Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet66/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Da’vo muddatining turlari

Fuqarolik qonun hujjatlari da’vo muddatlarining ikki xil ko’rinishini belgilaydi. Bunday tartib qadimgi Rim fuqarolik huquqida yaratilgan bo’lib, Rim huquqi asos bo’lgan kontinental huquq tizimiga mansub davlatlarning ko’pchiligida amal qiladi. Masalan, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlarda ham da’vo muddatlari ikki ko’rinishda mavjud.


FK da’vo muddatlarini to’g’ridan to’g’ri: umumiy va maxsus da’vo muddatlariga bo’ladi. Lekin ularning tushunchasiga to’xtalib o’tmaydi. Faqatgina umumiy va maxsus da’vo muddatlari mavjudligini, hamda ularning amal qilish vaqtini ifodalaydi.
Umumiy da’vo muddatlari qonun hujjatlari tomonidan oldindan belgilanmagan muddatlar mavjud bo’lmagan barcha fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tatbiq etiladi. Bunda eng asosiy e’tibor tegishli fuqarolik-huquqiy munosabatga nisbatan qonun muayyan muddatni ko’zda tutmaganligiga qaratiladi. Agar qonun hujjatlarida fuqarolik-huquqiy munosabatga oid muddat belgilanmagan bo’lsa, unga nisbatan faqatgina umumiy va yagona da’vo muddati qo’llaniladi. Shu munosabat bilan bunday muddatlar ( muddat alohida yoki oldindan o’rnatilgan tartib asosida belgilanmagan munosabatlarga tatbiq etiladigan) umumiy da’vo muddati hisoblanadi.
FKning 150-moddasiga muvofiq, umumiy da’vo muddati uch yildan iborat. Bu muddat o’z nomidan ko’rinib turibdiki, fuqarolar va yuridik shaxslar uchun bir xilda “umumiydir”.
Maxsus da’vo muddatlari. Umumiy da’vo muddatlaridan farq qilib, maxsus da’vo muddatlari qonun hujjatlarida to’g’ridan to’g’ri ko’rsatilgan talablarga nisbatan qo’llaniladi. Bu muddatlar umumiy da’vo muddatiga qaraganda kamroq vaqt davom etganligi uchun, ular qisqartirilgan da’vo muddatlari deb ham yuritiladi. FKning 151-moddasi esa ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkinligini qayd etadi. Lekin bu “mumkinlik” amaliyotda faqatgina muddatning qisqartilishiga nisbatan qo’llanilishini hisobga olganda maxsus da’vo muddatlarining qisqartirilgan da’vo muddati deb nomlanishi asosli ekanligini ko’ramiz.
Maxsus da’vo muddatlari faqatgina qonun hujjatlarida to’g’ridan to’g’ri ko’rsatilgan hollarda qo’llaniladi va xuddi umumiy da’vo muddatlari kabi imperativ xarakter kasb etadi. Ya’ni taraflar o’z xohishlari asosida bunday muddatlarni huquqiy munosabatga nisbatan tatbiq etishlari mumkin emas. Masalan, FKning 724-moddasiga muvofiq, tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qo’zg’atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo’yilgan bo’lishi shart.
Maxsus da’vo muddatlarining belgilanishidan asosiy maqsad muayyan huquqiy munosabatni tez va to’g’ri hal qilish, hamda har bir holat yuzasidan asosli va to’g’ri qaror chiqarishdan iborat.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling