Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI. G\'ulomjonovS1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi shunda namoyon bo’ladiki, bu
mavzuga oid ayrim milliy hamda xalqaro mutaxassislar nazariy va amaliy yondashuvlarini ilmiy va ommabop maqolalarda bayon etishgan bo’lsalarda, investitsiyaviy nizolarning vujudga kelish asoslarini to’liq yoritish, shuningdek, ularni oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqishga urg’u berish birinchi marta tadqiq etilmoqda. Yana bir jihat, investitsiyaviy nizolarni sudgacha xal etish va sudda ko’rishda xalqaro va milliy qonunchilikni uyg’unlashtirgan holatda bu soha uchun umumlashgan huquq tizimini sifatida muammolarga yechim berish bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Investitsiyaviy nizolarni xal etishda ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 7 ICSID Convention, regulation and rules. International centre for settlement of investment deisputes, 1818 H street, N.W. Washington, Dc. 20433, USA. 2006 year, april 7 Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: "investitsiya" va “investitsion nizolar” atamalarini tushunishga yondashuvlar, normativ manbalar mazmuni, arbitraj amaliyoti va doktrinasi, shuningdek, nizolarni xalqaro investitsiya arbitrajiga berishning mumkin yoki mumkin emasligi, ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilib, davlat va investor o‘rtasidagi nizolarni hal qilish yo‘li sifatida xalqaro investitsiya arbitrajining mashhurligi sabablari va muammolari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, investitsiyaviy nizolarning huquqiy shaklini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, ushbu sohada mavjud muammolar va yuzaga keladigan qarama- qarshiliklarni bartaraf etish bo‘yicha samarali takliflarni ishlab chiqish hamda ishtirokchilar huquqlarini himoya qilish usullarining nazariy va amaliy muammolarini o‘rganishdan iborat. Arbitraj nizolarida davlat ishtirokining nazariy kontseptsiyalari va xalqaro tartibga solinishi tahlili, investor bilan nizolarga olib keladigan davlat xatti- harakatlarini o'rganishga va davlatning arbitraj faoliyatiga aralashuviga yo'l qo'yilishi mezonlarini tahli qilinadi. Bundan tashqari, arbitraj amaliyotini tushunishga, davlat va investorning manfaatlari muvozanatini aniqlashga, so'ngra muvozanatni ko'rishni investitsiya bitimlarini tuzishdagi so'nggi tendentsiyalar bilan solishtirishga va global miqyosdagi asosiy tamoyillarni qabul qilishga harakat qilinadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling