Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari


Download 1.75 Mb.
bet76/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida xususiy mulk huquqini himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining muhim va asosiy kafolatlari belgilandi. Jumladan, qonunda “xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi”, “xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidaligi”, “davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko’paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishi”, “mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina o’z mol-mulkidan mahrum etilishi” kabi umumiy qoidalar bilan birga, o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan kafolatlar ham nazarda tutildi. Masalan, Qonunning 5-moddasiga binoan, xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.


Qolaversa, Qonunning 7-moddasida milliy huquqshunoslik uchun o’ziga xos yangi qoida “mulkdor huquqlarining ustuvorligi” mustahkamlandiki, bu qoidaning mohiyatga ko’ra, mulkdorning davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog’liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo’lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.
Mazkur Qonuning 2-bobi xususiy mulk huquqini himoya qilish usullariga bag’ishlangan va bunda xususiy mulk huquqining buzilishi va xususiy mulk huquqiga yetkazilgan zararlarni qoplash nazarda tutilgan bo’lsa, Qonunning 3-bobi mulkdor huquqlarining kafolatlarini nazarda tutgani holda har bir aniq holat uchun alohida kafolatlarni belgilaydi. Ana shunday muhim kafolatlardan biri Qonunning 17-moddasi 2-qismida belgilangan bo’lib, unga ko’ra, xususiy mulk bo’lgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo’yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek, bunday olib qo’yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o’rni to’la qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.
Qonunda mulkdorlar huquqlari uchun belgilangan eng muhim kafolatlardan yana biri bu uning 19-moddasida nazarda tutilgan qoidalardir. Aynan mazkur qoidalar mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo’yishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari kafolatlari sifatida “mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yo’l qo’yilib, bunda mulkdorga olib qo’yilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va u ko’rgan boshqa zararlarning o’rni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning o’rni to’la hajmda qoplanishi” mustahkamlandi. Qonunning 19-moddasi 3-qismida esa, “olib qo’yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo’porib tashlashga zararning o’rni bozor qiymati bo’yicha oldindan va to’la qoplanmagunga qadar yo’l qo’yilmasligi” belgilangan bo’lib, uning muhim jihati sifatida mol-mulkning bozor qiymati oldindan mulkdor to’langanidan so’ng mulk huquqini bekor qilinishi hisoblanadi. Binobarin bu qoida mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan huquqlariga bo’lgan ishonchi oshishiga xizmat qilishi bilan birga, xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlaydi.
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunda belgilangan, fuqarolik qonunchiligi uchun yangi qoidalardan navbatdagisi bu – uning 24-moddasida belgilangan xususiylashtirish natijalarining qayta ko’rib chiqilmasligi va bekor qilinmasligi qoidasidir. Mazkur qoida mulkdorlarning xususiylashtirish natijasida qo’lga kiritgan mol-mulkiga nisbatan kafolatlar bo’lib, bu davlat organlari tomonidan suiiste’mollik holatlariga yo’l qo’yilmasligini ta’minlaydi.




































Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling