Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi


 Investitsiyaviy nizolarning taalluqliligi va sudlovliligi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1556780
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
BMI. G\'ulomjonovS1

1.3. Investitsiyaviy nizolarning taalluqliligi va sudlovliligi. 
O'zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati 
to'g'risida”gi qonunining 61-moddasiga muvofiq, davlat organlarining investitsiya 
faoliyati sub'ektlarining huquqlarini va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini 
buzadigan yoki kamaytiradigan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining shunday 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat 
qilinishi mumkinligi belgilangan
31
. Faoliyatdan norozi bo’lgan taraflar o’z 
huquqlarini talab qilish niyatida sudlarda talab qilib oladi.
Oʼzbekiston qonunchiligida investitsiya faoliyatida kelib chiqadigan nizolar 
bilan bogliq ishlar maʼmuriy va iqtisodiy sudlarga taalluqliligi korsatib o’tiladi
32

Bularning alohida tartibi ko’rsatilgan bo’lib, biz uni qonuniy manbaalarga 
asoslangan holatda ko’rib chiqamiz. 
Mamuriy sud ish yurituvi togrisidagi Kodeksning 26-moddasiga kora, 
belgilangan ishlarning taalluqliligiga koʼra, maʼmuriy sud davlat boshqaruvi 
organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli 
organlarning, oʼzini oʼzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining 
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning 
huquqlarini va qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, 
harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʼgʼrisidagi ishlarni hal qiladi
33

Iqtisodiy protsessual kodeksning 25-moddasida belgilangan ishlarning 
taalluqliligiga koʼra, iqtisodiy sud iqtisodiyot sohasida davlat organlari va 
investorlar oʼrtasidagi ularning investitsiya faoliyatidan kelib chiqadigan fuqaroviy, 
maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarni hal 
etadi
34

31
O'zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida”gi qonuni. 61-modda 
32
Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash va ularni ko’rish bo’yicha Qo’llanma. 
T-2020. 8-bet 
33
Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi Kodeks. 26-модда 
34
Iqtisodiy protsessual kodeks. 25-модда 


25 
Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksda investitsiyaviy nizolar deya, 
investorlar bilan maʼmuriy organlar oʼrtasidagi ular mansabdor shaxslarining 
shartnomalarning shartlariga amal qilinishi bilan bogʼliq qarorlariga, harakatlariga 
(harakatsizligiga) doir ishlar kiritilgan
35

Iqtisodiy protsessual kodeksga koʼra, investitsiyaviy nizolar boʼyicha ishlar 
quyidagilar hisoblanadi
36

1) investitsiya shartnomalarini oʼzgartirish, tuzish
va bekor qilish bilan bogʼliq nizolar;
2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar; 
3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bogʼliq nizolar;
4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliqqa, bojxonaga oid, 
ijtimoiy, ekologik majburiyatlarning va boshqa majburiyatlarning investor 
tomonidan bajarilishi bilan bogʼliq nizolar;
5) investitsiya shartnomasi boʼyicha investorga berilgan mol-mulkni talab 
qilib olish, shuningdek bunday shartnoma boʼyicha neustoyka undirish va (yoki) 
zararlarni oʼrnini qoplash toʼgʼrisidagi nizolar. 
Bundan korinib turibdiki, maʼmuriy va iqtisodiy sudlarga taalluqli boʼlgan 
investitsiyaviy nizolar bevosita investitsiya shartnomasi bilan bogʼliq boʼlgan va 
undan kelib chiqadigan nizolar kiradi. Yani investitsiya shartnomasi investitsiya 
faoliyati subʼektlari oʼrtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining 
huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim hisoblanadi. 
Investor va davlat organlari oʼrtasida ularning investitsiya faoliyati bilan bogʼliq 
shartnoma majburiyatlari yuzasidan kelib chiqqan nizo investitsiyaviy nizo sanaladi. 
Investorning ushbu faoliyati bilan bogʼliq shartnoma majburiyatlari 
investitsiya faoliyatini amalda qollash uchun investor va davlat organi oʼrtasidagi 
investitsiya shartnomalari, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida 
kelishuvlar(shartnomalar), xususiylashtirish jarayonida sotib oluvchi (xaridor) 
tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan davlat 
35
Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi Kodeks. 27-модда 
36
Iqtisodiy protsessual kodeks. 30-модда 


26 
mulkining oldi-sotdisi shartnomalari rasmiylashtirilgan investorlar va davlat 
organlari oʼrtasidagi majburiyatlar tushuniladi. 
Bunda investitsiya faoliyatini amalga oshirish boʼyicha shartnoma turlicha 
bolishi yoki bolmasligi ham mumkin. Lekin, unda asosiy farqli jihatlari, yaʼni 
shartnoma predmeti (investitsiya obʼekti), ulush miqdori, shuningdek, bunday 
turdagi shartnomadagi barcha muhim shartlar boʼlishi shart. 
Investitsiyaviy nizolar boʼyicha ishlar yirik investorning xohishiga koʼra, 
bevosita Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy 
nizolar investorning xohishiga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar maʼmuriy sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida 
koʼrilishi mumkin
37

Investitsiyaviy nizolar boʼyicha ishlarning iqtisodiy sudlarning sudloviga 
tegishliligi ham korsatib otiladi. Unga koʼra, investitsiyaviy nizolar boʼyicha ishlar
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʼriladi, boshqa investitsiyaviy 
nizolar Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar 
suditomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida koʼriladi va bu yirik investorning 
xohishiga koʼra amalga oshiriladi. 
Bunda eng asosiy jihat, ishlarning sudlovga tegishliligi investor hisoblanuvchi 
arizachi (daʼvogar)ning tanlovi boʼyichi amalga oshirilishi belgilangan. Аgar 
arizachi yirik investor hisoblanmasa, u oʼz tanloviga koʼra qarori nizolashilayotgan 
maʼmuriy organ joylashgan joydagi yoxud harakati (harakatsizligi) ustidan 
nizolashilayotgan mansabdor shaxsning ish joyi joylashgan tumanlararo maʼmuriy 
sudga yoki javobgar joylashgan yerdagi Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyat, 
Toshkent shahar maʼmuriy sudiga murojaat qilishi mumkin. 
Oʼz navbatida, agar arizachi yirik investor bolib, u oʼz tanloviga koʼra 
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudiga yoki javobgar joylashgan yerdagi 
Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudiga murojaat qilishi 
mumkin. 
37
Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi Kodeks. 28-модда 


27 
Аgar arizachi yirik investor bolib, u oʼz tanloviga binoan: 
- maʼmuriy sudga taalluqli ishlar boʼyicha qarori nizolishilayotgan maʼmuriy 
organ joylashgan joydagi yoxud harakati (harakatsizligi) ustidan nizolashilayotgan 
mansabdor shaxsning ish joyi joylashgan tumanlararo maʼmuriy sudga yoki 
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudiga; 
-iqtisodiy sudga taalluqli ishlar boʼyicha javobgar joylashgan yerdagi 
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudiga yoki Oʼzbekiston Respublikasi Oliy 
sudiga murojaat qilishi mumkin. 
Yirik investor tomonidan Oliy sudga daʼvo (shikoyat) berishda, u 
investitsiyani amalga oshirish boʼyicha shartnomani va yirik investor maqomiga ega 
ekanligini tasdiqlovchi hujjatni, yirik investor boʼlmagan shaxs tomonidan viloyat 
boʼgʼinidagi sudga shikoyat berilganda esa, investitsiyani amalga oshirish boʼyicha 
shartnomani taqdim etishi shart. 
Daʼvogarning tanlovi boʼyicha sudlovga tegishlilik qoidasi davlat organlariga 
tatbiq etilmaydi. Shuning uchun investorning (yirik yoki yirik emasligidan qatʼiy 
nazar) investitsiya faoliyati bilan bogʼliq nizo vujudga kelganda, davlat organi, agar 
investor Oʼzbekiston Respublikasi rezidenti boʼlsa, javobgar (investor) joylashgan 
yerdagi iqtisodiy sudga, yoxud sudlovga tegishlilikni oʼzgartirish toʼgʼrisida 
kelishuv (shartnoma boʼyicha sudlovga tegishlilik) mavjud boʼlsa, boshqa iqtisodiy 
sudga daʼvo arizasi bilan murojaaat qilishi kerak. 
Investitsiyaviy nizolarning sudlovliligi turdosh sudlovlilik hisoblanadi. 
Chunki iqtisodiy protsessual qonunchilik yirik investorning ushbu toifadagi ishlar 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning 
istagiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar 
sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqilishini belgilagan. Bu 
yerda turdosh sudlovlilikni belgilovchi asosiy mezon sifatida ishning turini – 
investitsiyaviy nizo, subektini – yirik investor ko‘rsatish mumkin
38
. Bu normalar 
noqulaylikni keltirib chiqaradi, ya’ni bu borada salbiy omillar ham yo’q emas. 
38
Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik. – Toshkent: TDYU, 2022. 28b 


28 
Investitsiya bilan bog’liq iqtisodiy, ma'muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan nizolar turlicha sudlar tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Yuqorida 
ta’kidlab o’tganimizdek, iqtisodiy sohaga oid nizolar iqtisodiy sudlar, davlat 
organlari bilan kelib chiqadigan nizolar ma'muriy sudlar tomonidan ko'rib chiqilishi 
ko’rsatib o’tilgan. Bu esa, o'z navbatida, investorlar faoliyatiga oid nizolar bo'yicha 
qarorlar qabul qilishda turli xil sud amaliyoti shakllanishiga sabab bo'lmoqda. 
Investitsiya bilan bog’liq nizolarni hal qilishga qaratilgan sud tizimini 
takomillashtirish hamda investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilinishini ta'minlash maqsadida Prezidentimizning 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar 
faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir 
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni qabul qilingan
39
. Ushbu farmon 
bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudida investitsiyaviy nizolarni ko'rish bo'yicha 
sudlov tarkibini tuzish belgilangan bo’lib, sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan 
sanada yigirma million AQSH dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan miqdorda 
investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar va davlat organlari 
o'rtasida vujudga keladigan investitsiyaviy nizolarga oid ishlarni ko'rish vakolati 
berilgan. Bunda investitsiyaviy nizolar bo'yicha yirik investorlarning, raqobatga oid 
ishlar bo'yicha taraflarning xohishiga ko'ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov 
tarkibi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko'rilishi hamda qolgan 
investitsiyaviy 
nizolar 
investorlarning 
xohishiga 
ko'ra, 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi 
sifatida ko'rilishi mumkinligi belgilangan. 
Bundan tashqari investitsiyaviy nizolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qo‘mitasining 2011-yil 1-fevraldagi 
qaroriga asosan Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi tashkil qilingan. Bu 
tashabbus O’zbekistondagi investitsion faoliyatda investorlarning huquqlarini 
kafolatlashda muhim jihat bo’ldi.
39
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov 
samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni. 


29 
“Investorning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Moskva 
Konvensiyasining 11-moddasiga binoan, investitsiya faoliyatini yuzaga keladigan 
nizoda ishtirok etayotgan davlatlarning sudlari yoki arbitraj sudlari, shuningdek, 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Demak 
O’zbekiston hududida vujudga kelgan investitsion nizolar MDH Iqtisodiy sudi 
tomonidan ko’rilishi ham mumkin, faqat bu investor xohishiga va o’rtadagi 
investitsion shartnoma shartiga ham bog’liq hisoblanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling