Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet107/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Dalilning o'ziga xos belgilari







Dalil bu - sud tomonidan protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda
olingan faktik
ma'lumotlardir.
Qonunshunos dalillarni
olish va o'rganishning bunday kafolatlarini
o'rnatish orqali haqiqiy ish holatlariga taalluqli faktlar haqidagi
ma'lumotlarning ishonchlilisi olinishini
ta'minlaydi. Qonunni
buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo'yilmaydi.
Masalan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar
tomonidan telefon orqali sudga ma'lum qilingan ma'lumotlar yoki
guvohning yozma taqdim etgan ko'rsatuvlari dalil kuchiga ega emas.




Dalil bu - sud tomonidan qonunda nazarda tutilgan tartibda olingan
ma'lumotlar ish bo'yicha dalillar bo'lib, ular asosida iqtisodiy sud ishida
ishtirok etuvchi
shaxslarning talablari va e'tirozlarini asoslovchi
holatlar, shuningdek
nizoni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan boshqa holatlar bor yoki yo'qligini
aniqlaydi. Bunday
ma'lumotlar yozma va ashyoviy dalillar,
ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko'rsatuvlari, ishda
ishtirok etuvchi
shaxslarning tushuntirishlari bilan
aniqlanadi.


Dalillar tushunchasi va ularning turlari IPKning 66-moddasida belgilangan bo‘lib, unga muvofiq ish bo‘yicha dalillar IPKda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Demak, dalil bu - qonunda nazarda tutilgan isbotlash vositalari orqali sud tomonidan olingan faktik ma’lumotlardir. Faktik ma’lumotlar va isbotlash vositalari tushunchalarini shartli ravishda bir-biridan farqlash mumkin. Hayotda esa faktlar haqidagi ma’lumotlar isbotlash vositalaridan tashqarida bo‘lishi mumkin emas.
IPKning 168-moddasida ish bo‘yicha dalillarni bevosita tekshirish bo‘yicha sudning majburiyati sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, bunda sud tomonidan faktik ma’lumotlar va isbotlash vositalarini tekshirish nazarda tutilgan.
Shunday bo‘lsa-da, faktik ma’lumotlar bilan isbotlash vositalarini aniq chegaralab olish amaliy ahamiyatga ega va sud tomonidan e’tiborga olinishi kerak. Isbotlash vositalarini tekshirish natijasida sud tegishli ish holatlarini tasdiqlash uchun sud taqdim etilgan manbalarning qanchalik ishonchli ekanligini, guvohning ma’lumotlarni to‘g‘ri o‘zlashtirib olganligini, hujjatlarning asl nusxada ekanligini va boshqa holatlarni aniqlaydi. Faktik ma’lumotlarni tekshirishda emas, balki sud bu ma’lumotlarning qanchalik haqiqiy ekanligini, bular ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni tasdiqlashini aniqlaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling