Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet100/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Da'vo bahosini aniqlash mezonlarini tahlil qiling, javobingizni misollar bilan asoslantiring.

  2. Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar sud xarajatlarining qaysi turiga kiradi javobingizni tahlil qiling.

  3. Sud xarajatlarini taqsimlash tartibini tushuntiring.

  4. Davlat bojini faytarish asoslarini misollar asosida tahlil qiling.

KAZUSLAR
1-kazus
“Omad” MChJ sudga javobgar “Shodlik” MChJga nisbatan 2017 yil 15 yanvardagi 17/2015-ME son mahsulot yetkazib berish haqidagi shartnomani bekor qilish, 75 450 000 so‘m asosiy qarz va 14 250 000 so‘m miqdorida penya undirish haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat qilgan.
Mazkur iqtisodiy ish yuzasidan da’vo bahosi qanday aniqlanadi hamda qancha miqdorda davlat boji to‘lanadi, javobingizni asoslantiring.
2-kazus
Da’vogar “Termiz neft baza” unitar korxonasi iqtisodiy sudga muojaat qilib, javobgar Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, qo‘shimcha javobgarlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Naqliyotdagi IIB, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK hisobidan neft mahsulotlarini yetkazib berish jarayonida yuzaga kelgan 1.437.124 so‘m miqdordagi kamomad va sud xarajatlarini undirishni so‘ragan.
Da’vo arizasiga 75.215 so‘m davlat boji 29801000700000825963 hisob raqamiga to‘langanligi haqida 2017 yil 12 avgustdagi 614-son to‘lov topshiriqnomasi ilova qilingan.
Aniqlanishicha, da’vogar tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi dalil hisoblangan 2017 yil 12 avgustdagi 614-son to‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra, davlat boji uchun amalga oshirilgan to‘lov 29801000100000825963 raqamli hisob raqamiga o‘tkazilgan. Toshkent shahar iqtisodiy sudning davlat boji uchun to‘lov hisob raqami 12.08.2017 yildan 23411000400000821241 (Toshkent shahar Xalq banki Amaliyot bo‘limi MFO 00821) hisoblanadi.
Shunga ko‘ra sud da’vogar tomonidan to‘lov amalga oshirilmagan deb hisoblab, da’vo arizasini qaytargan.
Davlat boji to‘lovini amalga oshirish uchun hisob raqamning o‘zgarganligi da’vo arizasini qaytarish uchun asos bo‘lishini protsessual va moddiy huquq normalarini qo‘llab izohlab bering.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling