Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Biz ana shu illatga qarshi kurashda
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Biz ana shu illatga qarshi kurashda
keng ko lamli hamkorlik qilish tarafdorimiz. Jahonda ishlab chiqarilayotgan giyohvand moddalarning talay- 1 www.ecrats.com. 141 gina qismi Markaziy Osiyoda tayyorlanganligi yoki uning orqali tashib o tilayotganligi hech kimga sir emas. Narkobiznesning tranzit yo nalishlari bir mintaqada jamlanishining o ziyoq mana shu dahshatli hodisani tugatishda jahon hamjamiyati o z imkoniyatlarini jam- lab ishga solishi uchun yetarli asos bo ladi. O zbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor 1 , degan edi. Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi kengayib borayotganligi ShHT a zo-davlatlari tomonidan ShHTning Xar- tiyasi 2 , 1961-yilgi Giyohvandlik vositalari to risida gi Kon- vensiya, 1972-yilgi ushbu Konvensiyaning qo shimcha Protokoli, 1971-yilgi Psixotrop moddalar to risida gi Konvensiya, 1988-yil- gi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonu- niy aylanmasiga qarshi kurash to risida gi BMT Konvensiya- si, 1998-yilgi BMT Bosh Assambleyasining XX maxsus sessi- yasida qabul qilingan Siyosiy deklaratsiya va qarorlar hamda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan boshqa qaror va tavsiyalarni inobatga olib, 2004-yil 17-iyun kuni Giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash borasidagi hamkorlik to risida gi Shartnomani 3 imzoladilar. Ushbu shartnomaning asl mohiyati ShHT a zo-davlatlari- ning giyohvandlikka qarshi kurashishdagi birgalikda kelishilgan harakatlari va strategiyalarini ishlab chiqishda, barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolar faoliyatini muvofiqlash- tirishda hamda giyohvandlik va uning prekursorlarining noqo- nuniy aylanmasiga qarshi kurashda ommaviy axborot vosita- larini jalb etishda huquqiy jihatdan o zaro bog liqligidadir 4 . 1 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.: O zbekiston, 1996. 55-bet. 2 Lex.uz. 3 Lex.uz. 4 Âûñòóïëåíèå Ãåíåðàëüíîãî ñåêðåòàðÿ ØÎÑ Á. Íóðãàëèåâà íà çàñåäàíèè ÊÑÎÏÍ ãîñóäàðñòâ-÷ëåíîâ ÎÄÊÁ // http://www.sectsco.org 2008-3-27 142 Yaratilgan mexanizm doirasida ShHTga a zo-davlatlarning giyohvandlikka qarshi kurashuvchi idora rahbarlarining kenga- shida ushbu shartnomani amalga oshirish maqsadida Afg onis- ton hukumati bilan kelishuv imzolashga erishildi, ushbu keli- shuv quyidagilarni o z ichiga oladi: - a zo-davlatlarning tegishli qonunchilik bazasini qiyosiy tahlil qilish hamda giyohvandlik va uning prekursorlarining no- qonuniy aylanmasiga qarshi kurashishdagi hamkorlikning huqu- qiy bazasini takomillashtirish; - idoralararo axborot almashinivu; - birgalikda operatsiyalar o tkazish; - giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining aylanmasi ustidan nazorat o rnatish; - giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanmasidan olingan daromadlar- ning legalizatsiyasiga qarshi harakat qilish; - giyohvandlikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarga xodimlar tayyorlash; - giyohvandlik moddalariga bo lgan talabni kamaytirish, giyohvandlikni davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish va tatbiq etish, ushbu illat bilan kasallangan bemorlarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish 1 . Ushbu shartnomaning samaradorligini oshirish maqsadida har bir davlat shartnoma doirasida hamkorlikni muvofiqlash- tirish uchun mas ul bo lgan vakolatli organini tayinlaydi. O zbe- kiston Respublikasi nomidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvandlik moddalari ustidan nazorat qiluvchi Milliy axborot tahliliy markazi harakat qiladi. Shu qatorda ta kidlash kerakki, rasmiy ma lumotlarga qaraganda, ShHT doirasida 16 mln. kishi giyohvandlikdan jabr ko rgan deb hisoblanadi 2 . 1 Ïëàí äåéñòâèé ãîñóäàðñòâ-÷ëåíîâ Øàíõàéñêîé îðãàíèçàöèè ñîòðóäíè÷åñòâà è Èñëàìñêîé Ðåñïóáëèêè Àôãàíèñòàí ïî ïðîáëåìàì áîðüáû ñ òåððîðèçìîì, íåçàêîííûì îáîðîòîì íàðêîòèêîâ è îðãàíèçîâàííîé ïðåñòóïíîñòüþ // http://sco2009.ru/docs/documents/afganistan_plan.html 2 Èâàøîâ Í., Öàðåãîðîäöåâà È. ÐÁÊ: ØÎÑ ïîìîæåò Àôãàíèñòàíó.  áîðüáå ñ ïðîèçâîäñòâîì íàðêîòèêîâ // www.centrasia.ru 143 Bundan tashqari, ushbu masala doirasida ShHT MATTining ma lumotlar banki to risidagi Kelishuv, ShHT a zo-davlatlari- ning tashqi ishlar vazirliklari o rtasidagi hamkorlik va faoliyatni muvofiqlartirish to risidagi Protokol, ShHT a zo-davlatlari rah- barlarining Deklaratsiyasi qabul qilindi. ShHT va ODKB Bosh Kotiblarining o zaro hamjihatlik to risidagi Memorandumi aso- sida hamkorlik doiralaridan birini, ya ni giyohvandlikning noqo- nuniy aylanmasiga qarshi kurash bo yicha o zaro kelishib olindi. Fikrimizning davomi sifatida shuni aytish lozimki, yuqorida keltirilgan davlatlarning xavfsizlik masalalariga erishish vosita- laridan biri davlatlarning xalqaro tashkilotlar bilan bo lgan ham- korligidir. Bugungi kunga kelib, xalqaro munosabatlarni xalqaro tashkilotlarsiz tasavvur qilib bo lmaydi. Har bir davlat o zining manfaatlaridan, maqsadlaridan kelib chiqqan holda xalqaro mu- nosabatlarga kirishadi. Dunyodagi yirik tashkilotlardan biri bo l- gan Shanxay hamkorlik tashkiloti Markaziy Osiyoda minta- qaviy xavfsizlikni ta minlashda, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda, madaniy va siyo- siy, gumanitar va boshqa sohalarda yetakchi o rinni egallaydi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling