Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet111/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Har bir ishda ishtirok etuvchi shaxsga iqtisodiy sudga va boshqa tarafga dalillarni taqdim etish huquqi kafolatlanadi, ishni ko‘rish jarayonida vujudga keladigan savollar bo‘yicha dalillarni taqdim etish bilan bog‘liq tushuntirishlarni berish, o‘z vajlarini va fikrlarini bayon etish, iltimosnomalar bilan murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.
IPK 69-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdagi zarur dalilni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada shu dalil bilan ish uchun ahamiyatli qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi ko‘rsatilishi zarur.
Avval qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rilayotganda, sudya boshqa dalillar bilan birgalikda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan (guvohlarning ko‘rsatmalari, ekspert xulosasi va boshqalar) va bekor bo‘lgan hal qiluv qarori qabul qilingan sud majlisida taqdim etilgan dalillarni e’tiborga olishga va ularni baholashga haqli.
IPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan ma’lumotlar asosida iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar taraflarning bayonotlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Faktlarni isbotlash jarayonida isbotlash burchi qaysi tarafga yuklatilganligidan qat’iy nazar ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillarni tekshirishda faol ishtirok etishlari lozim. Ular taqdim etilgan ma’lumotlarni rad etib, sudga o‘zlarini dalillarini taklif etishlari va o‘z e’tirozlariin bildirishlari mumkin.
Iqtisodiy protsessda qonunchilik ayrim hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni isbotlash majburiyatidan ozod etadigan holatlari mavjud.
Bu asoslar IPK da to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lib, ular ikkiga:

  1. hammaga ma’lum deb topilgan holatlarga;

  2. avvaldan aniqlangan faktlarga bo‘linadi.

Ayrim faktlar isbotlash predmetiga kirmaydi va isbotlashga muhtoj emas, chunki sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar, sudning qonuniy kuchga kirgan iqtisodiy, fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qarori va jinoyat ishi bo‘yicha sudning hukmi bo‘yicha aniqlangan faktlar shular jumlasidandir.
Hammaga ma’lum bo‘lgan fakt deganda taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va sudyalarning o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni tushunish lozim. Bunday fakt hammaga ma’lum bo‘lganligi sababli uni isbotlash shart emas, biroq taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni tegishli faktlarni isbotlashdan ozod etish uchun sud uni hammaga ma’lum holat deb e’tirof etishi lozim.
Faktning hammaga ma’lumligi to‘g‘risida asoslangan xulosa har qanday sud instansiyasi tashabbusiga ko‘ra sud jarayonining har qanday bosqichida yoki o‘z talab va e’tirozlarini isbotlash maqsadida ushbu faktga murojaat qilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga, faktning hammaga ma’lumlik darajasi turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni ma’lumotlarning tarqalganlik ko‘lamiga ko‘ra mamlakat hududidan tashqariga chiqishi yoki mahalliy xarakterga ega bo‘lib, ish ko‘rilayotgan ma’lum bir viloyat yoki tuman hududi bilan cheklanishi mumkin.
IPKning 73-moddasida ishning iqtisodiy sud tomonidan hammaga ma’lum deb topgan holatlari isbotlashga muhtoj emas deb ko‘rsatilishi bilan iqtisodiy sudning ilgari ko‘rilgan ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, xuddi shu shaxslar ishtirokchisi bo‘lgan boshqa ishni sudda ko‘rayotganda yangidan isbot qilinmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling