Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet34/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Yuridik shaxslarni huquq subyekti sifatida tushunchasi va mohiyatini shakllanishida bir qator nazariyalar yaratilgan. Mazkur nazariyalarni tahlil qilgan holda hozirgi kunda FK va joriy qonun hujjatlari asosida mamlakatimizda tashkil etiladigan yuridik shaxslar qanday nazariya mohiyatiga mosligini ochib bering?


2. Ma’lumki fuqarolar umumiy, davlat esa maqsadli huquq layoqatiga ega. Yuridik shaxslarning maxsus va universal huquq layoqati haqida tushunchalar mavjud. Ularni qiyosiy tahlil qilgan holda universal va maxsus huquq layoqati mohiyatini ochib bering.
3. “KAP” MChJ a’zosi V.P.Kvitko Moskva shahriga ko’chib ketayotganligi tufayli shirkatdagi o’z ulushini ajratib berishlari to’g’risida murojaat etadi. Lekin jamiyatning boshqa ishtirokchilari uning ulushini berish jamiyatning moliyaviy axvoliga salbiy ta’sir etishini, bundan tashqari MChJ ishtirokchisi agar jamiyatdan o’z ulushini olib chiqib ketmoqchi bo’lsa uch oy ilgari bu haqda bildirishi lozimligini vaj qilib ulushni berishdan voz kechadilar. V.P.Kvitko o’z ulushini olib berish to’g’risida MChJni sudga beradi.
Sudda ushbu masala qanday hal qilinadi?
4. “Olim-A” MChJ ijro organi jami summasi 7 million bo’lgan Matiz avtomashinasi oldi-sotdi shartnomasini imzoladi. Avtomashina harid qilib bo’lingandan so’ng 7 kun o’tib MChJning ta’sischilaridan biri bo’lgan Sh. Salimov ushbu oldi-sotdi shartnomasini tuzishga MChJ ijro organining haqqi yo’qligini, bu shartnoma umumiy summasi MChJ ustav fondining 70%ni tashkil etishini shu sabab bunday shartnoma yirik bitim hisoblanib uni tuzishga faqatgina MChJ umumiy yig’ilishi xaqli ekanligini, ushbu shartnomaning tuzilishi jamiyatni moliyaviy qiyin ahvolga solib qo’yganligini aytdi va sudga murojaat etdi.
Sudda ushbu masala qanday hal etiladi?


6-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR IShTIROKChISI SIFATIDA

Davlatning fuqarolik huquq layoqati. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki shakllari.





Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling