Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet98/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:



  1. Majburiyatlarni bajarish qanday ahamiyatga va undan ko’zlangan maqsad o’rtasidagi nisbatni tahlil qiling?

  2. Majburiyatlarni bajarish tamoyillari tizimi, ularni tasniflash mezonlari va bundan tasniflanishning amaliy ahamiyatini yoriting?

  3. Avtobus O’zbekistonning qadimiy joylari bo’ylab uyushtirilgan sayohat davrida Buxoroga kelganda buzilib qoldi. Natijada Xiva shahrini tomosha qilishga vaqt qolmadi. Sayohatdan so’ng sayohlar tomonidan sayohatni uyushtirgan sayyohlik firmasiga e’tiroz bildirildi, ammo hech qanday natijaga erishib bo’lmadi.

Bu vaziyatda sayyohlik firmasi to’g’ri harakat qilganmi? Sayyohlar talabi to’g’rimi? Bu sharoitda ularga qanday maslahatlar bersa bo’ladi?

  1. Fuqaro Zoirov bir oy oldin 50. 000 so’mga sotib olgan tuflisini oyoq kiyim ustaxonasiga poshnasining bir qatlam rezinasini almashtirish uchun topshirdi va ish haqi uchun 3000 so’m to’lashni kelishib oldi. Usta tuflini 3 soat ichida tuzatib berishini aytdi. Zoirov tuflini kelishilgan muddatdan so’ng olib ketgani kelganida tufli yo’qolgani ma’lum bo’ldi. Ustaxona esa unga yo’qolgan tuflini o’rnini qoplashdan bosh tortdi.

Ustaxonaning harakatlari to’g’rimi? Zoirov qanday huquqlarga ega va ularni qay tartibda amalga oshirishi mumkin? Javobingizni amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiqib asoslantiring.
18-MAVZU. MAJBURIYaTLARNING BAJARILIShINI TA’MINLASh


Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash tushunchasi. Neustoyka. Garov. Ushlab qolish. Kafillik. Kafolat. Zakalat.


Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash tushunchasi

Majburiyatning bajarilishini ta’minlash qarzdor tomonidan olingan va uning zimmasida bo’lgan vazifani bajarishga majbur qiladigan chora bo’lib hisoblanadi. Majburiyat bajarilishini ta’minlashning tabiati shu bilan izohlanadiki, qarzdor zimmasida bo’lgan majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasa yoki boshqacha tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni undirishga bo’lgan huquqdan tashqari majburiyatning obyektini tashkil etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan boshqa mulkiy ta’sir choralarini qo’shimcha ravishda tatbiq etilishini talab qilish huquqi vujudga keladi.


Qo’shimcha majburiyatlar asosiy majburiyatning bajarilishini ta’minlashga xizmat qiluvchi usullardan tashkil topadi. Ular qarzdorni asosiy majburiyatni bajarishga majbur qiluvchi va u bajarilmagan taqdirda kreditorning talablarini qanoatlantiruvchi huquqiy vosita (chora)lardan hisoblanadi1.
Majburiyatni ta’minlashning u yoki bu usulining o’ziga xos xususiyatlarini va uning muayyan vaziyatlarga nisbatan qo’llash imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Darhaqiqat, neustoyka va zakalat bir vaqtning o’zida fuqarolik huquqiy javobgarlik chorasini ifoda etadi va ular sifatida qarzdorni, haqiqatda javobgarlikni qo’llash xavfi ostida majburiyatlarni tegishli usulda bajarishga undaydi, negaki neustoyka yoki penyani belgilangan miqdorda undirish kreditordan unchalik jiddiy sa’yi-harakatlar sarflanishini talab qilmaydi, masalan, qachonki ularning xajmini asoslash va isbotlash lozim bo’lgan zararlarni qoplash holatida2.
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash fuqarolik muomalasida ishtirok etuvchi qarzdorning o’z zimmasiga olgan yoki unga yuklatilgan vazifani bajarishga qaratilgan huquqiy profilaktik choradir. Bunday profilaktik choraning asosiy maqsadi qarzdorni asosiy majburiyat bo’yicha majburiyatini bajarishga qaratilgan. Ya’ni, asosiy majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda kreditorning huquq va manfaatlari qo’shimcha ta’minot usullari asosida ta’minlanadi. Bunday usullar har qanday holda majburiyat huquqiy munosabatlarda kreditorning tavakkalchilik xavfini kamaytirish barobarida uni erkin va faol harakat qilishga undaydi. Qolaversa, bunday usullar asosan kreditor manfaatlarini himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta’minlanadi. Mazkur usullar yo qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga asoslangan bo’lishi mumkin. Fuqarolik qonun hujjatlarida majburiyatning bajarilishini ta’minlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin (FK 259-modda).
Ushbu usullardan hech qaysisi o’zicha mustaqil ravishda qo’lla­nilmaydi. Bularning hammasi biror-bir majburiyatning mavjud bo’lishini nazarda tutgan holda, mazkur majburiyatning bajarish maqsadlarini ko’zlab belgilanadi. Bunda shartnoma bo’yicha belgilangan majburiyat – asosiy majburiyat bo’lib, uning bajarilishini ta’minlash usuli esa qo’shimcha majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish yoki pudrat shartnomasidan kelib chiqadigan asosiy majburiyatning amalga oshirilishini ta’minlaydigan qo’shimcha majburiyat hisoblanadi.




















Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling