Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet30/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Fuqarolik huquqi nuqtayi nazaridan jismoniy shaxsga ta’rif bering va uning boshqa huquq sohalaridagi subyektliligi bilan qiyosiy tahlil eting?


2. Ma’lumki, fuqarolarning muomala layoqatini legal va doktrinal tasniflash mumkin. Bunday turkumlash mezonlari nimalardan iborat?
3. Fuqaro Axatov va Soliyevalar nikoh yoshiga to’lmasdan turib nikoh qurishadilar. Ular uch oy yashamasdan o’zaro kelishmovchiliklar tufayli ajrashib ketadilar. Axatov yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun ruhsatnoma olgani Tadbirkorlarni ro’yhatga olish davlat idorasiga murojaat qilganida, unga to’la muomala layoqatiga ega bo’lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish mumkin emasligini aytadi.
Davlat idorasining harakatlari to’g’rimi? Emansipatsiya deganda nimani tushunasiz?
4. Numonovning otasi 2003 yilda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. Numonovga vasiy qilib tayinlangan Rashidov Numonovni o’zining uyiga olib ketib, otasining uyini sotish uchun kim oshdi savdosiga qo’yadi. Keyinchalik mazkur uyning pulidan o’ziga ikkita xususiy magazin qurib oladi. 2009 yilda qabul qilingan Amnistiya akti tufayli Numonovning otasi jazodan ozod qilinadi va o’g’lining vasiydan uyini talab qilganida Rashidov pulni ishlatib yuborganligini ma’lum qiladi?
Numonovning fikrlari asoslimi? Kimlar vasiy bo’la olmaydilar? Vasiylik kimlarga nisbatan belgilanadi?
5-MAVZU. YuRIDIK ShAXSLAR

Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari. Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo’lishi. Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif.




Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari


Fuqarolik huquq subyektlari ichida yuridik shaxslar o’z belgilari, vujudga kelish va bekor bo’lish usullari, fuqarolik-huquqiy munosabatda ishtiroki, subyektiv huquqlarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqining mustaqil subyektlari sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’lishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik shaxslarga ham beriladi.
Mamlakatimizda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yaxlit tizimi yaratilgan. Ularning har birida turli xo’jalik yuritish shakliga ega bo’lgan u yoki bu yuridik shaxslarga o’ziga xos ta’riflar, tushunchalar berilgan. FK esa ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi:
O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan ham o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FK, 39-modda).
Shuningdek, fuqarolik huquqi subyekti yuridik shaxs sifatida tan olinishi uchun muayyan huquqiy belgilarga ega bo’lishi talab etiladi. Yuridik shaxs belgisi uning ichki o’ziga xos xususiyatidir. FKda yuridik shaxsga berilgan ta’rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs bo’la oladi.
Tashkiliy birlik – bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo’lganligini, o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va bo’linmalari orqali muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’lishligini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi) ta’sis hujjatida ko’rsatiladi. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xo’jalik bo’limlari, uchastkalari, agentliklari) ma’lum tizimga ega bo’lgan, muayyan tarzda tashkil etilgan bo’lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa) ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari bo’lgani tufayli yuridik shaxs bo’la olmaydi.
Mulkiy mustaqillik belgisi – yuridik shaxsga ma’lum bir mol-mulkni mulk (xo’jalik yuritish, operativ boshqaruv) huquqi asosida tegishliligini bildiradi. Ya’ni FKning 39-moddasidagi yuridik shaxs ta’rifidan kelib chiqadigan bo’lsak, “o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan”dagina, tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulki ularning balans yoki smetasida hisobda turadi va FKning 39-moddasi talablariga muvofiq har qanday tashkilotda balans yoki smeta mustaqil bo’lishi lozim. Davlat tashkilotlari davlatga qarashli mulkka nisbatan to’la xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqigagina egadirlar. Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, jamoat tashkilotlari, ularning birlashmalari o’zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega bo’lmagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va shu sababli boshqa shaxslar bilan xo’jalik munosabatlarida bo’la olmaydigan tashkilotlar fuqarolik huquqining subyekti bo’lib hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik – yuridik shaxs o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga tegishli bo’lgan (davlat tashkiloti esa, o’ziga biriktirib qo’yilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo’lmaydi, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydilar. Davlat budjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash, mablag’ berish shartlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning yuqori organi o’ziga qarashli yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Ammo yuridik shaxsning yuqori organi o’ziga bo’ysunadigan tashkilotning qarzlari uchun qonunda yoki ta’sis hujjatida nazarda tutilgan hollarda javobgar bo’lishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham o’zlarining yuqori tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Yuridik shaxslar o’z majburiyatlari bo’yicha o’zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo’lmaganida davlat uning majburiyatlari bo’yicha subsidiar (qo’shimcha) javobgar bo’ladi. Yuridik shaxsning bankrotligi uning mulkdori yoki ta’sischining g’ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan bo’lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo’lmaganda, uning mulkdori (yoki ta’sischisi) zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik muomalasida o’z nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o’z nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib, turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy xarakterda bo’lmagan huquqlarga ega bo’la olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi, demakdir. Yuridik shaxs sudda, xo’jalik sudida yoki hakamlik sudida mustaqil ravishda da’vogar va javobgar bo’la oladi.
Yuridik shaxsni yuqoridagi belgilaridan tashqari uni individual belgilari (firma nomi, tovar (xizmat) belgisi) ham mavjud.
Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning mohiyatini o’zida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud, ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va mohiyatini ifodalashda muhim o’rin egalladi. Bunday nazariyalarga fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi, tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma’muriyat nazariyasi, direktor nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.










Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling