Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi
I BOB. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda investitsiyaviy nizolarning umumiy
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI. G\'ulomjonovS1
I BOB. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda investitsiyaviy nizolarning umumiy
tavsifi. 1.1 Investitsiyaviy nizolar tushunchasi va tasnifi. "Investitsiya" atamasi lotincha “in-vestire” (kiyinish, qoplash, o'rab olish) so’zidan kelib chiqqan hamda foyda olish uchun aktsiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarishda zarur bulgan aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish maqsadida sarflanishi tushuniladi. Investitsiya mamlakat iqtisodietini ustirish va rivojlantirish uchun zarur boʼlgan mexanizmlar uchun vosita. Boshqacha kilib aytganda investitsiyalar kapital qiymatinining usishini va daromad keltirishini taʼminlaydi 8 “Investitsiya” tushunchasi ikki talqinga ega – iqtisodiy va huquqiy. Kapitalni dasturlarga, loyihalarga, biznesga, mulk ob'ektlariga, qimmatli qog'ozlarga sarmoya qilishi investitsiyaning iqtisodiy mohiyati hisoblanadi. Bunda subʼektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan bogʼliq harakatlari majmui investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik va biznesni amalga oshirishning bir shakli hisoblanadi, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos boʼlgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchiliktogri keladigan xususiyatdir. Ma'lumki, investor kelajakda investitsiya miqdoridan ko'p foyda olish uchun iqtisodiy resurslarni investitsiya qiladi. “Investitsiya” atamasining yagona va umumiy huquqiy talqini hali ishlab chiqilmagan. Turli xil manbaalarda turlicha bayon etiladigan tushunchalar shunchalik ko'pki, "investitsiya"ga umumiy huquqiy ta'rifni berishning iloji yo'q. Huquqiy ta'rif investitsiya ishtirokchilarining sub'ektlar tarkibiga, shaxsning fuqaroligiga, ro'yxatdan o'tgan va faoliyat yuritadigan joyiga, investitsiya qilinadigan mablag'lar miqdoriga va boshqalarga bog'liq bo'ladi 9 . Shuning uchun milliy va xalqaro huquqning turli me'yoriy hujjatlarida investitsiyalarga berilgan turli ta'riflar mavjud. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya 8 Investitsiya huquqi. Mualliflar jamoasi. TDYI-2007.8-bet 9 Paulsson, J. A Guide to ICSID Arbitration / J. Paulsson, N. Blackaby. - The United Kingdom : Kluwer Law International, 2011. – 275 p. 10 faoliyati to’g’risida”gi qonunida investitsiyalarga investor tomonidan foyda olishni ko’zlab ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa sohalarga tavakkalchilik asosida tikiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga bo’lgan huquqlar, deya ta’rif berilgan 10 . Investitsiya faoliyatida e’tibor beriladigan jihat bu tavakkalchilik. Tavakkalchilik asosida quriladigan faoliyat, darhaqiqat muqim mezonlarga ega bo’lmaydi. Shuning uchun ham investitsiya faoliyatida xalqaro amaliyotda juda ham ko’p tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda va o’z-o’zidan bular nizolarga aylanib ketadi. Investitsiya nizolari tushunchasi ham investitsiya singari o'ziga xos qat'iy yoki umume'tirof etilgan huquqiy mazmunga ega emas. S.Krupko “investitsion nizolar”ga keng va tor ma’noda ta’rif beradi. Keng ma'noda investitsiya nizolari - bu investitsiyalar bilan bog'liq har qanday nizolar. Tor ma'noda investitsion nizolar deganda davlat va xususiy xorijiy investor o'rtasidagi birinchisining hududidagi investitsiyalari bilan bog'liq huquqiy nizolar tushunilishi kerak. Ikkinchisi odatda huquqiy doktrinada sarmoya deb ataladi. 11 Lekin bu mening nazarimda to’liq tushuncha emas. Chunki, investitsion nizo qabul qiluvchi davlat bilan bog’liq bo’lib qolmasdan, investitsiya kirituvchi tomonidan ham majuriyatlarni bajarmaganda ham yuzaga kelishi mukim. Bunda esa E.V. Popovning bu fikri tushunarliroq bayon etilgan, ya'ni investitsiya nizolarini kelishmovchiliklarni hal qilish yoki investitsiya faoliyati jarayonida yuzaga keladigan nizolarni hal qilishning eng yaxshi variantini izlash bilan bog'liq bo'lgan huquqiy munosabatlar majmui sifatida belgilaydi 12 . Umumlashtiradigan bo’lsak, Investitsion nizolar deganda investor, davlat yoki boshqa yuridik shaxs va qabul qiluvchi oʻrtasidagi investitsiya shartnomasini yoki investitsiya bilan bogʻliq boshqa huquq va majburiyatlarni bajarish boʻyicha kelib chiqadigan nizolar tushuniladi. 10 O’zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida“gi qonuni. 3-modda 11 Крупко С. Инвестиционные споры между государством и иностранным инвестором. Москва: БЕК, 2002. С.6 12 Попов Е.В. Разрешение международных инвестиционных споров // Правоведение. — 2000. — No 4. — С. 459 11 Investitsion faoliyatni yuzaga keladigan huquqiy nizolar (investitsiya nizolari) xilma-xil bo'lib, turli asoslarga ko'ra tasniflanishi mumkin: sub'ekt tarkibi, munosabatlarning xarakteri, qo'llanilishi kerak bo'lgan qonun, vakolatli organ, nizolarni hal qilish tartibi va boshqa asoslarga ko’ra. Biz investitsiyaviy nizolarni ikkita guruhga ajratib olishimiz mumkin: 1) qabul qiluvchi davlat va investor davlat o'rtasidagi nizolar yoki xalqaro huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, xalqaro (davlatlararo) xususiyatga ega bo‘lgan va xalqaro huquq tizimi doirasida xalqaro ommaviy huquq normalari asosida hal qilinadigan nizolar; 2) xorijiy investor va boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs yoki qabul qiluvchi davlat o'rtasidagi fuqarolik, ma'muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar 13 . Milliy darajadagi investitsiyani amalga oshirishni tartibga soluvchi hujjatlar davlatlar tomonidan xalqaro investitsiyalarining iqtisodiyot uchun foydali bo’lgan holda foydalanish hamda ular yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan milliy qonunchiligimiz hujjatlarini ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan tavsiflanadi 14 Bir davlat hududiga boshqa bir davlat investitsiyasi kirib kelganda qabul qiluvchi davlat kirituvchi davlatning yoki xorijiy shaxslarning ham manfaatlarini hisobga olib qonun loyihalarini ishlab chiqadi va ularga qo’shimcha imkoniyatlar taqdim etadi. Yuzaga keladigan salbiy ta’sirlarni oldini olish ikki davlat uchun ham foydali bo’lishi lozim. “Davlatlar va boshqa davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari oʻrtasidagi investitsiya nizolarini hal qilish toʻgʻrisida”gi Vashington konvensiyasining muqaddimasida xorijiy investitsiyalarning aniq maqsadi – qabul qiluvchi davlatning iqtisodiy rivojlanishini ragʻbatlantirish borligi belgilab qoʻyilgan. 15 Investitsion faoliyatning asosiy mazmuni ham shunda deb o’ylayman. Negaki, bir davlatga 13 В.Н. Лисица. Инвестиционное право: учебник. – М.: ННИГУ, 2015. 478 14 Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Risola. / D.A.Eshanova, S.Axrorova – T.: TDYU nashriyoti, 2022. 21 b 15 Конвенция об урегулировании инвестиционных споров между государствами и физическими или юридическими лицами других государств (ИКСИД/ICSID) (Заключена в г. Вашингтоне 18.03.1965) 12 kapital kiritilayotganda avval investitsiya tikuvchi o’zini manfaatini ko’zlaydi, qolaversa bu qabul qiluvchi davlat uchun ham foydali bo’ladi. Kapital esa pul ko’rinishida bo’lishi shart deb ko’rsatilmaydi. “Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikni tashkil etish to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 12- moddasi, kapital qo‘yilmalarning barcha turlari investitsiyalar sifatida tan olinadi. 16 Shu bilan birga, investitsiyalarni qabul qiluvchi davlat fuqarosidan olingan investitsiyalar, agar ular chet eldan o‘tkazilgan bo‘lsa, xorijiy investitsiyalar deb e’tirof etilishi mumkin. Investitsion nizolar davlat (yoki davlatning har qanday vakolatli organi) va boshqa davlatning shaxsi (jismoniy yoki yuridik) oʻrtasidagi investitsiyalar bilan bogʻliq munosabatlardan kelib chiqadigan huquqiy nizolar deb taʼriflanadi. Investitsion nizolar turkumiga ahdlashuvchi davlat va boshqa ahdlashuvchi davlatlar shaxslari o‘rtasida xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq holda kelib chiqadigan nizolar kiradi. Xususan, xorijiy investitsiyalar faoliyatidagi munosabatlardan kelib chiqadigan investitsiya nizolari; Ahdlashuvchi davlat va xorijiy xususiy investor o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar; tomonlarning tabiati va ko‘lami, qonuniy huquq va majburiyatlari, ushbu investitsiya shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni buzganlik uchun qoplash shartlari va miqdorlariga oid huquqiy nizolar 17 . UNCTAD bo’yicha har bir davlat o’z milliy qonunchilikda “investitsiya nizosi” tushunchasini o’zi belgilash imkoniyatini beradi. Bu norma turli davlatlarda iqtisodiyotning turlicha tarzda rivojlanganligi, mamlakatlarning rivojlanish darajasi bir-biriga mos kelmasligi bilan ta’riflansada, bu xalqaro amaliyotda turli xil 16 Сеульская конвенция 1985 года об учреждении Многостороннего агентства по гарантиям инвестиций (Сеул, 11 октября 1985 г.) 17 Данельян А.А., Фархутдинов И.З. Международный инвестиционный арбитраж: Учебное пособие. – М.; СПб., Центр гуманитарных инициатив, 2013. – 356 с. 13 tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda va umummiy normalarni yuzaga keltirmayapti. O’zbekiston qonunchiligida ham investitsiya nizoslarga to'g'ridan-to'g'ri ta'rifi yo'q. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunida investitsiyaviy nizolarni hal etish tartibi yoritib o’tilgan bo’lsada, investitsion nizo to’laqonli tushuntirilmaydi. Shuning uchun investitsiyaviy nizolarga quyidagicha ta’rif keltirib o’tishga harakat qildim: investitsiyaviy nizo – investitsiya faoliyatida qatnashuvchi taraflarning shartnomada belgilangan shartlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajrmasligi natijasida kelib chiqadigan, taraflarning biri o’z huquqlari buzilganligini e’tirof etishidan kelib chiquvchi nizolar. Bunda tikilgan kapitalning yo’qotilishi yoki qoplanmasligi asosiy manbaa bo’lib hisoblanadi. Umumlashtiruvchi bo’lsak, investor, davlat yoki boshqa yuridik shaxs va qabul qiluvchi hukumat oʻrtasidagi investitsiya shartnomasini yoki investitsiya bilan bogʻliq boshqa huquq va majburiyatlarni talqin qilish yoki amalga oshirish boʻyicha kelishmovchiliklar natijasida kelib chiqadigan nizolar tushuniladi. MDH davlatlari qonunchiligiga nazar solsak, ularda qisman ta;riflanganini ko’rishimiz mumkin. 1999 yil 9 iyuldagi "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy investitsiyalar to'g'risida" Federal qonunining 10-moddasida "chet ellik investor tomonidan Rossiyada investitsiyalar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan nizo" deya ta’riflanadi 18 . Bunday nizolar Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalariga va federal qonunlarga muvofiq sudda, hakamlik sudi yoki hakamlik sudida hal qilinadi. Qozog'iston Respublikasi qonunchiligida investitsiya nizolarining ta'rifi quyidagicha, ya’ni Qozog'iston Respublikasining 2015 yil 25 oktyabrdagi 375-V-sonli Tadbirkorlik kodeksining 296-moddasi: "investitsiya nizosi - kelishuvdan kelib chiqadigan nizo. investorlar, shu jumladan yirik 18 Об иностранных инвестициях в Российской Федерации [Электронный ресурс] : федер. закон от 9 июля 1999 года № 160-ФЗ // Собр. законодательства Рос. Федерации. - 1999. - № 28. - Ст. 3493. – СПС “Консультант-плюс”. 14 investorlar va davlat organlari o‘rtasida investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq aniq majburiyatlar” 19 . Xorijiy adabiyotlarda investitsiya nizolarining turli tasniflari mavjud. MM. Boguslavskiy investitsion nizolarni quyidagicha ajratadi 20 : 1. Xalqaro amaliyotda xorijiy xususiy investor va xususiy sarmoyani qabul qiluvchi davlat o‘rtasidagi nizolar tushuniladigan sarmoyaviy nizolar. Ushbu turkumga milliylashtirish va majburlov choralarini qo'llashda kompensatsiya to'lash shartlari va tartibi, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari natijasida investorga etkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi nizolar kiradi. 2. Qo‘shma korxona ishtirokchilari (sheriklari) o‘rtasidagi nizolar, ishtirokchilardan biri bilan qo‘shma korxona o‘rtasidagi nizolar. Bular, bir tomondan, xorijiy sarmoyadorlar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona joylashgan mamlakat korxona va firmalari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolar deb ataladi. S.Krupko “investitsiya nizosi” tushunchasini tor ma’noda ko‘rib chiqqan holda, mezonga qarab bir nechta tasniflarni taklif qiladi. Talablarning xususiyatiga ko'ra investitsiya nizolari quyidagilarga bo'linadi: • Xususiy huquq - zararni qoplash, jarima undirish, investisiya shartnomasiga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha nizolar. • Ommaviy huquq - ekspropriatsiya tamoyillariga, tovon to'lash tamoyillariga rioya qilish to'g'risidagi nizolar. • Aralash – investorning ham ommaviy, ham xususiy huquq xarakteridagi da’volari bilan bog‘liq nizolar. 19 Qozog’iston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi. 296-modda. 20 Богуславский М. М. Правовое положение иностранных инвестиций, с. 162. 15 Investitsion nizo predmetiga qarab quyidagilarga ajratiladi: • investorning investitsiya faoliyatini amalga oshirishga ruxsati bilan bog‘liq nizolar. Masalan, tanlovda ishtirok etishni rad etish, investitsiya shartnomasini tuzishni rad etish. • investitsiya faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq nizolar. Ivestitsiya shartnomasining amal qilishi, investitsiya shartnomasi shartlarini sharhlash, tomonlarning majburiyatlari belgilashi, investitsiya faoliyati shartnomasi shartlarini o'zgartirishi, tomonlarning investitsiya shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, investitsiya faoliyati jarayoniga, investitsiya shartnomasi predmetini amalga oshirish jarayoniga qabul qiluvchi davlatning bir tomonlama aralashuvi, qabul qiluvchi davlatning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilishi investitsiya bilan bog’liq nizolarni yanada aniq ko’rsatib beradi 21 . Vashington konventsiyasining ishtirokchisi bolgan davlatlar milliy qonunchiligida “investitsiyaviy nizo” tushunchasini huquqiy sharhlash vakolatiga ega, yaʼni investitsiyaviy nizolar tushunchasini huquqiy mustahkamlash asosida, investitsiyaviy nizolarni hal qilish boʼyicha xalqaro markazga taqdim etiladigan investitsiyaviy nizolarni belgilash huquqiga ega hisoblanadi 22 . Mazkur konventsiyaning 25-moddasining 4-bandiga asosan, nizolashuvchi davlat investitsiyaviy nizoni xalqaro markazga (ICSID) taqdim etish vakolatiga ega. Oʼzbekiston Respublikasi “Davlatlar va chet el shaxslari oʼrtasidagi investitsiyaga doir nizolarni hal etish tartibi toʼgʼrisida”gi (Vashington, 1965 yil 18 mart) va “Chet el mamlakatlari hakamlik qarorlarini eʼtirof etish va ijro etish 21 Крупко С. Инвестиционные споры между государством и иностранным инвестором. Москва: БЕК, 2002, стр. 10 22 Баратова М.А. Инвестиционные споры: понятие, виды, способы разрешения//Законодательство, 1998. №4. 16 toʼgʼrisida”gi Konventsiya (Nyu-York, 1958 yil 10 iyunь) larni qabulqilgan hamda ularda investitsiyaviy nizolarni hal qilishning tartibi belgilangan. 23 . 23 Баратова М.А. Инвестиционные споры: понятие, виды, способы разрешения//Законодательство, 1998. №4. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling