Ommaviy (davlat) mulkining zaruriyati
Ommaviy (davlat) mulkining zaruriyati
Davlat xavfsizligi va mudofaa ehtiyojlari
Ilm-fan va madaniyatni ta’minlash
Davlat organlari faoliyatini ta’minlash
Kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoya qilish
Tabiiy ofat, favqulotda holatlarga qarshi kurash va oqibatlarini bartaraf etish
Strategik ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish
Davlat mulki tarkibida mavjud mulk ikki qismga bo’linadi. Uning bir qismi xo’jalik yuritish yoki operativ boshqaruvning cheklangan, lekin to’la darajali mustaqil ashyoviy huquqlari asosida davlat yuridik shaxslariga, korxonalarga va muassasalarga biriktiriladi. Bu “taqsimlangan davlat mulki” deb nomlangan mulk mazkur tashkilotlarning mustaqil yuridik shaxslar sifatida muomalada bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. U davlatning majburiyatlari va qarzlarini qoplashni ta’minlash uchun xizmat qila olmaydi, chunki korxonalar va muassasalar, yuridik shaxslar sifatida yuridik shaxsning faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan davlat qarzlari bo’yicha o’z mol-mulki bilan javob bermaydilar. Mazkur mulk bilan ular o’z kreditorlari oldida o’z qarzlari bo’yicha javob beradilar.
Ommaviy mulkning ikkinchi tarkibiy qismi – bu davlat korxonalariga va muassasalariga biriktirilmagan mulk yoki “taqsimlanmagan” deb atalmish davlat mulkidir. Bu eng avval, tegishli budjetning mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta jamg’armasi va boshqa har xil davlat jamg’armalaridir. Bu mulk mulkdor davlatning majburiyatlari bo’yicha uning kreditorlari tomonidan undirish obyektiga aylanishi mumkin bo’lgan mol-mulkdir.
Ommaviy (davlat) mulkining manbalari
Ommaviy mulk subyektlari – bu umuman olganda O’zbekiston Respublikasi (respublika mulki) yoki tegishli ma’muriy–hududiy tuzilmalar (munitsipal mulk)dir. Bunda, O’zbekiston Respublikasi FK ommaviy mulki obyektlarining doirasini cheklanmaganligini unutmaslik kerak. Uning tarkibida har qanday mol-mulk mavjud bo’lishi mumkin. Munitsipal mulk obyektlarining doirasi birmuncha torroq. Uning tarkibiga, xususan, respublika mutloq mulki obyektlari kirishi mumkin emas.
Huquqni belgilash yo’sinida respublika va munitsipal ommaviy mulkini chegaralash masalasi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida respublika va munitsipal ommaviy mulki obyektlarini chegaralashning har tomonlama tartibini belgilaydigan maxsus hujjat mavjud emas.
Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatning mavjud bo’lmaganligi sababli umumiy va turdosh masalalarni tartibga soluvchi hujjatlardan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |