Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


  Xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

3.3.  Xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda 
INTERPOL faoliyatining o ziga xos jihatlari
 
Interpol (fransuzcha   Organisation internationale de police 
criminelle)  International polis  so zining qisqartirilishidan tashkil 
topgan so z bo lib, Jinoyat politsiyasining xalqaro tashkilotidir. 
Interpolni tuzish to risidagi qaror 1914-yilda Monako kon-
gressida qabul qilingan, lekin 1923-yildan, ya ni uning birinchi 
ustavi qabul qilingan kundan boshlab harakat qila boshladi. 
1923-yilning 3-sentabrida Jinoyat politsiyasi xalqaro Kon-
gressi to plandi. U Vena shahrida 20 ta mamlakatning 183 ta 
politsiya organlari Delegatsiyasi ishtirokida o tdi. 
1923-yil 7-sentabrda Nizom qabul qilingan kundan boshlab, 
Interpolning rivojlanish tarixi boshlandi. Lekin 1923-yilda Xalq-
aro Komissiya hali mustaqil tashkilot emas, balki butun jahon 
politsiya Kongressining organi sifatida tashkil etilgan edi. 


 
144 
Nizomning 1-moddasiga ko ra, Jinoyat politsiyasi xalqaro 
Komissiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat edi: 
1)  barcha mamlakatlardagi xavfsizlik organlarining o zaro 
xizmat yordamini rasmiylashtirish;  
2)  jinoyarchilikka qarshi muvaffaqiyatli faoliyat olib bora-
digan muassasalar tuzish. 
1924-yilning may oyida Jinoyat politsiyasi xalqaro Komis-
siyasida quyidagi bo limlar tashkil qilingan: 
1) Xalqaro jinoyatchilar haqida axborotlar markazi;  
2) Yashirinib yurgan jinoyatchilarni topish markazi. 
1930-yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro Komissiyasi mustaqil 
ish boshladi. Bundan keyin Jinoyat politsiyasi xalqaro komis-
siyasining Bosh Assambleyasi har yili chaqiriladigan bo ldi va 
yanada kengroq masalalarni ko rib chiqa boshladi. Qalbaki pul 
yasovchilarga  jonli tovar  bilan savdo qiluvchi narkotiklar ta-
shish imkoniyatlarini cheklasa, xalqaro firibgarlar va o rilarga 
qarshi kurash kabilar shular jumlasidandir
1
.
  
Ikkinchi jahon urushi davrida Interpol o z faoliyatini to x-
tatib, 1946-yilda yana boshladi. Jinoyat politsiyasi xalqaro Komis-
siyasi yangi Nizomni ishlab chiqish uchun maxsus komissiya 
tuzdi. Shtab kvartira Parij shahriga ko chirildi. 
1947-yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro Komissiyasi Oliy Kon-
gressning navbatdagi sessiyasini chaqirdi. Unda Jinoyat poli-
tsiyasi Xalqaro Komissiyasi italyan jurnalistlarining taklifi bilan 
INTERPOL deb o zgartirildi. 
1956-yil 13-iyun kuni Venadagi 25-Kongressda Interpol 
Nizomi qabul qilindi.  
1960-yilda Vashingtonda majlis bo lib o tdi. 1972-yilda Interpol-
ning shtab-kvartirasi Fransiya (Lion shahri)ga joylashtirildi. 
1982-yildan boshlab Interpol maqomiga ega bo ldi. Bugungi 
kunda Interpolga 170 dan ortiq davlat a zo bo lib, a zolar soni 
jihatidan u BMTdan keyin ikkinchi o rinda turadi. 
                                                
1  Mirenskiy B.A. O zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari. 
Darslik. Mas ul muharrirlar: professor M.M. Fayziyev, A.X. Rahmonqulov.   T.: 
zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2001.   251 253-betlar. 


 
145 
Uning strukturasi, maqsadi, milliy politsiya muassasalari 
bilan hamkorligi Interpol ustavida belgilangan.  
Interpolga a zo bo lishni istagan har qanday davlat o zining 
vakolatli hukumati nomidan Interpolning Bosh Kotibiga yozma 
ravishda murojaat qiladi. Muayyan davlatni Interpolga qabul 
qilish masalasi Interpolning Bosh Assambleyasi tomonidan qat-
nashuvchilarning 2/3 qismining ovozi bilan hal qilinadi
1
.
  

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling