Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet100/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Garov turlari





Ushlab qolish

Ushlab qolish majburiyatning bajarilishini ta’minlashning yangi usulidir. Ushlab qolish huquqi lotin tilidan (“jus retentions”) kelib chiqib o’zining tub ma’nosiga ko’ra ushbu fuqarolik huquqiy kategoriyani ifoda etadi.


O’zbekiston Respublikasi FKning 259-moddasida majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullari tizimida qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish ham nazarda tutiladi. Bu usullarni qo’llash asoslari FKning 290-moddasida belgilab berilgan. Unga asosan, qarzdorga yoki qarzdor ko’rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo’lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog’liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to’lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda unga tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli.
Ushlab qolishga xos huquqiy belgilar birinchidan, qonunga muvofiq ushlab qolish bo’yicha bir tomonlama bitim munosabatlari vujudga kelishida; ikkinchidan, kreditor (retentor)ni haqiqiy egaliligida ashyoning mavjud bo’lishida; uchinchidan, qarzdordagi ashyo qonuniy yo’l bilan qo’lga kiritilgan bo’lishida; to’rtinchidan, talablarning garov haqidagi qoida bo’yicha ashyoni qiymatidan qanoatlantirish imkoniyati yaratilishida; beshinchidan, kreditorga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan (o’z ashyosini ushlab qolish) ashyoni ushlab qolishga yo’l qo’yilmasligida namoyon bo’ladi.
“Ushlab qolish huquqi” va “ushlab qolish” bir xil kategoriya emas. Ushlab qolish huquqi ta’minlovchi subyektiv fuqarolik huquqi bo’lsa, ushlab qolish esa ushlab qolishga haqli bo’lgan shaxs tomonidan ushlab qolish huquqini amalga oshirish nazarda tutiladi. Ushlab qolishga xos majburiyatni ta’minlovchi funksiya xarakterli bo’lib, kreditorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishda yaqqol namoyon bo’ladi. Ushlab qolishni har qanday holda o’z ashyosi hisobidan amalga oshirishga yo’l qo’yilmaydi. Ushlab qolish huquqi o’zga ashyoga nisbatan vujudga keladigan huquqdir.
Ashyoni ushlab qolishdan ko’zlangan asosiy maqsad kreditor o’zini qo’shimcha mulkiy xarajatlardan saqlaydi. O’z navbatida kreditorga ashyoni o’tkazishda qarzdor majburiyatni bajarilishidan ko’ra ko’proq xarajatlarni qilishiga to’g’ri keladi. Ushlab qolish huquqi qayd etilgan ma’noda nafaqat shartnomaviy balki shartnomasiz majburiyatlarda qo’llanilishi mumkin. An’anaviy jihatdan ushlab qolishga vaqtinchalik chora sifatida qaraladi. Uning predmeti bo’yicha qarzdorning xususiy alomatlari bilan belgilangan ko’char ashyolari hisoblanadi. Ushlab qolish subyektiv muddatli huquq bo’lib asosiy qarzni bekor bo’lishi bilan uzviy bog’liqdir. Ushlab qolish majburiyat bajarilmaganda kreditorda qarzdorga nisbatan tezkor ta’sir qilish huquqi vujudga keladi. Ushlab qolish huquqining qonun asosida vujudga kelishini inobatga olsak, bu huquq kreditorning erkiga bog’liq bo’lmasligi ham mumkin.
Ushlab qolish huquqi fakti eng avvalo asosiy majburiyatning yoki talab qilish huquqining mavjud bo’lishi bilan izohlanadi. Asosiy majburiyatning bo’lmasligi, uning haqiqiy emas deb topilishi yoki shartnomaning tuzilmasligi kreditorda ushlab qolish huquqini vujudga keltirmaydi. Shartnomasiz majburiyatda kreditorning egaligiga qonuniy olingan va uning tasarrufida bo’lgan qarzdor mulkini ushlab qolish bilan majburiyatning ta’minlanishiga yo’l qo’yilmaydi. Sud yoki hakamlik sudi qarorini ijro qilish maqsadida ushlab qolishdan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Asosiy majburiyat mutlaqo pul xarakterida bo’lishi talab etiladi.
Ushlab qolish huquqining faqat qonunga asoslanishini nazarda tutsak, uning majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash usullari tizimida o’ziga xos o’rin egallashidan dalolat beradi. Boshqa usullar nafaqat qonun, balki kelishuv va shartnomalarga ko’ra ham vujudga keladi. Ushlab qolishning asosi bo’lib hali to’lov muddati kelmagan qarz hisoblanadi. Ushlab qolish huquqi shartnomaga muvofiq vujudga kelganda, u albatta yozma ravishda tuzilishi kerak. Basharti ushlab qolinadigan mulk ko’chmas mulk bo’lsa davlat ro’yxatidan o’tkazilgan bo’lishi talab etiladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling