Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet61/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar

1. Vakilga vakolat beruvchi nomidan barcha huquq va majburiyatlarini amalga oshirish huquqini beruvchi vakolat vakillikning qaysi turiga xos, bunday vakillikning muhim jihatlari nimalardan iborat?


2. Vakillikning o‘ziga xos turlaridan biri qonuniy vakillik sanaladi. Qonuniy vakillar sifatida kimlar ishtirok etishi va ularning vakolat doirasi nimadan iboratligini tahlil qiling?
3. Tijorat vakilligining qo‘llanilish sohalari, vakillikning boshqa turlaridan farqi hamda tijorat vakilining huquq va majburiyatlari doirasini tavsiflang?
4. Ishonchnomani yuridik tabiati, uning turlari va qo‘llanilish asoslari hamda tartibini tahlil qiling?
5. Uzoq muddatga safarga ketayotgan Nurovlar oilasi qo‘shnisi K.Komilovga uyiga, mollariga qarab turishni, ular kelishgandan so‘ng buning haqini to‘lashlarini aytishadi. K.Komilov qo‘shnisi­ning mollari yem-xashak olish maqsadida uning uyidagi ayrim mol-mulklarni sotadi. Safardan qaytib kelgan Nurovlar oilasi sotilgan mol-mulklarni qaytarishni, ularni sotishga vakolat bermaganliklarini, agar qaytarmasa sudga murojaat etishlarini bildiradilar. K.Komilov esa mollariga berishga yem-xashak qolmaganligi bois bu ishni amalga oshirganligini, aksincha bo‘lganda bunday harakat qilmasligini, kelishuv bo‘yicha uning uyiga, mollariga qarab turganligi uchun haq to‘lashlarini so‘raydi. O‘rtadagi nizo bo‘yicha sudga muojaat etadilar.
Taraflarning vajlariga huquqiy baho bering? Vakilning harakatlari to‘g‘rimi? Masala qanday hal qilinadi?
6. Mustafoyev pochta xabarnomasini oladi. Ulardan biri xotini Mustafoyeva Jamila nomiga, ikkinchisi 10 yashar o‘g‘li Ulug‘bek Mustafoyev nomiga kelgan jo‘nalma edi. Xotini va o‘g‘li qishloqda dam olayotganlgi uchun Mustafoyev xotininig pasportini, nikoh qog‘ozini va o‘zining pasportini olib, pochtaga kelib jo‘natmalarni berishni iltimos qiladi. Lekin, pochta boshlig‘i fuqaro Mustafoyevdan o‘g‘li va xotini tomonidan berilgan ishonchnomani talab qiladi.
Pochta boshlig‘ining talabi to‘g‘rimi? Bu vaziyatda qonuniy vakillik qo‘llanilishi mumkinmi? Mustafoyev o‘z xotiniga nisbatan qonuniy vakil bo‘lishi mumkinmi?

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling