Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar


Download 1.75 Mb.
bet70/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar

Umumiy qoidaga ko’ra da’vo muddati barcha fuqarolik huquqlariga tatbiq etiladi. Deyarli barcha subyektiv fuqarolik huquqlari da’vo muddati davomida amalga oshirilishi va himoya qilinishi lozim. Fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarda da’vo muddatining tatbiq etilishi ularning mulkiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.


Shuning uchun ham fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarda da’vo muddati mulk huquqi asosida vujudga keladigan hamda majburiyat huquqiy-munosabatlarida tatbiq etiladi. Lekin istisno tariqasida da’vo muddati qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilgan bir qator talablarga qo’llanmaydi. FKning 163-moddasiga muvofiq, da’vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:
- shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
- omonatchilarning o’z omonatlarini berish to’g’risida bankka qo’yadigan talablariga;
- fuqaroning hayotiga yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararni to’lash haqidagi talablarga. Da’vo muddati o’tganidan keyin qo’zg’atilgan talablar da’vo qo’zg’atilishidan oldingi ko’pi bilan uch yil bo’yicha qondiriladi;
- jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to’lash haqidagi talablarga;
- mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o’z huquqini har qanday buzishlarni, shu jumladan, egalik qilishdan mahrum etish bilan bog’liq bo’lmagan buzishlarni (FKning 231-moddasi), bartaraf etish haqidagi talablariga;
- mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo’lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;
- qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.


Nazorat uchun savollar:

1. Fuqarolik huquqida muddatlarni turlarga bo’lish (klassifikatsiya qilish) asoslari va mezonlari turlichadir. Mazkur holatdan kelib chiqib, aniq amaliy ahamiyat kasb etishi nuqtai nazaridan fuqarolik huquqidagi muddatlarning alohida turlarini tahlil qiling?


2. Da’vo muddati buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish muddatlari orasida alohida o’rin tutadi. Shu bois da’vo muddatining buzilgan huquqlarni himoya qilishdagi protsessual muddatlardan farqlarini izohlang?
3. Fuqaro To’xtayeva qo’shnisi Aliyevadan foydalanib, qaytarib berish sharti bilan bir soatga changyutgich oldi. Yarim soatdan so’ng uyni tozalab bo’lgach To’xtayeva changyutgichni qo’shnisiniki olib chiqsa, Aliyeva uyda yo’q ekan. Bir ozdan so’ng To’xtayeva oila a’zolari bilan chet elga dam olishga jo’nab ketdi va oradan ikki oy o’tgach qaytib keldi.
Aliyeva changyutgichni so’rab, qo’shnisinikiga chiqsa uni topa olmadi. Bir hafta o’tgach Aliyeva o’zining chang yutgichini qaytarib ololmaganligi sababli, uylarni tozalash bo’yicha xizmat ko’rsatadigan firmaga buyurtma berib uylarini tozalatdi. Bu holat To’xtayeva chet eldan qaytib kelib changyutgichni topshirgunicha davom etdi. Bu vaqt oralig’ida Aliyeva 7 marotaba tozalash firmasining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo’ldi.
Aliyeva To’xtayevaga murojaat qilib changyutgichni qaytarib bermaganligi sababli, tozalash xizmatiga to’lagan summani qaytarib berishni talab qildi.
To’xtayeva uzrli va asosli sabablarga ko’ra dam olish safariga ketganligini, changyutgichni olgandan so’ng yarim soat o’tgach uni olib chiqqanligini, lekin Aliyeva uyida yo’qligini, changyutgichni qaytarib bera olmaganligi uchun Aliyeva aybdorligini, shuning uchun ham tozalash xizmati uchun to’langan summani qoplamasligini aytdi.
Aliyeva sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Taraflarning vajlarini tahlil qiling va ularga huquqiy baho bering? Sud qanday qaror chiqarishi lozim? Agar sud Aliyeva foydasiga qaror chiqarsa, tozalash firmasiga to’lanadigan haqning miqdori nimaga asosan aniqlanishi lozim? Tozalash firmasiga to’lanadigan haqning miqdori changyutgichning qiymatidan oshib ketsa, sud qanday qaror qabul qilishi kerak?
4. Qosimov tanishi Sobirovning iltimosiga ko’ra avtomashinasini tegishli tartibda rasmiylashtirib, vaqtincha foydalanish uchun beradi. Tomonlar Qosimovning birinchi talabi bilan avtomashinani qaytarish zarurligi to’g’risida kelishib oladilar. 2010 yil 16 mayda Qosimov yozma shaklda Sobirovdan avtomashinani qaytarishni talab qiladi, lekin 2 kundan so’ng Qosimov vafot etadi. Uning xotini Sobirovning mashinani qaytarib bermaganini bilardi, lekin ma’lum sabablar bilan qaytarib berishni talab etmaydi. 2013 yil 20 may kuni Sobirov o’z tashabbusi bilan avtomashinani qaytarib beradi, lekin bir necha kundan so’ng buni bilmasdan qilganini ma’lum qiladi va mashinani o’ziga qaytarilishini talab qiladi, chunki da’vo muddati o’tib ketganini bilmaydi. Mashina o’ziga qaytarib berilmasa, Sobirov sudga murojaat qilishini aytadi. Lekin Qosimovning xotini avtomashinani qaytarib berishni rad qiladi.
Taraflarning vajlariga huquqiy baho bering? Da’vo muddatining uzilishi va qayta tiklanishi qoidalari ushbu masalaga aloqadormi? Ish agar sudda ko’rib chiqilsa, kimning foydasiga hal bo’lardi?

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling