Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Da’vo muddati o’tishining oqibatlari


Download 1.75 Mb.
bet69/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Da’vo muddati o’tishining oqibatlari

Da’vo muddati o’tkazib yuborilganda shaxs o’zining huquqlarini himoya qilish imkoniyatini yo’qotadi. Ya’ni shaxs qonun tomonidan qat’iy belgilangan vaqt mobaynida o’ziga berilgan imkoniyatdan foydalanmasdan, himoyani talab qilishga bo’lgan o’zining subyektiv huquqini amalga oshirmasa o’zining subyektiv huquqlarini qo’ldan chiqaradi. Da’vo muddatning o’tkazib yuborilishi natijasida, da’voga bo’lgan moddiy ma’nodagi huquq yo’qotiladi, aniqrog’i da’vo yordamida subyektiv huquqlarning majburiy amalga oshirish imkoniyati bo’lmaydi. Bunday oqibat da’vo muddati o’tgach da’vo qo’zg’atilganda vujudga keladi. Agar da’vo o’z vaqtida qo’zg’atilgan bo’lsa, u nizoni ko’rish jarayoni qancha muddat davom etishidan qat’i nazar da’vo muddati o’tkazib yuborilganligi vaji bilan rad etilishi mumkin emas.


FKning 162-moddasi “asosiy talab bo’yicha da’vo muddati o’tishi bilan qo’shimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) bo’yicha da’vo muddati ham o’tgan hisoblanishi”ni nazarda tutadi. Garchi, asosiy va qo’shimcha talablarga nisbatan da’vo muddatining amal qilish vaqti turlicha bo’lsada, asosiy da’vo muddatiga nisbatan da’vo muddatining o’tishi qo’shimcha majburiyatga nisbatan huquqlarni amalga oshirish imkoniyatining bekor bo’lishiga olib keladi.
Agar asosiy majburiyatga nisbatan da’vo muddatining tugashi qo’shimcha majburiyatga nisbatan ham da’vo muddatining tugashi olib kelsa, qo’shimcha majburiyatga nisbatan da’vo muddatining o’tishi asosiy majburiyatga nisbatan da’vo muddatining o’tishini anglatmaydi.
FKning 153-moddasiga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o’tganligidan qat’i nazar sudda ko’rib chiqish uchun qabul qilinadi. Zero, sud da’voni ko’rib chiqishga qabul qilib, uning o’tkazib yuborilish sabablarini tekshirib, o’rganib chiqadi. Agar da’vo uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan bo’lsa, sud da’vo muddatini qayta tiklashi lozim. Shu munosabat bilan sud da’vo muddati o’tkazib yuborilgan da’volarni ham ko’rib chiqishi lozimdir. Chunki, da’vo muddatining o’tkazib yuborilish sabablarini faqatgina sud jarayonida aniqlash mumkin.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling