Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
BMTning odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
BMTning odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi
xalqaro standart qoidalari BMT odil sudlovni amalga oshirish sohasida ham bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqqan. Shulardan ayrimlarini ko rib chiqamiz. 1. Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsip- lari . 1985-yil BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquq- buzarlar bilan muomala qilish bo yicha VII kongressi Sud or- 1 Abdulla Mamatqulov. Xalqaro huquq. Darslik. T.: Adolat, 1997. 243 246-betlar. 131 ganlari mustaqilligining asosiy prinsiplarini 1 qabul qilgan. Ushbu xalqaro hujjat 6 bo lim 20 ta banddan iborat bo lib, sud xodim- lari faoliyatining barcha tomonlarini qamrab olgan: qonuniylik; odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; sudya- larning mustaqilligi; sudyalarning daxlsizligi; malaka, tanlov, va tayyorlov; sud ishlarini yuritishda tortishuvlik prinsiplari o z ifodasini topgan. Ushbu prinsiplar O zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Sudlar to risida gi Qonun 2 va boshqa bir qator qonun hujjatlarida 3 o z ifodasini topgan. O zbekiston Res- publikasi Konstitutsiyasi va Sudlar to risida gi Qonunga mu- vofiq jinoyat ishlari bo yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimi- yatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo linishi prinsipiga asoslanishi belgilangan. Konstitutsiyaning 112-moddasida: Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo y- sunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasi- dagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo l qo yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo - ladi. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi , deb belgilangan. 1 BMTning Milan shahrida 26-avgustdan 6-sentabrgacha bo lib o tgan Jinoyat- chilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo yicha VII kon- gressida qabul qilingan hamda BMT Bosh Assambleyasining 1985-yil 29-noyabr- dagi 40/32 va 1985-yil 13-dekabrdagi 40-146-rezoltyutsiyalari bilan ma qullangan. zbekiston Respublikasi ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08. 1997-yil 30-avgustdagi 508 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan. // O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 264-modda. 2 Sudlar to risida gi O zbekiston Respublikasi Qonuni./ O zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 162 II-son. 3 O zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: (2013-yil 1-fevralgacha bo lgan o zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr O zbekiston Respubli- kasi Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2013. 728-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling