Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Tibbiyot etikasi prinsiplari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
3. Tibbiyot etikasi prinsiplari.
1976-yili Bosh Assam- bleya Jahon sog liqni saqlash tashkilotiga har qanday shaklda ushlab turilgan yoki turmaga qamalgan shaxslarni himoya etish maqsadida tibbiyot etikasi kodeksining loyihasini tayyor- lashni taklif etgan. Jahon sog liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro ilmiy-tibbiy tashkilotlar kengashi va Jahon tibbiyot assam- bleyasi yordamida BMT Bosh Assambleyasi Mahbuslar yoki hibsga olingan shaxslarni qiynoq hamda jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlaridan himoya qilishda sog liqni saqlash xodimlarining, ayniqsa shifokorlarning roliga taalluqli tibbiyot etikasi prin- siplari ni ishlab chiqdi va 1982-yil 18-dekabrda qabul qildi. Ushbu hujjatda 6 ta asosiy tibbiyot etikasi prinsiplari beril- gan bo lib, hujjatda mahbuslar, ushlab turilgan shaxslarni qiy- noqqa solishdan va muomalada bo lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi tur- laridan himoya qilishda sog liqni saqlash xodimlarining, ayniqsa, shifokorlarning roliga alohida urg u berilgan. Xususan, mahbus- lar yoki hibsga olingan shaxslarga tibbiy xizmat ko rsatilishini ta minlovchi sog liqni saqlash xodimlari, ayniqsa, shifokorlar ularning jismoniy va ruhiy sog lig ini muhofaza qilishlari hamda ularni xuddi mahbus bo lmagan yoki hibsga olinmagan shaxs- larga nisbatan bo lgani kabi sifat va saviyada davolashlari shart deb belgilanadi. 133 BMT Bosh Assambleyasi 1983-yilda barcha mamlakatlar- ning hukumatlarini ushlab turish va turma qamog ida saqlash bilan shug ullanuvchi muassasalarning tibbiyot xodimlari va xizmatchilari bu prinsiplarga rioya etishini ta minlashdà ko mak- lashishga chaqirgan. Mamlakatimizda har bir shaxsning tibbiy xizmatdan foyda- lanishi kafolati O zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-mod- dasida: Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega , deb belgilangan. Mustaqil O zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodek- sida mahkumlarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi kafo- latlangan. zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 9-mod- dasida mahkumlarning barcha asosiy huquqlari qatorida ular- ning sog lig ini saqlash, shu jumladan, tibbiy xulosaga ko ra ambulatoriya, poliklinika va statsionar tibbiy yordam olish huquqi ham belgilangan. Shu bilan bir qatorda O zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 12-bobi Mahkumlar- ning moddiy-maishiy ta minoti va ularga tibbiy xizmat ko r- satish deb nomlanib, JIKning 87-moddasiga 1 muvofiq, mah- kumlar tibbiy-sanitariya xizmatidan foydalanadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling