Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif


Download 1.75 Mb.
bet33/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif

Fuqarolik huquqi nazariyasida yuridik shaxslar bir necha asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi. Jumladan, mulk shakliga ko’ra xususiy (xususiy mulkka asoslangan) va ommaviy (davlat mulkiga asoslangan), faoliyat maqsadiga qarab tijoratchi va notijorat, ta’sischilarning ishtirokiga ko’ra ta’sischilar faqat yuridik shaxslar bo’lgan (uyushma va assotsiatsiyalar), muassis faqat davlat bo’lgan (unitar korxonalar) hamda har qanday subyekt muassis bo’lishi mumkin bo’lgan korxonalar kabi turlari mavjud. Ayrim hollarda yuridik shaxslar ommaviy, xususiy va ommaviy yuridik shaxsga o’xshash korxonalar tarzida turkumlanadi.


FKda yuridik shaxslar faoliyatining maqsadiga qarab (tijoratchi tashkilot va tijoratchi bo’lmagan tashkilot) tasniflanadi (FKning 40-moddasi).
Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan faoliyat) faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi yuridik shaxslardan farq qilib tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar o’z tadbirkorlik faoliyatlaridan olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini qondirish yoki o’zga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar. Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydi. Shu munosabat bilan tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslarga nisbatan FK “foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan” degan ibora emas, balki, “foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo’ymagan” iborasi belgilangan. Bu esa, tijoratchi bo’lmagan tashkiloti tadbirkorlik bilan shug’ullanishi muayyan foyda ko’rishi mumkinligini belgilaydi. Faqatgina tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish bo’lmaydi, xolos.
Tijoratchi bo’lgan yuridik shaxslar jumlasiga xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi.
Tijoratchi bo’lmagan yuridik shaxslar jumlasiga matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va mulkdorlar tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar kiradi. Tijoratchi bo’lmagan tashkilotlar o’z ustavida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullana oladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi umumiy asoslarda O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunida o’z aksini topgan.
FKning 77-moddasiga ko’ra yuridik shaxslar o’zlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning a’zolari o’z mustaqilligini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar. Uyushma o’z a’zolarining majburiyatlari bo’yicha uyushmaning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo’ladi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ham yuridik shaxs huquqlaridan foydalangan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashadi (FK, 78-modda). Mazkur tashkilot kvaziyuridik shaxs hisoblanadi. Chunki unda ham yuridik shaxs ham ommaviy huquq subyekti (boshqaruv) belgilari mavjud.
Umuman, yuridik shaxslar o’z faoliyatlarida Fuqarolik kodeksi normalariga, soha qonunlariga, shuningdek, ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling