Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet80/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Ommaviy mulkning shakllanish manbalarida soliqlar muhim o’rin tutadi? Biroq soliqlarni undirish fuqarolik huquqiy munosabatlar tarkibiga kirmaydi. Shu sababli soliqlarning ommaviy mulkning shakllanish manbai sifatidagi ya’ni holatini uning soliq huquqi obyektliligi holatidan kelib chiqib muhokama qiling?


2. Munitsipal mulkni xususiylashtirish haqidagi qaror chiqarishda vazirlik va idoralarning vakolatlari va mahalliy davlat hokimiyat organlarining vakolatlarini to’qnashuvi va ularning o’zaro nisbatini fuqarolik-huquqiy nuqtayi nazardan mushohada eting?
3. Toshkentdagi uylardan birida kvartira bo’shadi. Toshkent shahar hokimiyatining uy-joy boshqarmasi va Yashnobod tumani hokimiyati o’rtasida bo’sh kvartirani kim band qilishi va buning uchun order berish to’g’risida nizo kelib chiqdi. Uy-joy boshqarmasining fikriga ko’ra, uy shahar mulki bo’lib, faqat shu boshqarma uni tasarruf eta oladi.
Yashnobod tumani hokimiyati esa, uyni mahalliy hokimiyat mulki deb hisobladi, uni berish tuman hokimiyati tomonidan beriladigan order orqali amalga oshirilishi va uy tuman uy-joy tashkiloti balansida turganligini bildirdi.
Ish qanday hal qilinadi? Davlat va mahalliy hokimiyat mulki asoslarga ko’ra bir-biridan farqlanadi?
4. “Namuna” xo’jaligi boshqaruvi o’z egaligidagi yerlardan bir qismini fuqarolarga, fermer xo’jaliklariga cheklangan tarzda sotib yubordi. Bundan xabar topgan mahalliy davlat hokimiyati organi xo’jalik boshqaruvi qarorini bekor qilish haqidagi xo’jalik sudiga murojaat qildi.
Masala qanday hal qilinadi? Bunday holatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi? Qanday hollarda yer xususiylashtirilishi mumkin?
14-MAVZU. UMUMIY MULK HUQUQI

Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari. Umumiy mulk huquqining rejimi. Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash. Imtiyozli sotib olish huquqi.




Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari

Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo’lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo’ladi.


Mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi alohida bir shaxsga (fuqaro, yuridik shaxs, davlat, ma’muriy-hududiy tuzilma) tegishli bo’lsa, mulk bir subyektli hisoblanadi. Shunga muvofiq, bu holda mulkdorga qarshi turgan barcha uchinchi shaxslar, ushbu shaxsning mulkdan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish bilan bog’liq vakolatlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi barcha xatti-harakatlardan o’zlarini tiyishlari kerak. Agar mol-mulkka nisbatan mulk huquqi ikki yoki undan ko’proq shaxsga tegishli bo’lsa, umumiy mulk vujudga kelib, bu holda uni ishtirokchilarining barcha uchinchi shaxslar bilan tashqi munosabatlaridan tashqari, ushbu mulk ishtirokchilarining o’rtasida ichki munosabatlar ham mavjud bo’ladi. Bunday shaxslar (sherik mulkdorlar) o’rtasidagi ichki munosabatlarni tartibga solish zaruriyati umumiy mulk instituti deb ataluvchi, mulkdorlarning o’zlariga tegishli umumiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog’liq vakolatlarini amalga oshirishda sherik mulkdorlarning irodasini muvofiqlashtirishga mo’ljallangan huquqiy normalar tizimini yuzaga keltirdi.
Umumiy mulkning barcha turlariga taalluqli o’ziga xos xususiyatlar bo’yicha quyidagilarni qayd etish mumkin:
– birinchidan, u ikki yoki undan ko’proq shaxsga tegishli, ya’ni ko’p subyektlidir;
– ikkinchidan, uning predmetini umumiy toifaga kiruvchi muayyan bir mol-mulk tashkil etadi;
uchinchidan, umumiy mulkchilikda sherik mulkdorlarning barcha uchinchi shaxslar bilan tashqi munosabatlaridan tashqari, ularning o’rtasida ichki munosabatlar ham mavjud bo’ladi.
Yuridik adabiyotda bir necha shaxsga tegishli mulkni belgilash uchun ayrim payt “jamoa mulki” singari atama ishlatiladi, bu esa huquqiy jihatdan uncha to’g’ri emas, chunki “jamoa mulki” tushunchasida gap mulkni huquqiy subyekt yaxlitligini tashkil etuvchi biron jamoaga tegishli ekanligi to’g’risida borishi faraz qilinadi. Vaholanki, ko’p subyektli mulk munosabatlarida gap mulkning yagona huquq subyektini tashkil etmaydigan bir necha shaxsga tegishli ekanligi xususida boradi. Buning ustiga ayrim hollarda jamoaviy deb yuridik shaxslarga tegishli mulk tushuniladi.
FKning 216-moddasi ikkinchi qismga muvofiq umumiy mulkning ikki xil: ulushli va birgalikdagi turlari farqlanadi. Har bir ishtirokchining ulushi belgilangan mulk ulushli bo’ladi, demak-ki, ulushlar belgilanmagan mulk birgalikdagi hisoblanadi.
Qonun faqat qat’iy belgilangan hollardagina birgalikdagi mulk munosabatlari vujudga kelishiga yo’l qo’yadi. Sababi shuki, birgalikdagi mulk ishtirokchilari tomonidan vakolatlarni amalga oshirish juda o’ziga xos bo’lib, ular tomonidan FK va maxsus qonunchilik qoidalarining qo’llanilishi ular o’rtasidagi munosabatlarning yuqori darajada ishonchli deb faraz qilinadi. Aynan shuning uchun ham qonun, birgalikdagi mulkni ulushli mulkka aylanishiga ruxsat bersa ham, umumiy qoida bo’yicha buning teskarisiga yo’l qo’ymaydi.
Qayd etish lozimki, birgalikdagi mulkda mol-mulkning umumiyligi ulushli mulkka nisbatan ko’proq darajada ifodalangan. Buni, birgalikdagi mulk ishtirokchilari (er-xotin, dehqon xo’jaligi a’zolari va h. ) o’rtasidagi munosabatlar ancha ishonchli va barqaror xususiyatga egaligi bilan tushuntirish mumkin. Ammo bu birgalikdagi mulkda umuman ulush yo’qligini anglatmaydi. Bu masaladagi farq shundan iboratki, ulushli mulkdagi har bir ishtirokchining ulushi, odatda, avvaldan belgilangan, birgalikdagi mulkda esa ulush faqat umumiy mulk taqsimlanganda yoki ajratilganda, ya’ni birgalikdagi mulk munosabatlari tugatilgan paytda aniqlanadi. Bu holda ham ulushli, ham birgalikdagi (yuqorida ko’rsatilgan holatlarda) mulkdagi ulushlar, qonun yoki shartnomada o’zgacha tartib belgilanmagan bo’lsa, teng deb faraz qilinadi.
Umumiy birgalikdagi mulk o’z vazifasini o’zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo’lmagan (bo’linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko’ra taqsimlanishi mumkin bo’lmagan mol-mulk ikki va undan ortiq shaxs mulkiga o’tgan paytda vujudga keladi.
Mol-mulkka nisbatan umumiy mulkchilik, uning bo’linmaydigan mol-mulkligidan, qonunga binoan bo’linishi mumkin bo’lmagan mol-mulkligidan yoki bo’linadigan mol-mulkligidan qat’i nazar vujudga kelishi mumkin. Basharti mol-mulk vazifasini o’zgartirmagan holda taqsimlanishi yoki qonunga ko’ra taqsimlanishi mumkin bo’lmasa, unga nisbatan umumiy mulkchilik mol-mulkka xos bo’lgan funkstional sifatlar yoxud uning huquqiy rejimi oqibatida paydo bo’ladi. Mol-mulk bo’linuvchi sirasiga kirsa, unga nisbatan umumiy mulkchilik faqatgina qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan holatlardagina vujudga keladi.
FK umumiy ulushli va umumiy birgalikdagi mulkni ta’rifiga ham, vujudga kelish asoslariga ham turlicha yondashadi. Umumiy ulushli mulkning vujudga kelish asoslari to’la-to’kis aniqlanmagan. U qonunda to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan holatlarda ham, tomonlarning kelishuvi, sudning qarorida nazarda tutilgan holatlarda ham, shuningdek, umumiy ulushli mulk paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan boshqa vaziyatlar ta’sirida ham vujudga kelishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining doirasi qonun bilan cheklanmagan. Ular mulkchilikning turli shakllarini turli birikmada ifodalashlari mumkin. Fuqarolar, fuqarolar va yuridik shaxslar o’rtasida, yuridik shaxslar, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, fuqarolar va hokazolar o’rtasida umumiy ulushli mulkchilik bo’lishi mumkin. Jumladan, meros mol-mulkning qisman egasizlik holatida bir tomondan davlat mulkchiligi, ikkinchi tomondan esa fuqarolar va yuridik shaxslar mulkchiligi vujudga kelishi mumkin. Bu holda qonun mulkchilikning turli shakllarini ifodalovchi subyektlarning umumiy mulkchiligini majburiy to’xtalishini talab etmaydi. Aksincha, umumiy ulushli mulkchilik faqat qonunda nazarda tutilgan holatlardagina vujudga kelishi mumkin, bunda qonun tomonidan uni ishtirokchilarining doirasi ham qat’iy belgilangan.
O’z navbatida, mol-mulkka nisbatan birgalikdagi mulkchilikning paydo bo’lishi faqat qonunda belgilangan hollardagina mumkin (er-xotinning, dehqon xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki). Mol-mulkka birgalikdagi mulk huquqi birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga binoan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning qarori bilan ulushli mulkchilik huquqiga almashtirilishi mumkin. Bunda har bir mulkdorning mulk huquqidagi ulushi belgilanishi lozim.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilari o’rtasidagi yaqin aloqalari bilan ulushlidan ajralib turadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari ulushga haqli emaslar. Shu sababli umumiy mulkning bunday shaklini ayrim payt ulushsiz deb ham atashadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari o’z huquqlarini uchinchi shaxslarga umumiy mulkchilik rejimini to’xtatmasdan berishga haqli emaslar. Shunday qilib, birgalikdagi mulk ishtirokchilarining tarkibi tasarrufli bitimlar asosida o’zgarishi mumkin emas. Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining doirasi qonunda aniq belgilangan.
Birgalikdagi mulk ishtirokchisining tasarruf etish imkoniyatlari ulushli mulkka nisbatan sezilarli darajada cheklangan. U nafaqat o’z huquqlarini boshqaning tasarrufiga o’tkazishi, balki boshqa ishtirokchilar bilan munosabatlarini ulushli mulk munosabatlariga o’zgartirmasdan turib birgalikdagi mulk ajratilishini yoki taqsimlanishini ham talab qilishga haqli emas. Bunda birgalikdagi mulk ishtirokchilari kelishuv yo’li bilan uni ulushli mulk sifatida qayta tuzishga, shakllantirishga haqli. Qayta tuzish to’g’risida ham, ulushlarning miqdori to’g’risida ham kelishuvga erishilmagan taqdirda qaror sud tomonidan qabul qilinadi.









Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling