Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet114/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: guvohlarning ko‘rsatuvlari, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim qilinayotgan yozma va ashyoviy dalillar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishini nazarda tutib, sud barcha holatlarda ularga ushbu dalillar va guvohlar ko‘rsatmasi aynan qaysi holatlarni tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishni taklif qilishi lozim.
Dalillarning aloqadorligi nuqtayi nazaridan, fotosuratlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talab va e’tirozlarini asoslovchi holatlarni tasvirlagandagina dalil bo‘lishi mumkin.
Dalillarning aloqadorlik qoidasi sudga ishga aloqador bo‘lgan barcha faktlar va holatlarni aniqlash va tekshirish majburiyatini yuklaydi. Dalillar aloqadorligi sud tomonidan ko‘rilayotgan ishdagi mavjud materiallarni tahlil qilish asosida sudyaning ishonchiga ko‘ra aniqlanadi.
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan dalillarni qabul qilishga, shuningdek kelib chiqqan nizo bo‘yicha isbotlash vositalari bo‘la olmaydigan ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dalillarning maqbulligi - dalillarning qonunda nazarda tutilgan vositalar asosida olinganligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Dalillarning maqbulligi - iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish jarayonida isbotlashni amalga oshirishda ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi va boshqa dalillar bilan tasdiqlanish mumkin emasligini anglatadi.
Dalillarning maqbulligi umumiy jihati shuni anglatadiki, barcha ishlar bo‘yicha ma’lumotlar ularning toifasidan qat’iy nazar qonunda nazarda tutilgan isbotlash vositalaridan olinishi va dalillarni to‘plash, taqdim etish va tekshirishning tartibiga rioya qilinishi lozim. Bu talablarning buzilishi dalillarning maqbul emasligiga olib keladi. Shunday qilib, dalillarning maqbulligi isbotlashning protsessual shakliga rioya qilinishi bilan asoslanadi.
Demak, dalillarning aloqadorligi qoidasi orqali sud protsessini ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan keraksiz hujjatlardan bartaraf etsa, dalillarning maqbulligi qoidasi sud protsessini ishonchli dalillar bilan ta’minlanishiga qaratilgan.
IPKning 72-moddasida dalillarning maqbulligi to‘g‘risidagi qoida belgilangan. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emasligiga aytiladi.
Bu qoidaning mohiyati shundan iboratki, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar faqat ma’lum bir isbotlash vositalari orqali olingan faktlar bilangina tasdiqlanishi mumkin. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarda muayyan yozma hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan holatlar boshqa isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas, xususan, yuk tashish shartnomasiga muvofiq yukni qabul qilib oluvchi yuk tashuvchi tomonidan tashiladigan yuk yo‘qotilganligini yoki kam keltirganligini ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma va boshqa tegishli hujjatlar bilan tasdiqlashi shart bo‘ladi. Bunda, masalan, guvohlarning og‘zaki ko‘rsatmalari dalil bo‘la olmaydi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling