Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan odil
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
4. BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan odil
sudlovni amalga oshirishga taalluqli minimal standart qoidalari. BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquq- buzarlar bilan muomala bo lish bo yicha yettinchi kongressi 1985-yilda BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sud- lovni amalga oshirishga taalluqli minimal standart qoidalarini tayyorlagan hamda qabul qilish uchun Bosh Assambleyaga tavsiya etgan. Ba zan Pekin qoidalari deb ham yuritiladigan bu hujjatdagi qoidalar jinoiy javobgarlikning eng yosh chega- rasi, voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshi- 1 O zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi: (2012-yil 1-fevralgacha zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr O zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2012. 43-bet. 134 rish maqsadi, voyaga yetmaganlarga nisbatan samarali, adolatli va muruvvatli odil sudlovni amalga oshirishning xususiyatlari hamda inson huquqlari sohasida bu borada qo llanilishi lozim bo lgan prinsiplar kabi masalalarga daxldordir. Bu qoidalar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish va sudda ko rib chiqishgà taalluqli masalalarni, shu jumladan, ularni sudga qadar qamoqda saqlash masalasini ham qamrab oladi. Mazkur hujjatda voyaga yetmagan shaxslar ishida jazoni ijro etish muassasalariga yuborishni nazarda tutuvchi choralardan imkon qadar kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Standart qoidalarda jazoni ijro etish muassasalariga yuborilgan, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning himoya eti- lishini ta minlaydigan normalar ham bor. Bosh Assambleya 1985-yilda mazkur qoidalarni qabul qilgan hamda davlatlarga tegishli barcha hollarda ularni qo llashni hamda bu qoidalarning mazmun-mohiyatini tegishli organlar va umuman olganda, aholining e tiboriga yetkazishni taklif etgan. Odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar qatorida Mansabdor shaxslarning huquqiy tartibotni saqlash borasidagi Axloq Kodeksi , Qanday shaklda bo lmasin, hibsga yoki qamoqqa olingan barcha shaxs- larni himoya qilish prinsiplari turkumi , Yuristlarning roliga taalluqli asosiy prinsiplar , Sud ta qibini amalga oshiruvchi shaxslarning roligà taalluqli rahbariy prinsiplar lari muhimdir. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida BMTning qo mi- talari (shartnomaviy organlari) faoliyati ham muhim hisobla- nadi. Ulardan: Inson huquqlari bo yicha qo mita, Iqtisodiy, ijti- moiy va madaniy huquqlar bo yicha qo mita, Irqiy kamsitish- larni tugatish bo yicha qo mita, Qiynoqlarga solishga qarshi qo mita, Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish bo yicha qo mita, Bola huquqlari bo yicha qo mita, Mehnatkash migrant- lar va ularning oila a zolari huquqlarini himoya qilish bo yicha qo mita, Nogironlar huquqlari bo yicha qo mita, Zo rlik ostida oyib bo lganlar bo yicha qo mitalar faoliyati ahamiyatlidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling