Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish


Download 1.75 Mb.
bet27/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish

Fuqaroni o‘z yashash joyida uzoq muddat bo‘lmasligi, agarda uni qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, u bilan huquqiy munosabatlarda bo‘lgan tashkilotlar va fuqarolar uchun o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, agarda fuqaro qarzdor bo‘lsa, uning kreditorlari qarzni qaytarilishini talab qila olmaydilar. Fuqaroni qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar ta’minotidan maxrum bo‘ladilar, biroq ular formal jihatdan boquvchisi bo‘lgani sababli nafaqa so‘rab murojaat qilishga hali haqli emaslar. Fuqaroni uzoq muddat yo‘qligi uni yashash joyidagi mol-mulkini qarovsiz qolishiga, shikastlanishiga olib keladi.


Fuqaro uzoq muddat bo‘lmasligi sababli ro‘y bergan yuridik (huquqiy) noaniqlikni bartaraf etish, uning mol-mulki uchun salbiy oqibatlarni oldini olish uchun qonun bunday fuqaro uchun alohida yuridik holat, ya’ni, uni bedarak yo‘qolgan deb tan olish tartibini joriy etgan. Bedarak yo‘qolganlik – qayerdaligini aniqlashni imkoni bo‘lmagan fuqaroni uning yashash joyida uzoq muddat bo‘lmaganlik faktini sud tartibida guvohlantirish hisoblanadi.
FKning 33-moddasi 1-qismiga binoan, agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Shunday qilib, bunday tartibda, sudga da’vo bilan emas, balki ariza bilan murojaat qilinadi. Qonunda manfaatdor shaxslar doirasi belgilab qo‘yilmagan. Agar qonunning umumiy mohiyatidan kelib chiqsak, u holda manfaatdor shaxs doirasiga bedarak yo‘qolgan shaxsning eri (yoki xotini), qaramog‘idagi shaxslar kiradi. Bundan boshqa sabablarga ko‘ra ham har qanday shaxslar agarda shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa “manfaatdor shaxs” sifatida qaralishi mumkin. Bundan tashqari, prokuror, davlat boshqaruv organlari, shuningdek, qonunga ko‘ra o‘zgalarni huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilishga haqli bo‘lgan organlar va fuqarolar ham bunday ariza bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Masalan, N. Abdulova (ismlari o’zgartirilgan) turmush o’rtog’i A. Abdulovni bedarak yo’qolgan deb topish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi. Arizada turmush o’rtog’i A. Abdulov bilan 1979 yilda qonuniy nikohdan o’tib turmush qurganligini, birgalikdagi turmushidan 1 nafar farzandi borligini, qaynona va qaynotasi vafot etishganligini, turmush o’rtog’i 2008 yilning oktyabr oyida “ishlagani Qashqadaryo viloyatiga ketayapman” deb, uydan chiqib ketganligini hamda boshqa qaytib kelmaganligini, hozirgi kunga qadar undan hech qanday xat-xabar yo’qligini, bu haqda Toshkent shahar Uchtepa tuman IIBga murojaat qilganligini bayon etadi. Sud guvohlarning ko’rsatuvlari, mahalla dalolatnomasi, tuman IIB, IIB FRB va XKCh bo’limi, FHDYo bo’limi, Sudtibbiy ekspertiza byurosi va Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi, O’zbekiston Respublikasi IIVning Axborot markazining ma’lumotnomalariga tayanib, arizani qanoatlantirish haqida qaror qabul qiladi.
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish uchun uning yashash joyida eng kamida bir yil davomida uning qayerdaligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot bo‘lmasligi lozim. Fuqaro to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar sanasini belgilab olish muhimdir. Ushbu sana u yuborgan oxirgi xat-xabar, guvoh ko‘rsatuvlari asosida belgilanadi. Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash imkoni bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida olingan oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa – keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish uning haqiqatda qayerdaligini aniqlash mumkin bo‘lmagandagina amalga oshiriladi. Agar fuqaro biror mamlakatda yashab yuribdi degan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa yoxud jinoyat sodir etib, qochib yurgan bo‘lsa, uni bedarak yo‘qolgan deb topish uchun asos bo‘lmaydi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling