Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi
Investitsiyaviy nizolarni hal qilish sohasini xalqaro qonunchilik nigohida
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI. G\'ulomjonovS1
2.3 Investitsiyaviy nizolarni hal qilish sohasini xalqaro qonunchilik nigohida
milliy qonunchilikni takomillashtirish. Investitsiyalarni rivojlantirish va himoya qilish borasida Oʼzbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan. Bu kabi bitimlarni tuzish asosan, chet el investitsiyalarini himoya qilish, investorga oʼz daromadlari va kapitallarini chet elga toʼsqinliksiz oʼtkazish imkoniyatini berish, investor bilan uning kapitali yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni xalqaro arbitrajda koʼrib chiqish uchun yaratiladi . Аksariyat xalqaro investitsiya shartnomalarida “sharhlash yoki qoʼllash” bilan bogʼliq nizolarni davlatlar oʼrtasida hal qilishini belgilab qoʼyadi. Biroq bunday nizolar kamdan kam yuzaga keladi. Shunday boʼlsada, ushbu jarayonda hal etilishi kerak tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Jumladan, bunday nizolar barcha holatlari yuzasidan boʼlishi yoki bu holatda ham istisnolarga yoʼl qoʼyilgan yoki qoʼyilmaganini aniqlash lozim. Bu borada davlatlar oʼrtasidagi nizolarning aksariyati barcha holatlarini qamrab oladi, lekin ayrim shartnomalarda bu masalada intisnolar ham keltirib oʼtiladi. Davlatlar oʼrtasidagi nizolar arbitrajda koʼrilishidan avval ular boʼyicha tomonlar oʼrtasida maslahatlashuv va muzokaralar oʼtkazilishi talabi shartnomalarda korsatilgan boladi. Аgarda bunday maslahatlash va muzokaralardan soʼng nizo yuzasidan ijobiy yechim topilmasa, unda nizo arbitrajga topshirilishi mumkin. Davlatlararo arbitraj jarayonlari anʼanaviy ravishda shaffof boʼlmay, arbitraj ish jarayoni, xabarnomalari va qarorlari aksariyat hollarda oshkor qilinmagan. So'nggi yillarda jahon hamjamiyati doirasida, tobora ko'proq xalqaro ko'p tomonlama va mintaqaviy xulosalar chiqara boshladi. O'zaro hamkorlikni rivojlantirish va rag'batlantirishga qaratilgan bitimlar xalqaro savdo va investitsiya faoliyati bitimlar, turli liberallashtirish bilan bir qatorda va savdoni qo'llab- quvvatlash muhim o'zaro munosabatlarni ham o'z ichiga oladi. Investitsiya jarayonini liberallashtirish va himoya qilish majburiyatlari bunday bitimlarning ishtirokchilari bo'lgan davlatlar o'rtasida bu qoidalarni o'z ichiga oladi va o'zlari ham xalqaro investitsion nizolar muammolarini hal qilish mexanizmlarini tartibga 42 soladi 55 . Bu borada ko'plab xorijiy davlatlarda ingliz huquqi tizimi ishlatilinmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda investorlar o'zi bilgan ingliz huquqi tizimida ish olib borishni ustun deb bilishadi hamdai ingliz huquqi bir necha davlatlar huquq tizimining foydali jihatlarini o'zida jamlagan huquq majmuasi bo'lib, qo'shma korxonalar tuzish, investitsiya kiritishda undan ko'p foydalaniladi. egiluvchanlik, shaffoflik, bashorat qila olish va, eng muhimi, tezlik bu tizimning afzal jihatlari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni mamlakatimizda ingliz huquqini joriy etish uchun dastlabki qadam sifatida xizmat qiladi 56 . Ushbu farmon bilan Adliya vazirligiga “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida ingliz standartlari, tamoyillari va normalari asosida alohida huquqiy rejim o'rnatish bo'yicha takliflar kiritish vazifasi topshirilgan. Bundan tashqari Prezidentimizning “Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʼbatlantirish to’g’risida”gi farmoni ham xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va ularning huquqiy kafolatlarini mustahkamlovchi mexanizm sifatida qaraladi 57 . Bundan tashqari O’zbekiston juda ko’plab mamlakatlar bilan ikki tomonlama investitsiya shartnomalarini imzolagan. Ikki tomonlama investitsiya bitimlari(BIT) xorijiy investor mol-mulkining to‘liq himoyasi va xavfsizligini ta'minlaydi, mahalliy yoki uchinchi davlat investorlariga nisbatan kamsitilishini, mol-mulkning omma manfaatiga zid ravishda va kerakli kompensatsiyalar to‘lanmagan holda, qonunlarga zid ravishda tortib olinishini taqiqlaydi. Bu mexanizm – davlatlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri neytral xalqaro arbitraj sudlariga da'vo qilish huquqini ham ta’minlaydi. Odatda xalqaro huquqda davlatlar yakka shaxs yoki yuridik shaxslarga 55 МЕЖДУНАРОДНЫЕ ИНВЕСТИЦИОННЫЕ СПОРЫ. УЧЕБНОЕ ПОСОБИЕ ДЛЯ СТУДЕНТОВ И СЛУШАТЕЛЕЙ МПФ М.П. БАРДИНА i drugie.2015. 36 56 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni 57 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʼgʼridan-toʼgʼri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʼbatlantirish to’g’risida”gi farmoni 43 ustilaridan xalqaro sudlarga davo qilishga imkon berishmaydi. Faqat 1960-yillardan boshlab ba'zi bir mamlakatlar xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun chet ellik investorlarga shunday huquqlar berishga rozi bo‘lishgan hamda investitsiya bitimlariga bu qoida kiritila boshlandi. Hozirda bunday bitimlarning butun dunyodagi soni 3000dan ortiq. Aynan shu xalqaro huquqiy mexanizmini amalda qo’llagan holda yuridik yoki yakka shaxs bo‘lgan xorijiy investor katta bir davlatga nisbatan xalqaro arbitraj sudlarida da'vo bilan chiqishi mumkin. Shunday bo‘lyapti ham. Ma'lumotlarga ko‘ra, davlatlar va xorijiy investorlar o‘rtasida mingga yaqin shunday nizolar ko‘rib chiqilgan. Hozirda ko’plab chet el investorlari nizolarni bartaraf etish uchun xalqaro arbitraj sudlariga murojaat qilmoqda. Bu asosan mahalliy sudlarga bo’lgan ishonchsizlik asosida yuzaga keladi. Mahalliy sudlar va xalqaro arbitrajlarning asosiy farqi nimada? Nizolarni hal qiluvchi va qaror qabul qiluvchi arbitr (hakam)lar bir yoki uch kishidan iborat tarkibda faoliyat yuritadi hamda nizolashuvchi taraflar tomonidan tanlanadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi qonuni ushbu sohani mamlakatimizda rivojlanishi uchun huquqiy asos boʻlmoqda 58 . Yuqorida keltirganimizdek, xalqaro arbitraj sudi nodavlat sudi hisoblanadi, ya’ni davlatga bo’y sunmaydi. Iqtisodiy sud davlatning sud hokimiyati tarkibiga kiradi. O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi esa respublikamizda Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikni belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 2-moddasiga ko’ra, iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (yuridik shaxs) va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Ishlarni iqtisodiy sud hamda xalqaro arbitraj sudida ko’rib chiqishning asosiy farqi bu iqtisodiy sudda ishlar uch instansiyada ko’rilishi hisoblanadi. Dastlab, iqtisodiy ish birinchi instansiyada ko’rib chiqiladi. Birinchi instansiya sudining qaroridan norozi bo’lib, appellatsiya instansiyasiga shikoyat 58 O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi qonuni 44 qilish mumkin. Appellatsiya instansiyasi sudning 2- instansiyasi hisoblanadi. Undan keyingi instansiya bosqichi Kassatsiya deb nomlanadi. Arbitraj sudi esa ko’pi bilan ikkita instansiyada ko’riladi. Taraflar arbitraj muhokamasini xalqaro arbitraj instituti yoki hech qanday muassasa ishtirok etmaydigan qilib tashkil etishlari mumkin. Arbitraj sudi qarori ustidan keltirilgan shikoyat bo’yicha ko’riladigan ish arbitraj sudida ikkinchi instansiya sifatida qaraladi. Sud tarkibini shakllantirish ham tubdan farq qiladi. Iqtisodiy sudlarda muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi. Xalqaro arbitraj sudida esa, nizo doirasida qoʻllaniladigan qoidalar arbitraj instituti yoki taraflar tanlagan boshqa qoidalardan iborat boʻlishi mumkin. Taraflar o‘z xohishiga ko‘ra arbitrlar sonini belgilashi mumkin. Uch nafar arbitrli arbitrajda har bir taraf bittadan arbitrni tayinlaydi va shu tariqa tayinlangan ikki nafar arbitr uchinchi arbitrni tayinlaydi. Taraflar arbitrlar va qoidalardan tashqari, arbitraj muhokamasi oʻtadigan joy va tilni ham tanlash vakolatiga ega. Arbitraj taraflarga katta erkinlik berish bilan birga, nizolarni hal etish jarayoni ustidan nazorat qilish imkoniyatini ham taqdim etadi. Ushbu omil xalqaro tijorat arbitrajida muhim sanaladi. Chunki bir taraf ikkinchi tomonning sud tizimi talablarini bilmasligi hamda boshqa taraf ustunlikka ega boʻlishi mumkin. Shu o’rinda O’zbekiston ishtirok etgan xalqaro darajadagi investitsion nizolarni tahlil qilib chiqamiz. 2019 yil 4 oktabrda Investitsion nizolarni hal qilish xalqaro markazi ICSID Turkiyaning «GUNESH TEKSTIL» korxonasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi nizo hal etildi 59 . Xalqaro markaz qaroriga ko’ra, mulkiy huquqlar buzilgani sababli (Turkuaz ishi) O‘zbekistonda 2004-2011 yillarda savdo faoliyati bilan shug‘ullangan bir guruh turkiyalik investorlarga 40 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lanadigan bo’ldi. Xo’sh bu qanday sodir bo’ldi? Investor tomonidan keltirligan da’voda “GUNESH TEKSTIL” va uning 59 Investor-State Dipsutes: Prenebtion and Alternatives to Arbitration. UNCTAD series 45 hamkorlari Toshkentdagi savdo markaziga, shuningdek, O‘zbekistondagi «Turkuaz» savdo belgisi ostida faoliyat ko‘rsatgan bir qator savdo markazlariga egalik qilishgan. Nizo bo’yicha ularning mulklari ustida mahalliy organlar tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida kompaniya xodimlariga jismoniy tazyiq o‘tkazilgan, korxonalarga bojxona, import va soliq qonunlariga xilof ravishda faoliyat olib borish ayblari qo‘yilgan. Korxona xodimlari keyinchalik mamlakatdan deportatsiya qilingan. Investorlar bu harakatlarni ularning mulklarini tortib olish uchun oldindan puxta o‘ylangan, deya da’vo qilishgan. Katta qiymatdagi ushbu nizoda O‘zbekistonni dunyoga mashhur White and Case yuridik firmasi himoya qilgan bo‘lsa, turk tadbirkorlari Istanbuldagi Akinci Law Office xizmatidan foydalanishgan. Tortishuvga belgiyalik Hans Van Hut, fransiyalik Erik Shvars va britaniyalik Filipp Sandsdan iborat uch kishilik hakamlar hay'ati hakamlik qilgan. 2013 yil avgust oyida boshlangan ish 6 yil o‘tib, 2019 yil oktabr oyining 4-kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu ish Vashington konvensiyasiga muvofiq tashkil etilgan xalqaro markaz tomonidan hal etilgan. Xorijiy investor o‘z da'vosini 1992 yildagi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi «Kapital mablag‘larni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga doir» bitim va O‘zbekistonning 1998 yildagi «Investitsiya faoliyatiga oid» qonuniga asosan da’vo kiritgan. Arbitraj sudining xulosasiga ko’ra, O‘zbekiston tomoni turkiyalik investorlarning mol-mulkini Turkiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi Investitsiya bitimini buzgan holda tortib olgan. Shu bilan birga, xalqaro markaz tadbirkorlarning O‘zbekistonga qaratilgan kuch ishlatish orqali yetkazilgan ma'naviy zararni qoplashga oid da'vosini rad etgan hamda O‘zbekiston tomoniga 40 million AQSh dollari miqdorida jarima yukladi. Bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ikki tomonlama investitsiya bitimlariga doir hal etilgan eng katta jarima hisoblanib, 2013 yilda Britaniyaning Oxus Gold shirkatiga qo‘yilgan 10,3 million dollarlik kompensatsiyadan oshib tushdi. Yuqoridagi nizolar davlatimiz tuzgan ikki tomonlama bitimlarga asoslanib qo‘zg‘atilgan ishlardir. Ammo ichki qonunchiligimiz yoki davlat organining 46 investor bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar ham kam emas. Investitsiya himoyasiga doir qonunchilikka asoslanib qo‘zg‘atilgan va keyinchalik katta miqdordagi summa to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan eng mashhur ish Zarafshan-Newmont - O‘zbekiston investitsiya nizosi hisoblanadi 60 . 2006 yilda bir qator g‘arblik investorlarga nisbatan soliq imtiyozlari tugatilishi natijasida Newmont’ga berilgan soliq imtiyozi ham oldindan tugatilgan. Natijada amerikalik investor O‘zbekistonni xalqaro arbitraj sudiga bergan. Garchi bu ishda arbitraj sudi qarori chiqarilmagan bo‘lsada, ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston investor bilan kelishib, unga 78 million AQSh dollariga yaqin kompensatsiya to‘lagan. Ikkinchi ish 2012 yilda rossiyalik va amerikalik investorlar tomonidan tashkil etilgan telekommunikatsiya shirkati – MTSning litsenziyasi olib qo‘yilishi bilan bog‘liq holat. Mish-mishlarga sabab bo‘lib kelayotgan mazkur ish O‘zbekiston hukumati tomonidan eng katta abonent soniga ega bo‘lgan telekommunikatsiya shirkati litsenziyasining to‘satdan bekor qilinishi oqibatida kelib chiqqan edi. Bu ishda ham yakuniy qaror chiqqani yo‘q va taraflar kelishgan holda ishni hal etishdi. Mamlakatimiz sudlarida hal etilgan ichki investitsion nizolarga ham misol keltiradigan bo’lsak, Oliy sudda 2021-yilda “Migo overseas consulting xususiy bandlike agentligi” MCHJ ga nisbatan litsenziyaning amal qilinishini to’xtatish to’g’risidagi ish ko’rilgan. Ish hujjatlarida ko’rinishicha, MCHJ ning ustaviga ko’ra, ustav fondinign 15 foizini “Balcom Co Ltd” (Yaponiya) korxonasining ulushu tashkil qilgan. Ularda tashqaridan ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo’yicha litseziya bo’lgan. Sudning hal qiluv qarori bo’yicha litesenziya amal qilish muddati tugatilgan. Investorlarning huquqlarini qonunan kafolatlash yurtimizda yaxshi ishlamayotgani ko’rinib turibdi. Bu esa salbiy jihat, negaki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 60 https://xabar.uz/huquq 47 investitsiyalarning o‘rni iqtisodimizning rivojlanishi uchun juda muhim, chunki xorijiy investor qoida tariqasida nafaqat mablag‘, zamonaviy texnologiyalar, bebaho ishlab chiqarish va tijorat tajribalarni ham olib keladiki, ularning sharofatidan qisqa muddat ichida jahon standartlariga mos va xos raqobatbardosh ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Mamlakatimizda investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ahvol, yumshoq qilib aytganda, shunchaki abgor. Jahon bankining baholashicha, O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish darajasi sobiq ittifoq davlatlari orasidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. 2000–2017 yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof oqimi mamlakatning bir nafar fuqarosi boshiga 300 dollardan sal ko‘proqni tashkil etgan. Taqqoslash uchun: Estoniyada bu ko‘rsatkich 19,5 ming dollarga teng, Qozog‘istonda esa 9 ming dollardan ortiqroq. 2017 yilda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarning sof oqimi 96 million AQSh dollaridan sal kamroq miqdorni tashkil etdi, ya'ni bir kishi boshiga taqriban 3 dollardan to‘g‘ri keladi. Estoniyada 2017 yilda bu ko‘rsatkich 1182 dollarni tashkil etgan 61 . Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling