Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet83/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Imtiyozli sotib olish huquqi

Umumiy mulk sherik mulkdorlarni uchinchi shaxslar bilan bog’laydigan tashqi munosabatlar va sherik mulkdorlarni o’zaro bir-biri bilan bog’laydigan ichki munosabatlarning murakkab bog’lanmasi bilan tavsiflanadi. Sherik mulkdorlar umumiy mulk munosabatlaridan chiqib ketayotgan kishining o’rnini kim olishiga befarq emaslar. Bundan tashqari, mulkdorlar o’zlariga tegishli ulush miqdorini ko’paytirishdan manfaatdor bo’lishlari mumkin. O’z-o’zidan ravshanki, o’rtalarida umumiy mulk munosabatlari saqlanib qolayotgan shaxslarning hamda butun umumiy mulkka egalik qilish, ya’ni umumiy mulkdan bir subyektli mulkka o’tishni istaydigan shaxslarning manfaatlari shu tarzda hisobga olinishi lozimki, bunda har bir sherik mulkdorning o’z ulushini erkin tasarruf etish huquqi cheklanmasligi kerak. Sotib olishning imtiyozli huquqi to’g’risidagi qonunda mustahkamlab qo’yilgan taomillar aynan o’zaro manfaatlarning qat’iy hisobga olinishda qaror topadi.


Sotib olishning imtiyozli huquqi umumiy mulk ishtirokchilarining mulkdorlar sonini qisqartirishga bo’lgan manfaatini ifodalab, bu ularning har biri uchun umumiy mulkning qadrini, shuningdek, har bir ishtirokchi ulushining ko’paytirishga bo’lgan imkoniyatini oshiradi. Bundan tashqari, ushbu huquq vositasida ishtirokchilar ma’lum darajada birgalikdagi egalarning shaxsiy tarkibini nazorat qilish imkonini qo’lga kiritadilar, bu ham ular uchun sezilarli manfaatdir.
Sotib olishning imtiyozli huquqi mexanizmi shundan iboratki, umumiy mulkning boshqa ishtirokchilari belgilangan muddat ichida ulushini sotgan ishtirokchi tomonidan tuzilgan umumiy mulk huquqining oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha oluvchi (xaridor)ning huquq va majburiyatlarini o’zlariga o’tkazishga haqlidirlar. Bu huquq, sotuvchi boshqa ishtirokchilarni ulush sotilishi to’g’risida yozma shaklda xabardor qilish bo’yicha o’ziga yuklatilgan majburiyatni bajarganidan qat’i nazar kelib chiqadi.
Qonunda imtiyozli sotib olish huquqining doirasi belgilab berilgan. Bu huquq to’g’risida, birinchidan, ulush umumiy mulk ishtirokchilari jumlasiga kirmagan uchinchi shaxsga sotilganda, ikkinchidan esa, ulush (boshqacha tarzda tasarrufdan chiqarilmasdan) aynan sotilganda gap borishi mumkin. Bundan ikkita muhim amaliy xulosa kelib chiqadi. Sherik mulkdorlar, ulush ulardan biriga sotilayotganda yoxud u sotilmasdan, qonunda yo’l qo’yilgan boshqa biron usulda tasarrufdan chiqarilayotganda imtiyozli sotib olish huquqidan foydalana olmaydilar. Har ikkala holda ham sotib olishning imtiyozli huquqi to’g’risida gap yuritish mumkin emas. Birinchi holda – o’z ulushini sotish uchun umumiy mulk ishtirokchilaridan istalgan kishini tanlab olish huquqi aynan sotuvchiga tegishli bo’lgani uchun: sotuvchi ulardan xohlagan birini tanlashi mumkin. Ikkinchi holda esa ulush hech kimga sotilmasdan, boshqacha tarzda (masalan, hadya sifatida) tasarrufga o’tkazilgani uchun, bunda uni imtiyozli sotib olish huquqi ham bo’lmaydi. Sherik mulkdor, qachonki u ulushni sotuvchi taklif etgan narxda hamda taklif etilgan va barchaga teng bo’lgan boshqa shartlarda sotib olishga tayyor bo’lsa, imtiyozli sotib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
Ulushni imtiyozli sotib olish huquqi faqat umumiy ulushli mulkning (sotuvchidan) boshqa ishtirokchilariga tatbiq qilingani sababli mazkur huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yo’l qo’yilmaydi.
Kim oshdi savdosining maqsadi mol-mulkni (va shu jumladan ulushni ham) boshlang’ichga nisbatan eng baland narx taklif qilgan shaxsga sotishdan iborat bo’lgani sababli, ulush kimoshdi savdosida sotilganda imtiyozli sotib olish huquqi qo’llanilmaydi. Shu bilan birga sherik mulkdorlar kimoshdi savdosida umumiy asosda ishtirok etishlari mumkin.
Ulush qonunda nazarda tutilgan hollarda barcha sherik mulkdorlarning roziligi bo’lmaganda ham kimoshdi savdosida sotilishi mumkin, masalan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisining majburiyatlari bo’yicha undiruv uning mol-mulkiga qaratilgan taqdirda.
FKning 224-moddada nafaqat sherik mulkdorlar tomonidan imtiyozli sotib olish huquqining mazmuni ochib beriladi, balki mazkur huquqni amalga oshirishning tomonlarning manfaatlarini hisobga oluvchi tartib-amaliyoti ham belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga o’z ulushini o’zga shaxsga sotish niyati haqida umumiy mulkning boshqa ishtirokchilariga yozma ravishda ma’lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini ko’rsatish majburiyati yuklanadi.
Shu sababli qonun sherik mulkdorlar uchun ulushni sotib olish taklifiga javob qaytarish muddatini belgilaydi: gap ko’chmas mulkdagi ulushni sotish to’g’risida borayotgan bo’lsa, bu muddat bir oyni, ko’chadigan mol-mulkdagi ulush sotilganda esa o’n kunni tashkil etadi. Muddat ulushini sotish niyati haqida sherik mulkdorlarga xabar berilgan kundan hisoblanadi. O’zining yuridik tabiatidan kelib chiqilsa, bu huquqning mavjudlik davri, amal qilish muddati bo’lib, u, da’vo muddatidan farqli ravishda, na to’xtatilishi, na uzilishi va na tiklanishi mumkin emas.
Basharti sherik mulkdorlar ulushni sotib olishdan voz kechsalar yoki sotuvchining taklifiga hech bir usulda javob qaytarmasalar, ko’rsatilgan muddatlar (mos ravishda o’n kun yoki bir oy) o’tib bo’lganidan so’ng sotuvchi ulushni istalgan shaxsga sotib yuborishga haqli bo’ladi. Sherik mulkdorlarning sukut saqlashi bu o’rinda, ular ulushni imtiyozli sotib olish huquqini yo’qotishi sifatida yuridik ahamiyat kasb etadi.
Basharti ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda (masalan, sotuvchi ulushini sotishi to’g’risida boshqa sherik mulkdorlarni xabardor qilmagan yoki javobni kutish muddati tugashini kutmagan bo’lsa yoxud ulushini chet shaxsga sherik mulkdorlarga taklif qilinganidan ko’ra imtiyozliroq shartlarda sotgan bo’lsa), umumiy mulkning boshqa har qanday ishtirokchisi uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o’zlariga o’tkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidir.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling