Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet122/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Dalillarni ta’minlash

Dalillarni ta’minlash masalasi manfaatdor shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga egadir. Dalillarni ta’minlash ma’lum huquqiy munosabatlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni buzilishi yoki yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan taqdirda shu boradagi ayrim to‘siqlarni bartaraf etishni ko‘zda tutadi.
IPKning 90-moddasida ko‘rsatilganidek, zarur dalillarni taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lgan shaxslar ishni o‘z yuritishiga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni ta’minlash to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masala IPKning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Dalillarni ta’minlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Iqtisodiy protsessda dalillar tushunchasi va tasniflash mezonlarini tahlil qiling.

  2. Dalillarni ta’minlash choralari doirasini aniqlang.

  3. Dalillarning aloqadorligi va dalillarning maqbulligi qoidasini misollar asosida tushuntiring.

  4. Isbot qilishdan ozod qilinadigan holatlar tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini misollar asosida tushuntiring.

KAZUSLAR
1-kazus
“TRANSTEX” qo‘shma korxonasi xo‘jalik sudiga da’vo bilan murojaat qilib, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “TAShTIB-TEX” qo‘shma korxonasi hisobidan 66.000.000 so‘m asosiy qarz, 33.000.000 so‘m penya, 4.000.000 so‘m ijara to‘lovini undirishni so‘ragan.
Da’vogar davlat boji to‘lovidan ozod qilish haqida iltimosnoma taqdim etgan bo‘lib, da’vo arizasiga O‘zR TIF Milliy banki Yunusobod filiali tomonidan da’vogarning 2012 yil 27 aprel holatiga tegishli hisob raqamida pul mablag‘lari mavjud emasligi haqidagi 2012 yil 27 apreldagi TS-1576/03-son ma’lumotnomasini ilova qilgan. Da’vo arizasi sudga da’vogar tomonidan 2012 yil 17 mayda taqdim etilganligi sababli, xizmat ko‘rsatuvchi bankning 2012 yil 27 aprel holatiga da’vogarning pul mablag‘i mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomasi da’vo taqdim etilgan vaqtda pul mablag‘lari mavjud emasligini tasdiqlamaydi.
Shunga ko‘ra sud da’vogar pul mablag‘lari mavjud emasligi haqidagi vajlarini yetarli darajada isbotlovchi dalillarni taqdim etmaganligi sababli da’vogarning davlat boji to‘lovidan ozod etish haqidagi iltimosnomasi rad etilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Da’vogar tomonidan qanday isbotlovchi dalillar taqdim etilishi lozim?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling