Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Bosh kotibiyat
Interpolning doimiy ishlovchi xizmat qismi. Bosh kotibiyatga 5 yil muddatga tayinlanadigan Bosh Kotib rahbarlik qiladi. U Bosh Assambleya tomonidan Ijroiya qo mita- sining taklifiga binoan tayinlanadi. Bosh kotib lavozimiga oliy ma lumotli, 65 yoshdan oshmagan shaxs tayinlanadi. Apparatda 20 dan ortiq mamlakatning vakillari ishlaydi. Bosh kotibiyat quyidagi funksiyalarni bajaradi. 1) Bosh Assambleya va Ijroiya qo mitasining qarorlarini hayotga tatbiq etish; 2) jinoyatchilkka qarshi kurashishning xalqaro markazi sifa- tida faoliyat olib borish; 3) maxsus axborot markazi sifatida faoliyat olib borish; 4) Interpol faoliyatining samarali ma muriy rahbarligini ta - minlash; 5) milliy markaziy byuro orqali jinoyatchilarni aniqlash masa- lalari bo yicha milliy va xalqaro organlar bilan aloqada bo lish; 6) Interpolning nashrlarini tayyorlash va chiqarish; 7) Bosh Assambleyaning, Ijroiya qo mitasining va Interpol boshqa organlarining kengashlarida ishchi kotibiyat vazifasini bajarish; 8) Bosh Assambleya, Ijroiya qo mitasining kelasi yil uchun ish rejasini, uni muhokama qilish va qabul qilish uchun tayyorlash; 9) Interpolning Prezidenti bilan (imkoni boricha) doimiy ravishda va to ridan-to ri aloqada bo lib turish kiradi 2 . 1 Interpol Nizomi (22-modda) / Qarang. Îâ÷èíñêèé Â.Ñ. Èíòåðïîë (â âîïðîñàõ è îòâåòàõ). Ì.: ÈÍÔÐÀ-Ì, 2001. C. 143 152. 2 Interpol Nizomi (26-modda) / Qarang. Îâ÷èíñêèé Â.Ñ. Èíòåðïîë (â âîïðîñàõ è îòâåòàõ). Ì.: ÈÍÔÐÀ-Ì, 2001. C. 143-152. 148 Bosh Kotib Interpol xizmatlariga rahbarlik qiladi, uning bud- jetini boshqaradi. Bosh Assambleyaning, Ijroiya qo mitasining qarorlariga muvofiq ravishda doimiy xizmat qismlarining ish- larini tashkil qiladi va yo naltirib turadi. Interpol Prezidenti 4 yil muddatga, Vitse Prezidentlar esa, 3 yil muddatga saylanadi. Saylangan muddati tugaganidan keyin yana o sha muddatga qayta saylanishi mumkin emas 1 . Tashkilot Prezidenti Bosh Assambleya va Ijroiya qo mitasi- ga rahbarlik qiladi. Barcha Interpol organlarining faoliyati qabul qilinayotgan qarorlarga mos bo lishini kuzatadi. Bosh kotib bilan aloqada bo ladi. Interpolning tuzilishi unchalik murakkab emas. Bosh koti- biyatda 4 ta bo lim mavjud: 1-bo lim Umumiy ma muriy rahbarlik; 2-bo lim Politsiya; 3-bo lim Axborot-ma lumot va tadqiqot; 4-bo lim Qo llab-quvvatlash va texnik ta minot 2 . Birinchi bo lim moliya va budjet, texnik ta minot, aloqa vosi- talari, Interpol organlarining hujjatlari kabi masalalar bilan shu- ullanadi. Asosan bular tashkilotning ichki ishlaridir. Ikkinchi bo lim Interpol tizimida muhim organ bo lib, uning bo limlari turli jinoyatlarni fosh etish bilan shug ullanadi. Uchinchi bo lim axborot va ilmiy-tadqiqotlar markazi hisob- lanadi. Uning xodimlari politsiya xizmatlarining yangi metodla- rini o rganadilar va umumlashtiradilar, turli aloqalarni yo lga qo yadilar. To rtinchi bo lim Interpolning International Criminal Police Review degan jurnalini chop ettiradi. Jurnal 200 betdan iborat bo lib, 2 oyda bir marta chiqadi. 1 Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. Darslik. T.: Yangi asr avlodi, 2001. 512-bet. 2 Batafsil qarang: A.X. Saidov Xalqaro huquq chizmalar va ta riflarda. O quv qo l- lanma. T.2. Mas ul muharrir: yuridik fanlar doktori, professor U. Tojixonov. T.: Adolat, 2001. 236 239-betlar. 149 1987-yildan Bosh kotibiyat tarkibida giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy muomala qilishga hamda boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishning mintaqaviy masalalarini hal etish hamda Yevropa davlatlari politsiya organlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida Yevropa kotibiyati faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda kotibiyat tarkibida qurollar bilan noqonuniy savdo qilish- ga qarshi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo limlari fao- liyat yuritadi. Boshqa bo limda esa, qalbaki pul va metal tangalar, yo l chiptalari, obligatsiyalar, aksiyalarning tayyorlanishiga qarshi kurashish haqidagi ma lumotlarni tekshirib boradi. Bu yerda qalbaki qimmatli qog ozlarni tekshirish bo yicha maxsus laba- ratoriya faoliyat yuritadi. Shuningdek, hozirgi kunda dunyoning 15 mingdan ziyod bank va emission muassalari obuna bo lgan mazkur sohaga oid davriy adabiyotlar nashr etiladi. Politsiya bo limining maxsus bo limi giyohvandlik vositala- rining noqonuniy tarqalishi haqidagi ma lumotlarni to plash va tahlil qilish bilan shug ullanadi. Interpol o zining tez va doimiy faoliyat ko rsatuvchi, shu jumladan, barmoq izlarini va fotorasmlarni, fototelegraf uzatish- ni amalga oshiruvchi tezkor aloqa vositalariga ega. Interpol quyidagi xalqaro qidiruv ishlarini amalga oshiradi: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling