Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet105/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. IPK va boshqa qonunlarda belgilab qo‘yilgan protsessual muddatlarni misollar asosida tushuntiring.

  2. Iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan protsessual muddatlarni misollar asosida tahlil qiling.

  3. Protsessual muddatlarni hisoblash tartibini tushuntiring.

  4. Protsessual muddatlarga rioya qilmaslik oqibatlari.

KAZUSLAR
1-kazus

Da’vogar “AIR” mas’uliyati cheklangan jamiyat iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar “Toshkent Aero” IBK va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan 11.378.755.64 so‘m undirib berishni so‘ragan.
Sud majlisida ishtirok etgan da’vogar vakillari to‘lovlarni qaytarish uchun bir necha bor javobgarga murojaat qilinganligini, lekin ular tomonidan hech qanday choralar ko‘rilmaganligini ma’lum qildi, bojxona qonunchiligida belgilangan to‘lovlarni qaytarish muddati o‘tib ketganligi sababli protsessual muddatlarni tiklashni so‘radi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 96-moddasining protsessual harakatlar ushbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda bajariladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Mazkur holatda sud bojxona qonunchiligida belgilangan bojxona to‘lovlarini qaytarish muddatini protsessual muddatlar deb hisoblash mumkinmi?
2-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi iqtisodiy sudga murojaat qilib, “Nurbuloq ma’danli suv bilan davolash” xususiy shifoxonasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2004 yil 6 dekabrda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 4029-TIB-son litsenziyaning amal qilishini tugatishni so‘ragan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi arizasi sudga 2011 yil 22 avgust kuni kirim qilingan bo‘lsa-da, ushbu arizani ish yurituvga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim 2011 yilning 2 sentabr kuni chiqarilib, ishni ko‘rish 20 sentabrga tayinlangan. Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shifoxonaga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2004 yil 6 dekabrda 4029-
TIB-son (seriyasi A №001255) litsenziya berilgan bo‘lib, ushbu litsenziyaga asosan shifoxonaga ambulator va statsionar sharoitda fizioterapiya bo‘yicha davolashga ruxsat etilgan. Ushbu litsenziyaga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi va shifoxona o‘rtasida 2005 yil 22 fevralda 1577-son litsenziya shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ushbu shartnomaning 2.1-bandiga ko‘ra, shifoxona tibbiy faoliyatni litsenziya talablari va shartlariga rioya qilgan holda amalga oshirishi ko‘rsatilgan, shartnomaning 2.2-bandida tibbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlari nimalardan iboratligi belgilangan.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining 2011 yil 19 iyuldagi 06-10432-son xati ijrosini
ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 20 iyuldagi 220- son buyrug‘iga asosan Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq ko‘rg‘onida joylashgan shifoxonada 2011 yil 25 iyul kuni litsenziya shartnomasi talablari va shartlarining bajarilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazilgan. Tekshirishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va shifoxona o‘rtasida 2005 yil 22 fevralda tuzilgan 1577-son litsenziya shartnomasining shartlari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Litsenziya shartnomasida shifoxonaga laboratoriya tashkil etishga ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, javobgar tomonidan ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanilgan.
Birinchi instansiya sudining 2011 yil 20 sentabrdagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan javobgarga 2004 yil 6 dekabrda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 4029-TIB-sonli litsenziyaning amal qilishi tugatilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Fikringizni qonun hujjatlari bilan asoslantiring.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling