Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR VA DA’VO MUDDATI


Download 1.75 Mb.
bet62/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

10-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR VA DA’VO MUDDATI

Muddatlar tushunchasi va ahamiyati. Muddatlarning turlari. Muddatlarni hisoblash asoslari va tartibi. Da’vo muddati tushunchasi va ahamiyati. Da’vo muddatining turlari. Da’vo muddatining o’ta boshlashi. Da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi, uzilishi va da’vo muddatining tiklanishi. Da’vo muddati o’tishining oqibatlari. Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar.


Muddatlar tushunchasi va ahamiyati

Ijtimoiy hayotda vujudga kelgan yangi munosabatlarni huquqiy tartibga solishda fuqarolik huquqining boshqa institutlari kabi “muddatlar va da’vo muddati” instituti ham muhim ahamiyatga ega. Aynan muddatlar orqali fuqarolik huquqida “aniqlik”, “vaqt”, “majburiyatlarni lozim darajada bajarish”, “sub’ektlarning o’z huquqlariga e’tiborli bo’lishlari”, “xatti-harakatlarni bajarishda kechikmaslik” holatlari e’tiborga ega bo’ladi va har bir fuqarolik-huquqiy munosabatlar uchun zaruriy shartlardan biri sanaladi. Shu bilan birga muddatlar subyekt va obyektning o’zaro bog’liqligida muhim o’ringa ega bo’lib, shaxsning obyektga nisbatan huquqlari va majburiyatlari amal qilishining eng ko’p va kam vaqtini belgilab beradi. Masalan, subyektlarning mol-mulkka nisbatan mulk huquqi muddatsizligi (FKning 164-moddasi) yoki ijarachining ijaraga olingan ashyoga egalik qilish muddatining taraflarning roziligi bilan belgilanishi va hokazo.


Har qanday muddat ham aniq belgilangan (mavhum yoki belgilanmagan vaqt huquqiy ahamiyatga ega emas) vaqt hisoblanadi. Vaqtning doimiy harakati muddat o’tishi boshlanishi va tamom bo’lishini yuzaga keltiradi. Mantiqiy nuqtayi nazardan qaraganda, muddat belgilangan vaqtdan o’ta boshlaydi, ma’lum payt (davr)dan so’ng tamom bo’ladi. Aynan shunday vaqt ham muayyan voqea-hodisa yoki sana bilan belgilangach, o’ta boshlaydi va belgilangan davr (payt)da u tugaydi. Shuning uchun ham muddat tushunchasi fuqarolik huquqida faqatgina aniq belgilangan vaqt tushunchasi bilan ayniy hisoblanadi. Ikkinchidan, boshlanishi va o’tishi belgilangan huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradigan paytlar va vaqt davrlarigina muddat hisoblanishi, vaqt aniq belgilanishi bilan birga, huquqiy oqibatlar vujudga keltirishi lozimligini ifodalaydi. Masalan, mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, mahsulot yetkazib berish payti sifatida 1 mart belgilangan bo’lsa, aynan shu paytdan boshlab mahsulot yetkazib berishni kechiktirganlik uchun, kechiktirishning har bir kuniga qonunda nazarda tutilgan miqdordagi penyani to’lash nazarda tutiladi.
Muddatning o’tib ketishi ham biror huquqiy oqibatni vujudga keltirishi lozim. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 895-moddasiga muvofiq, yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan taqdirda lombard ularni uch oy mobaynida saqlab turishi shart. Bu muddat o’tganidan keyin lombardda talab qilib olinmagan ashyoni qonunda belgilangan tartibda sotish huquqi vujudga keladi.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, muddatlar tushunchasini quyidagicha bayon etish mumkin:



Fuqarolik huquqida muddat deb, aniq belgilangan, o’tishining boshlanishi va tamom bo’lishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza qilishga qaratilgan paytlar va vaqt davrlariga aytiladi.

Muddat huquqiy oqibat tug’dirishi, huquq va burchlarni vujudga keltirish, o’zgartirish va bekor qilish mumkinligi uchun ham ularni yuridik fakt deb atash mumkin bo’ladi. Muddatlar yuridik faktlar tizimida alohida o’ringa ega.


Yuridik faktlar fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o’zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar hisoblanadi. Har qanday harakatlar ham yuridik fakt hisoblanmaydi. Faqatgina yuz berishi natijasida fuqarolik huquqiy munosabatni vujudga keltirishi, o’zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin bo’lgan harakatlargina yuridik fakt bo’lishi mumkin.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling