKOSOS 1 shafe ligida narkotik vo- sitalar bo yicha komissiya tuzildi. Komissiya 30 davlat vakil- laridan iborat komissiya IIK tomonidan 4 yilga saylanadi. 1968-yil giyohvandlik vositalarini nazorat qilish bo yicha Xalqaro kengash tuzildi. Kengash tarkibi 13 davlatdan iborat bo lib, IIK tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Kengashning asosiy vazifasi 1961-yil 30-martda qabul qilingan Giyohvandlik vositalari to risida gi Yagona Konven- siyaga hukumatlar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat. 1 BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi. 100 1981-yili BMT Bosh Assambleyasi giyohvandlik jinoyatiga qarshi kurash bo yicha xalqaro strategiyani qabul qildi (36-168- rezolyutsiya) va ushbu masalani bajarishni giyohvand moddalar bo yicha Komissiya zimmasiga yukladi. Komissiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1) giyohvandlik moddalariga tegishli xalqaro huquqiy huj- jatlarning amalga oshirilishini kuzatadi, jahonda giyohvandlik vositalari ustidan nazorat ahvolini tahlil qilishda iqtisodiy va ijtimoiy kengashga ko maklashadi, xalqaro nazoratni kuchayti- rish yuzasidan tavsiyalar beradi; 2) giyohvandlikka oid ilmiy izlanishlarni rag batlantiradi va davlatlar o rtasida tegishli ma lumotlarni ayirboshlashni tashkil etadi; 3) Millatlar Ligasi maslahat komitetining vorisi sifatida oliy va boshqa xavfli narkotiklarni tranzit olib o tish xavfsizligini kuzatadi; 4) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqo- nuniy aylanishiga qarshi kurash borasida xalqaro-huquqiy huj- jatlar loyihasini tuzadi; 5) BMT doirasidagi narkotiklarni nazorat qilish dasturi stra- tegiyasini belgilab berib, uning faoliyatini nazorat qiladi; 6) EKOSOSning qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. Shuningdek, Komissiya faoliyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash- ga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni joriy etish, shuningdek ilmiy tadqiqot dasturlarini hamda ma lumotlarni ayirboshlash borasida tavsiyalar muhim rol o ynaydi. Hozirda jahon miqyosida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish keng yo lga qo yilgan bo lib, BMT tomonidan 1987-yil 26-iyun Giyoh- vand moddalar suiiste molligi va noqonuniy muomalasiga qarshi kurash kuni sifatida etirof etilgan. zbekiston Respublikasi qonunchiligida Giyohvandlik vosi- talari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muo- 101 mala qilishga qarshi ko plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-av- gustda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to risi- da gi Qonuni 1 qabul qilindi. Ushbu Qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo lishiga oid ijtimoiy muno- sabatlarni tartibga soladi hamda ularning qonunga xilof ravish- da muomalada bo lishiga monelik qilish, fuqarolar sog lig ini saqlash hamda davlat xavfsizligini ta minlashni maqsad qilib qo yadi (1-modda). Ushbu qonunning 3-moddasida giyohvandlik (narkotik) vositalari , psixotrop moddalar , shuningdek, prekursorlar , giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari , preparat kabi bir qancha asosiy atamalarning huquqiy tu- shunchalari berilgan bo lib, unga ko ra: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling