Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1556780
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BMI. G\'ulomjonovS1




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI 
 
FUQAROLIK PROTSESSUAL VA IQTISODIY PROTSESSUAL 
HUQUQI KAFEDRASI 
 
G’ULOMJONOV SAIDAHROR MUHAMMADYUSUF O’G’LINING 
INVESTITSIYAVIY NIZOLARNI SUDDA KO’RISHNING PROTSESSUAL 
XUSUSIYATLARI 
Mavzusida yozilgan 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
Ilmiy rahbar:”Fuqarolik protsessual va 
iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi 
o’qituvchisi, yu.f.n.prof. Z.N.Esanova 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2023 



M U N D A R I J A 
KIRISH……………………………………………………………………………..3 
I BOB. IQTISODIY SUD ISHLARINI YURITISHDA INVESTITSIYAVIY 
NIZOLARNING UMUMIY TAVSIFI 
1.1. Investitsiyaviy nizolar tushunchasi va tasnifi. …………………………………9 
1.2. Investitsiyaviy nizolarning vujudga kelish asoslari…………………………..17
1.3. Investitsiyaviy nizolarning taalluqliligi va sudlovliligi……………………….24 
II 
BOB. 
INVESTITSIYAVIY 
NIZOLARNING 
PROTSESSUAL 
XUSUSIYATLARI. 
2.1. Investitsiyaviy nizolarda ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish………30 
2.2. Investitsiyaviy nizolarni hal etish tartibi………………………………………36 
2.3. Investitsiyaviy nizolarni hal qilish sohasini xalqaro qonunchilik nigohida milliy 
qonunchilikni takomillashtirish. ..............................................................................41 
XULOSA………………………………………………………………………….51 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….53 
ILOVALAR……………………………………………………………………….57 



KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatlar iqtisodiyoti 
oʻrtasida kapital ayirboshlash shakllaridan biri xalqaro investitsiyalardir. Kapital 
oqimining hajmi va investitsiya faolligining rivojlanish intensivligi ushbu ishning 
dolzarbligini ko'rsatadigan sabablardan biridir. Yana bir sabab shundaki, xalqaro 
investitsiyalar sohasida hozirgi vaqtda davlatlarning investitsiya faoliyatiga 
yondashuvida tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda va bunga hamohanglikda 
mamlakatimizda ham investitsiya salohiyatini kuchaytirish masalasi ustuvor vazifa 
hisoblanmoqda. Prezidentimiz ham xorijiy investitsiyalar O’zbekiston iqtisodiyoti 
uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etishini, xorijiy sarmoyalarni va ilg’or 
texnalogiyalarni iqtisodiyotimizga jalb qilish uchun barcha mutasaddi tashkilotlarni, 
O’zbekistonning chet eldagi vakolatxonalarini jiddiy ish olib borishi lozimligini 
ta;kidlab kelmoqdalar
1
. 
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish chog’ida esa ko’plab nizolar vujudga 
kelmoqda. Investorlar va davlatlar o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni 
hal qilish mexanizmini ta'minlash uchun ham investitsion nizolarni hal qilish muhim 
ahamiyatga ega. Davlat chet ellik investor bilan investitsiya shartnomasini tuzganda, 
odatda o'z hududida sarmoya kiritishni rag'batlantirish maqsadida investorga ma'lum 
himoyalarni taqdim etadi. Bu himoyalar adolatli munosabatni hamda kamsitish 
choralaridan himoya qilishni o'z ichiga olishi mumkin bo’ladi. Biroq, ushbu 
himoyalarga qaramay, nizolar paydo bo'lishi mumkin. Masalan, investor davlat 
investitsiya shartnomasi bo'yicha o'z majburiyatlarini kamsituvchi qonunlar yoki 
qoidalarni qabul qilish orqali buzganligini da'vo qilishi mumkin, davlat esa uning 
harakatlari jamoat salomatligi yoki xavfsizligini himoya qilish uchun zarur bo'lgan 
deb da'vo qilishi mumkin. Bunday nizolar o‘z vaqtida va qoniqarli hal etilmasa, 
investor-davlat munosabatlarining buzilishiga olib keladi, sarmoya kiritilishini 
to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
1
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq faravonligi garovi. Sh.Mirziyoyev. T-
2017. 20-bet. 



Investitsion nizolarni hal qilish mexanizmlari bunday nizolarni hal qilish 
uchun neytral yechimni ta'minlaydi. Ular vositachilik, arbitraj va sud jarayonini o'z 
ichiga olgan bir qator variantlarni taklif qilishlari mumkin. Ushbu mexanizmlar 
nizolarning adolatli, samarali va shaffof hal etilishini ta'minlashga yordam beradi. 
Bundan tashqari, investitsiya nizolarini hal etishning samarali tizimining mavjudligi 
investorlarga ma’lum bir davlatga sarmoya kiritishda ko‘proq ishonch hosil qilishi 
mumkin, chunki ular kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ularning huquqlarini 
himoya qilish mexanizmlari mavjudligini bilishadi. 
Qolaversa, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston 
taraqqiyot strategiyasi” asarida 2026-yilgacha mamlakatimizga mahalliy va xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish maqsadida alohida strategiya tuzib chiqish belgilangan
2

Ushbu sohani rivojlantirish va isloh qilish maqsadida prezidentimiz tomonidan 
investitsiya faoliyatini amalga oshirishning erkinligini, investorlar huquqlari va 
qonuniy manfaatlari kafolatlarini, investitsiyalar bilan bog’liq munosabatlarni 
tartibga solish uchun yagon Investitsiya kodeksi ishlab chiqish zarurligi taklif etildi. 
Bu esa mamlakatimizda investitsiya sohasi va unga aloqador munosabatlar naqadar 
dolzarbligini ko’rsatib beradi. Kundan kunga o’zgarib borayotgan dunyoda jamiyat 
hayotidagi barcha sohalarining globallashuv tendentsiyasi kuchayishda davom 
etmoqda. Bu o’zgarishlar iqtisodiy sohaga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan 
qo’ymaydi. Mamlakatlar islohotlar bilan uzviy bog’liqlikda zamonaviy yo’llardan 
foydalanadi. Xususan O’zbekiston ham ichki va tashqi iqtisodiyotni o’stirish uchun 
ko’plab amaliy ishlarni amalga oshirmoqda, qonunlar ishlab chiqmoqda, 
tadbirkorlik muhitini o’stirmoqda va chet eldan investitsiyalar jalb qilmoqda. 
Konstitutsiyamizda muhtahkamlanganidek, davlat qulay investitsiyaviy va 
ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi
3
. Bu xalqimiz turmush tarzini o’sishida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
2
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Sh.Mirziyoyev. T-2022. 128-bet. 
3
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 67-modda 



Oʼzbekiston Respublikasi investitsiyaviy salohiyatini yaxshilash koʼp 
jihatdan, investorlarning mulkiy huquqlarini muhofaza qilish tizimini yaxshilash 
hamda ularning huquqlarini kafolatlash bilan bogliq. Zero, Oʼzbekiston 
Respublikasida investitsion nizolarni hal qilish mexanizmi yetarli darajada 
takomillashmaganligi, ushbu sohada milliy tajribaning mavjud emasligi
mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalar kirib kelishiga salbiy taʼsirlar 
koʼrsatmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, o'tgan yillar mobaynida iqtisodiy 
sudlarda 3 mingdan ortiq chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxonalar bilan bog'liq nizolar hal etilgan
4
. Xususan, 2021-yilda iqtisodiy sudlarda 
400ta, 2022-yilda 424 ta, 2023-yilning 3 oyida 49 ta investitsiya nizolari bilan 
bog’liq ishlar birinchi instansiyada ko’rilgan. Lekin bu ishlarda investotlarning 
huquqlarining himoya qilinishi talab darajasida bo’lmagan. Negaki, 2022-yil 
bo'yicha O’zbekiston Jahon bankining “Biznesni yuritish” (Doing Business) xalqaro 
reytingida “Shartnomalar ijrosini ta'minlash” indikatori bo'yicha 69-o’rinni band 
etgan. Mamlakatda odil sudlov tizimi, uning sifatliligi darajasi, iqtisodiy sohadagi 
nizolarni ko'rib chiqishda sud jarayonining shaffofligi va ishlarni ko'rib chiqish 
samaradorligi kabi mezonlar bilan aniqlanuvchi ushbu reytingdagi o’rnimiz 
islohotchi mamlakat sifatida juda yomon ko’rsatgich
5
.
Xalqaro darajada investitsion faoliyatning kafolatlash maqsadida ko’plab ishlar 
amalga oshirilgan. Bularga misol qilib, 1964-yil 30-dekabrda Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Kotibiyati tizmida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va 
taraqqiyot bo’yicha konferensiyasi (The United Nations Conference on Trade and 
Devoelopment - UNCTAD) tashkil topgan va jahon miqyosida rivojlangan 
mamlakatlar manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilganini keltirsak bo’ladi
6

Lekin UNCTAD tavsiyaviy asosida majburiy boʻlmagan tamoyillarning 
qabul qilib, tashqi yoʻnalishga ega boʻlgan, jahon toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy 
4
https:// Stat.sud.uz sayti 
5
https://archive.doingbusiness.org/en/rankings 
6
UNCTAD, World investment report (2014). //www.unctad.org 



investitsiyalar oqimining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini tashkil etuvchi 
rivojlangan, rivojlanayotgan va oʻtish davridagi iqtisodiyotlarning turli guruhlari 
oʻrtasida investitsiyalar boʻyicha xalqaro normalarni qabul qiladi. UNCTAD 
muvozanatni topish masalasini alohida ta'kidlaydi: Asosiy tamoyillar kompaniyalar 
va davlatlarning huquq va majburiyatlari, liberallashtirish va tartibga solish 
o'rtasida, shuningdek, qabul qiluvchi mamlakatlar va ularning kelib chiqishi 
mamlakatlarining strategik manfaatlari o'rtasida nozik muvozanatni o'rnatadi. 
Bundan tashqari, xalqaro miqyosda investitsion faoliyat munosabatlarini tartibga 
soluvchi 1965 yil 18 martda imzolangan “Davlatlar va chet ellik shaxslar o‘rtasidagi 
investitsion nizolarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi Konvensiyaga muvofiq
investitsiya nizolarini hal qiluvchi Xalqaro Markaz (International Centre for 
Settlement of Investment Disputes - ICSID) tashkil etilgan
7

Bundan kelib chiqadiki, investitsion faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga 
solish, kelib chiqadigan nizolarni oqilona xal etish, investorlarning huquqlarini 
kafolatlash, ularga qulayliklar yaratib berish barcha mamlakatlarning iqtisodiy 
sohasidagi asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling