Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash


Download 1.75 Mb.
bet82/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash

Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash deganda mazkur mol-mulk qismlarining sherik mulkdorlarni har birining egaligiga ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlariga mutanosib ravishda o’tishiga va ushbu mol-mulkka nisbatan umumiy ulushli mulkchilikning tugatilishiga aytiladi. Umumiy mulkdan ulush ajratish – ushbu mulkni bir qismining umumiy mulk ishtirokchisining mulkiga uning umumiy mulk huquqidagi ulushiga mutanosib ravishda o’tishiga va bu shaxs uchun umumiy mulkdagi ulushga nisbatan huquqning bekor bo’lishiga aytiladi. Taqsimlash ham, ajratish ham umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining o’zaro kelishuvi bo’yicha amalga oshishi mumkin. Bunda ularni har birining o’z ulushini ajratishni talab qilish huquqi bo’ladi. Mazkur huquqni amalga oshirish uchun ulushli mulkni boshqa ishtirokchilarining roziligi talab etilmaydi.


Ulushli mulkchilikda bo’lgan mol-mulkning turi uni taqsimlash yoki undan ulush ajratishning tartibiga ta’sirini ko’rsatadi. Mol-mulk, basharti qonunda yo’l qo’yilsa va mol-mulkka nomutanosib zarar etmasa, natura shaklida taqsimlanishi mumkin. Xuddi shunday shart-sharoitda ulushni ham naturada ajratish imkoni bo’ladi. Agar natura shaklida mol-mulkni taqsimlashga yoki ulush ajratishga yo’l qo’yilmasa, gap boshqa usullar ustida ham borishi mumkin, masalan, butun mol-mulkni sotib, tushum summasini ulushlar bo’yicha taqsimlash yoki ajralayotgan sherik mulkdorga uning ulushi qiymatini to’lab berish.
Bo’linmas ashyo natura shaklida taqsimlanishi mumkin emas. Taqsimlash ashyoni sotish va umumiy mulkni har bir ishtirokchisiga uning umumiy mulk huquqidagi ulushiga mutanosib bo’lgan pul xissasini to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi. Ulush sherik mulkdorlar tomonidan umumiy mulkning ajralib chiqayotgan ishtirokchisiga tegishli pul badalini xissasini to’lash yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Natura shaklida umumiy mulkni taqsimlash (ulush ajratish)ning imkoni bo’lmaganda muqobil yo’l sifatida mol-mulkka (undagi ulushga) mulk huquqini saqlab qolayotgan bir yoki bir necha sherik mulkdor tomonidan boshqa sherik mulkdor(lar)ga pul badalini to’lash (bunda ular badal olganidan so’ng bu huquqni yo’qotadilar) bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, pul yoki o’zga turdagi badalni (xissani) to’lash va mol-mulkni natura shaklida taqsimlashni yoki ulushni ajratishni to’lig’icha o’rnini bosmasdan, balki ular bilan birga kelishi mumkin, masalan, bunda naturada ajratilayotgan mol-mulkning ulushli mulk ishtirokchisining ideal miqdordagi ulushiga mutanosibligiga rioya qilishning imkoni bo’lmasa, qolgan qismi pul badali yoki ishtirokchi roziligi bilan boshqacha mol-mulk tarzida beriladi. Badalning miqdori taraflarning kelishuvi bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud tomonidan belgilanadi, zarur bo’lsa, baholash faoliyati bo’yicha mutaxassislar jalb qilinadi, bunda taqsimlash paytida umumiy mulkning real qiymatidan kelib chiqilib, naturada taqsimlashni texnikaviy ta’minlash uchun sarflanadigan xarajatlar hamda bunday taqsimlash natijasida umumiy mulkning yomonlashish ehtimoli hisobga olinadi.
Basharti ulushli mulk ishtirokchilari taqsimlash va ajratishning usuli va shartlari to’g’risida o’zaro bir to’xtamga kelmasalar, yuzaga kelgan nizo, fuqarolik huquqi to’g’risidagi nizo sifatida sud tartibida hal etilmog’i kerak. Bunda xissasi ajralib chiqayotgan sherik mulkdor umumiy qoida bo’yicha o’zining ulushini aynan natura shaklida ajratilishini talab qilishga haqlidir. Qachonki bunday ajratishni ulushga nisbatan aniq bajarishni imkoni bo’lmasa, bu nomutanosiblik tegishli pul summasini to’lash yoki o’zga tartibda badal to’lash usuli bilan bartaraf etiladi. Naturadagi ulush huquqidagi ulushdan ortib ketish-ketmasligiga bog’liq ravishda kompensatsiyani to’lash bo’yicha majburiyat ulushli mulkni boshqa ishtirokchilarining foydasiga ajralib chiqayotgan sherik mulkdor zimmasiga, yoki aksincha, ajralayotgan sherik mulkdor foydasiga boshqa sherik mulkdorlar zimmasiga yuklatiladi.
Sud amaliyotida arzimas ulushga ega sherik mulkdor uni ajratib berishni talab qiladigan holatlar ko’p uchrab turadi (masalan, uch xonali xonadonda 1/16 ulushga ega merosxo’r uni ajratib berishni so’raydi). Bu holda sud arzimagan ulushga ega mulkdorga, uning roziligisiz, kompensatsiya to’lab berishni boshqa sherik mulkdorlar zimmasiga yuklashga haqli. Ulushning qanchalik darajada arzimasligini sud belgilaydi.













Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling