Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI. G\'ulomjonovS1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Buning uchun ikkinchi navbatda, mulk huquqi daxlsizligini yuqori darajaga
olib chiqish. Xorijiy investorning mulkiy daxlsizligiga e'tibor bermaslik davlatimiz uchun xalqaro-huquqiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Agar biz xalqaro investorlar hamjamiyatining ishonchini qozonmoqchi bo‘lsak, mulk huquqi daxlsizligini 49 birinchi o‘ringa qo‘yishimiz darkor. Har narsani ikki tarafi bo’lganidek, O’zbekiston imijini yaxshilaymiz deb xorijiy investorning har bir talabini qonunlarni xatlab o‘tgan holda bajaraverish ham kerak emas. Har bir ish qonun doirasida bo‘lmog‘i lozim. Shundagina salbiy holatlar kamayadi, tartib o‘rnatiladi. Buning uchun xalqaro investitsiya bitimlari va ichki qonunchiligimiz shunga tayyor bo‘lishi lozim. Chet ellik investorga berilgan turli imtiyozlardan foydalanish va ikki tomonlama investitsiya bitimlari himoyasi soliq imtiyozlari tizimini isloh qilish va mulk huquqi himoyasini kuchaytirish kerak. Uchinchidan, investitsion nizolarda investorlarning huquq va erkinliklari kafolat mexanizmini ta’minlash maqsadida mahalliy sudlardan ko‘ra, arbitraj sudlariga e’tiborni kuchaytirish lozim. Chunki, investorlar mahalliy sudlarga ishonch bildirishmaydi. Negaki, chet ellik investor har doim mahalliy sudlarga nisbatan shubha bilan qaragan va har qanday mahalliy sud o‘z davlati manfaatini himoya qiladi degan qarash mavjud. Mahalliy sudyalar mahalliy qonunchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lsalarda, xalqaro huquq va xorijiy davlatlar qonunchiligi haqida ma’lumotlarga ega emas. Arbitraj sudlari esa tomonlarga ma’lum bir huquq sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan sudyani tanlash imkoniyatini beradi. Mamlakatga sarmoya kiritayotgan chet el investorining huquqiy himoyasi yo‘lida nafaqat ichki qonunlar, balki xalqaro huquq normalariga ham amal qilish talab etiladi. Garchi investitsiyalar himoyasi sohasida xalqaro hakamlik sudlari ham yetarlicha muammolarga ega. O‘zbekiston ham xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli a'zosi sifatida bu sohaga e'tibor bermog‘i va xalqaro majburiyatlarini o‘z o‘rnida bajarmog‘i lozim. Mulk himoyasiga katta e'tibor qaratilishi faqatgina foyda keltiradi. Biz mulk huquqini himoyalay olish tizimini yarata olmas, tadbirkorlarning huquqlarini muhofaza qilish va poymol qilmaslikni o‘rgana olmas ekanmiz, uzoq muddatli hamda yuqori texnologiyali loyihalar bilan chinakam investorlar kelishini kutib ham o‘tirmasligimiz kerak. Davlat o‘zining noto‘g‘ri, huquqlarni poymol qiluvchi qarorlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Bu bilan investorlarga ularning huquqlari himoyasiga tayyorligini ko‘rsatib qo’yadi. 50 Ushbu choralarni ko'rish orqali mamlakatlar sarmoya uchun qulay muhit yaratishi va investorlar va hukumatlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar xavfini minimallashtirishi mumkin. Qolaversa, davlatlar tomonidan muloqot va maslahatlashuvni rag'batlantirish va investitsiyalarni rag'batlantirish agentliklarini tashkil etish ham nizolarni oldini olishi mumkin. Negaki, hukumatlar nizolarning paydo bo'lishining oldini olish uchun investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan muloqot va maslahatlashuvlarni rag'batlantirish huquqiga ega hamda investitsiyalarni rag'batlantirish agentliklari investorlar uchun aloqa nuqtasi bo'lib, mamlakatga sarmoya kiritish bo'yicha yordam va ko'rsatmalar berishi mumkin. 51 XULOSA O‘zbekiston iqtisodiyotiga mulkiy kapitallarni oshirish, shuningdek, mamlakatning innovatsion salohiyatini yuksaltirish uchun investitsiyalar juda ham muhim faktor. Investitsiyalar ko‘p jihatdan iqtisodiy o‘sish va insonlar farovonligini oshirish manbaidir. Bu faoliyat natijasida yuzaga keladigan chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bilan bog'liq nizolarni hal etishda sud amaliyotini yanada takomillashtirishni zamon talab etmoqda. Yurtimizda sud hokimiyatining tom ma'nodagi mustaqilligini ta'minlash, sudlarni investorlar huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli va mustahkam himoya qiladigan, iqtisodiy sohadagi o'zgarishlarning muhim vositasi bo'lgan institutga aylantirish yo'lidagi keng qamrovli islohotlar amalga oshirilishi zarurligi yaqqol seziladi. Buning natijasida mamlakatimizda investorlar, shu jumladan, chet ellik investorlar huquq va manfaatlarini ishonchli himoyasini ta'minlash, ularning sud hokimiyatiga ishonchini oshirish, bu esa o'z navbatida O'zbekistonda yanada jozibador investitsiyaviy muhit yaratishga va “Biznesni yuritish” xalqaro reytingida davlatimiz nufuzini tubdan oshirishga turtki bo'lib xizmat qiladi. Biz o’rganib chiqayotgan investitsion nizolar murakkab bo'lishi mumkin, ammo ularni hal qilishga yordam beradigan potentsial echimlar mavjudligi ularning ustida ishlashni nazarda tutadi. Vositachilik bilan shug'ullanish, ya’ni mediatsiya neytral uchinchi tomon har ikki tomonga o'zaro kelishuvga erishishga yordam berishi mumkin. Arbitrajdan foydalanish, bunda taraflar nizo bo'yicha betaraf uchinchi shaxs tomonidan majburiy qaror qabul qilishiga rozi bo'ladilar. Oxir oqibat, investitsiya nizolarining eng yaxshi yechimi ishning o'ziga xos holatlariga va ishtirokchilarning afzalliklariga bog'liq bo'ladi. Zamonaviy dunyoda investitsion nizolar tobora keng tarqalgan. Ushbu nizolar turli sabablarga ko'ra, jumladan, siyosiy xavflar, iqtisodiy xavflar va huquqiy xavflar oqali vujudga kelishini o’rganib chiqdik. Siyosiy risklar mezbon davlatning siyosiy beqarorligidan, iqtisodiy xavflar esa valyuta kurslarining o‘zgarishi, 52 inflyatsiya va davlat siyosatidagi o‘zgarishlar kabi iqtisodiy omillardan, huquqiy risklar qabul qiluvchi davlatdagi investitsiyalarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasidan, investitsion nizolar xavfini kamaytirish uchun investorlar investitsiya qilishdan oldin qabul qiluvchi davlatning siyosiy, iqtisodiy va huquqiy muhitini diqqat bilan ko'rib chiqishlari kerak. Shuningdek, ular o'z investitsiyalarini himoya qilish choralarini ko'rishlari kerak, masalan, tegishli sug'urta olish va yuridik maslahat olishni qo'llash orqali investorlar investitsion kelishmovchiliklar xavfini minimallashtirishi va investitsiyalarini yo'qotishdan himoya qilishlari mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonning investitsion jozibadorligi o’ta darajada past. Chunki, xususiy mulk huquqini muhofaza qilish mexanizmlarining o‘ta kuchsiz. Buni oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan ko’plab samarali ishlarni amalga oshirilayotganligi albatta xursand qiladigan holat. Gapimizning isboti sifatida, so‘nggi yilarda bu sohada vaziyatni o‘nglash uchun talay ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bunga misol qilib, kuni kecha, ya’ni 2023-yilning 27-28- aprel kunlari Toshkentda o’tkazilgan ikkinchi xalqaro investitsiya forumini (TIIF- 2023) keltirsak bo’ladi. Bu forumda 70 ta mamlakatdan 2 ming 500 ga yaqin tadbirkor va investorlar ishtirok etishdi 62 . Shuningdek, mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo’yicha qilinayotgan ishlar chet el iqtisod sohasi vakillari tomonidan yuqori baholandi. Investorlar huqularini himoya qilish sohasida ma’muriy sudlarga katta vakolatlar berildi, ya’ni tadbirkor va investor sudda o’z talabini isbotlashi shart bo’lmaydi hamda davlat idorasi o’z qarorini isbotlashga majbur bo’ladi. Yuzaga kelishi mukin bo’lgan noaniqliklar investorlar foydasiga hal etiladi. Shuningdek, eng katta islohot sifatida yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo’lga qo’yilishini e’lon qilinishi investitsiya sohasidagi nizolarni oqilona hal etish samarasi sifatida ko’riladi va chet el investorlarining yurtimiz iqtisodiyotiga bo’lgan ishonchini oshiradi. 62 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling