Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet108/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKning 168-moddasiga ko‘ra sud muhokamasi davomida sud ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko'zdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, ko‘rsatuvlar va xulosalarni o‘qib eshittiradi.
Audio va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio va videoyozuvlar namoyish qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Dalillar vujudga kelish manbalariga qarab shaxsiy va ashyoviy dalillarga bo‘linadi.
Shaxsiy dalillar - bu faktlar haqidagi ma'lumotlar manbayi bo'lgan va aniq jismoniy shaxs tomonidan bildirilgan dalillardir, masalan:

  1. taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning bayonotlari;

  2. guvohlarning ko‘rsatuvlari;

  1. ekspertlarning xulosalari;

  2. mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) kiradi.

Ashyoviy dalillarga ko‘riladigan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lgan ashyolar (yozma va ashyoviy dalillar) kiradi.
Dalillar ifodalanish shakliga qarab:
og‘zaki;
yozma;
ashyoviy dalillarga bo‘linadi.
Dalillar tuzilishi va paydo bo‘lishiga qarab:
dastlabki dalillar - da'voli holatga, vaziyatga bevosita ta'sir ko'rsatish jarayonida shakllanadi va undan ishni ko‘rish jarayonida bu fakt haqida dalil olinadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling